Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ogohlantirish
 
🚨 Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining baʼzi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkenttumangaz” gaz taʼminot boʻlimi, Sizga shuni maʼlum qiladiki,  Qir-ariq mahallasi Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan 25-sonli DMTT tomonidan joriy yilning 21-dekabr sanasida berilgan №01/3-1751 sonli murojaatiga asosan, ushbu DMTTda qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotganligi sababli binoni oldi qismidan oʻtgan yer usti D-89mm, D-76mm oʻrta va past  bosimli gaz quvurni xavfsiz joyga koʻchirish ishlari olib borilishi munosabati Mehnat, Gʻozibekov koʻchalardagi 50-ta aholi xonadonlarida joriy yil 25-dekabr sanasi soat ❗️09:00 dan  17:00gacha ❗️gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

🔥"Toshkenttumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish
 
🚨 Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining baʼzi hududlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi


Toshkenttumangaz” gaz taʼminot boʻlimi, Sizga shuni maʼlum qiladiki,  Koʻksaroy mahallasi Koʻksaroy 1-koʻchasi 2-bosqichlik tizimga oʻtkazilganligi sababli oʻrta bosimli gaz tarmogʻiga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan Koʻksaroy mahallasi Shifobaxshsuvlar, Damariq, Bogʻ, Yangiobod, Yangiobod 2-koʻchalardagi 630-ta aholi xonadonlar, 10-ta ulgurji tashkilotlar,  Diydor mahallasi Shifobaxshsuvlar koʻchalaridagi 70-ta aholi xonadonlar, 10-ta ulgurji tashkilotlar jami 700-ta aholi xonadonlar, 20-ta ulgurji tashkilotlarga joriy yil 25-dekabr sanasi soat ❗️09:00 dan  17:00gacha❗️ gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

🔥"Toshkenttumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–883, 18.12.2023 y.) bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔰 Jumladan, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi;

Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉 https://lex.uz/pdfs/6697581

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jamoatchilik_nazorati

Dam olish kunida ham ishlar avjida


Kecha, yakshanba boʻlishiga qaramasdan jamoatchilik guruhi aʼzolari, Toshkent tumanida OTB banki mablagʻlari evaziga tumanda suv taʼminotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandilar.

Xususan ular, "Mesmir" tashkiloti tomonidan Qirariq mahallasida tortilayotgan suv quvurlarini sinovdan oʻtkazish jarayoni, "Tashabbusli byudjet"da yutib olingan mablagʻ evaziga asfaltlashtiradigan koʻchalarni tayyorlash ishlarining qizgʻin olib borilayotganligining guvohi bo'ldilar. Shu oʻrinda Qirariq mahalla raisining jarayonlardagi faol ishtiroki eʼtirof etildi.

Shuningdek, jamoatchilik guruhi a'zosi, deputat M.Usmonov boshchiligida Istiqbol va Ahillik mahallasida olib borilayotgan ishlar ham koʻzdan kechirildi, Mahallarda magistral quvurlarni yotqizish va yoʻllarni transport harakati uchun tayyorlash jarayoni jamoatchilik nazorati guruhi aʼzolari tomonidan nazorat qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Bogʻchalarda Yangi yil shukuhi

Ayni kunlarda yurtimizda Yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Ayniqsa, bolajonlar kayfiyati yanada koʻtarinki, nigohlarida bir olam quvonch koʻrishingiz mumkin.

Sababi, Toshkent tumanidagi deyarli har bir davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Yangi yil" tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, tumandagi 6-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan "Yangi yil bazmi" bolajonlarga olam-olam quvonch bagʻishladi.

Mazkur tadbir, bogʻcha tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan raqs va qoʻshiqlar, katta qoʻgʻirchoqlar ishtirokidagi namoyishlar, qorbobo va qor qiz boshchiligidagi interaktiv oʻyinlar bilan bolajonlar xotirasida quvonchli onlarni muhrladi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Soʻragan_edingiz

⁉️Fuqarolardan kelib tushgan savolga Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsult Barodar Rahimov
javob beradi.

Taʼtilni keyingi yilga koʻchirsa boʻladimi? Yoki foydalanilmay qolgan taʼtil kuyib ketadimi?

‼️Men shu yili mehnat taʼtilimning oʻtgan yilgi taʼtil 14 kun+staj 4 kun + 2 nafar farzandlarimga 4 kun + asosiy taʼtil 21 kun+ qoʻshimchasi 6 kun= yarmini olib 25 kun, 24 kuni qolgan. Ushbu taʼtilni keyingi yilga koʻchirsam boʻladimi? Shu yil olmasam kuyadimi?

Mehnat kodeksining 230-moddasi birinchi qismida har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi kerakligi qayd etilgan.

❇️Qoidaning mazmunidan hamma xodimlar taʼtillarini shu ish yilining oʻzida olishi, ish beruvchi esa taʼtilni shu ish yilida berishi shartligi kelib chiqmoqda. Lekin yuqoridagi normaning ikkinchi qismiga asosan ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.

♻️Demak, mazkur asoslardan biri boʻlganda xodimning taʼtilning bir qismini (14 kalendar kundan ortiq) kelasi yilga koʻchirishi mumkin va bunda xodim kelasi yil oʻsha taʼtildan foydalanish lozim.

🟢JAVOB - Taʼtil kuyib ketmaydi. Taʼtilning qolgan qismini kelasi yilga koʻchirishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда электротехника, кимё ва фармацевтика тармоқларини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития электротехнической, химической и фармацевтической отраслей в регионах.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqotda 2023-yil davomida yoshlar bilan ishlashda faollik koʻrsatgan bir guruh rahbarlar va yoshlar yetakchilari taqdirlandi.

Taqdirlanganlar roʻyxati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz” — Saida Mirziyoyeva

Tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari uchun prezident Administratsiyasiga uyushtirilgan ekskursiyadan lavha.

@daryo_live
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига аъзо давлатлар раҳбарларининг норасмий саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Санкт-Петербург шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург
для участия в неформальном саммите глав государств-участников Содружества Независимых Государств.

#Mirziyoyev #tashrif #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Eʼtirof

Toshkent tumani "Mehnat faxriysi" aniqlandi


Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020 yil 25 sentyabrdagi 29-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan Toshkent tumani Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelayotgan Bayxojayeva Muhabbat Maxamatovna “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi-Muhabbat Bayxojayevaga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni Toshkent tumani hokimligi va "Nuroniy" jamgʻarmasi rahbari tomonidan topshirildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website