Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

👮‍♂️Yo‘l qoidasi – umr foydasi

♻️ Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan Tuman IIB YHXB xodimlari hamkorligida “Yashil chiroq” musobaqasi o'tkazildi.

📍Joriy yilning 11-aprel kuni bo'lib o'tgan musobaqa 4 ta sektor kesimidagi hududiy bosqich hisoblanib, unda 4-, 6-, 7-, 9-, 14-, 15-, 16-, 27-umumta’lim maktablarining “Yashil chiroq” guruhlari o‘zaro bellashdilar.

Tadbir davomida bolalarga ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan keng tushuncha berildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

💫Hududiy bosqichda 1-o‘rinni 4-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 14-maktab jamoasi, 3-o‘rinni 7-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.

🚦 “Yashil chiroq” musobaqasini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bolalar ongida “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy rioya qilish hisini shakllantirishdan iborat bo'ldi.

📹Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

☑️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

👉Manba

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BESH_TASHABBUS_OLIMPIADASI

💫Besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari davom etmoqda

📌Yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida A.Navoiy mahallasi yoshlari oʻrtasida koʻchalar kesimida shakllangan jamoalar oʻrtasida 9-umumiy oʻrta taʼlim maktab stadionida "Mini futbol" musobaqasi oʻtkazildi.

⚽️16-30 yosh toifasida murosasiz oʻtkazilgan musobaqada koʻchalar kesimida shakllangan jamoalarning eng kuchlilar saralanib sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik
#4_sektor

♻️ Navbatdagi iftorlik dasturxoni Yangi hayot mahallasida

💫Tabiatan keng feʼl, insoniy fazilatlarga boy, qalbi ezgulikka esh xalqimiz uchun o‘zgalarga, ayniqsa yoshi ulug‘larga, eʼtiborga muhtoj, imkoniyati cheklanganlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish oliy qadriyat hisoblanadi. Ramazon oyida esa bunday xayrli amallar yanada avj olib, bor bo‘yini ko‘rsatadi.

📍Ana shunday ezgu amallardan chetda qolishni istamagan Toshkent tumani hokimligi va mahallalardagi mahalla raislari tuman "Mahalla" xayriya va jamoat fondi mablag'lari evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini tashkil qilmoqdalar.

Bu galgi iftorlik dasturxoni Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi qatlami uchun yozildi. Iftorlikka kelgan katta-yu kichik mamlakatimizda inson manfaati yo'lida qilinayotgan ezgu amallar, xalqning iqtisodiy barqarorligiga erishish uchun olib dorilayotgan ijtimoiy siyosatdan mamnun ekanlaklarini bildirib, Yurtboshimizni va mutasaddilarni duo qildilar.

📹Toshkent tumani Yangi hayot mahallasi aholisi uchun o'tkazilgan iftorlikning qisqa tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ёшлар сиёсати соҳасидаги ишлар натижадорлигини ошириш ҳамда улар билан ишлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Open_budjet

🟢Tashabbusli byudjet gʻoliblari soni ortdi

Joriy yil 18-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Ochiq byudjet» portalida tashabbusli byudjetlashtirish loyihasi boʻyicha ovoz berish bosqichi boshlanganini eʼlon qilgan edi.

2023- yilning birinchi mavsumi doirasida mamlakat boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni moliyalashtirishga qariyb 1,7 trillion soʻm yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan. «Ochiq byudjet» portali maʼlumotlariga koʻra, aholidan 55 970 ta tashabbus kelib tushgan.

Ushbu loyihalar boʻyicha ovoz berish 7-aprelda oʻz yakuniga yetib, birinchi mavsumda Toshkent tumanida 6 ta tashabbus gʻolib deb topilganligi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilgan edik.

Kuni kecha esa Prezident topshirigʻi bilan 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan tashabbuslarga ham mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

Bundan Toshkent tumanidagi Zargar va Farovon mahallasi aholisi ham juda xursand bo'ldi. Sababi, fuqarolarning birdamligi va saʼy-harakatlari salmoqli natija berdi.

2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan Zargar va Farovon mahallasi aholisining xursandchiligidan xabar topgan "Oʻzbekiston 24" telekanalining muxbiri Huvaydo Xoʻjamqulova mahalla raisi va faollari bilan suhbatlashdi.

📹Tafsilotlar "Oʻzbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Narimon Rajabov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori:

— Eng muhim masalalardan biri inson sogʻligʻi-salomatligidir. Shunday ekan, yangilanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida yangi kiritildi, yaʼni har kim qulay atrof-muhitga ega boʻlish, har kim atrof-muhit toʻgʻrisida ishonchli axborotlarni olish huquqiga ega. Ushbu norma amaldagi Konstitutsiyada yoʻq. Agar siz qulay atrof-muhitda yashash huquqingiz taʼminlashini istasangiz, unda albatta, 30 aprelda boʻlib oʻtadigan konstitutsiyaviy oʻzgarishlar boʻyicha referendumda ishtirok eting.

@menbefarqemasman

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik
#1_sektor
#Zargar_MFY

💫Zargar mahallasi fuqarolari iftorlik dasturxoni atrofida jam bo'ldilar

Muborak Ramazon oyi munosabati Toshkent tumanining deyarli har bir mahallasida "Mahalla" jamoat fondi Toshkent tumani bo'linmasi mablag'lari hisobidan iftorlik dasturxoni yozilib, aholi vakillarini mehmon sifatida taklif qilinmoqda.

Xususan Toshkent tumanida joylashgan Zargar mahallasida ham ijtimoiy ko'makka muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kiritilgan fuqarolar va Afg‘on urushi qatnashchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

📍Bir dasturxon atrofida jam bo'lgan Zargar mahallasi fuqarolari ro'zai-ramazonning har kunida mana shunday iftorlik dasturxonlarini yozayotgan mutasaddilarga o'z minnatdorliklarini bildirib, yurt tinchligi va obodligi uchun duo qildilar.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

👮‍♂️
Yashil chiroq” musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etildi

♻️ Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan Tuman IIB YHXB xodimlari hamkorligida “Yashil chiroq” musobaqasi o'tkazildi.

📍 12-aprel kuni bo'lib o'tgan musobaqada 2-sektor hududidagi 5-, 8-, 21-, 22-, 23-, 24-, 25-, 26-, 28-, 29-umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bolalarga ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan keng tushuncha berildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

🥇 Unda o‘quvchilarning ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalari bo‘yicha bilimlari mutaxassislar tomonidan xolisona baholab borildi.

💫2-sektor hududiy bosqichi natijalariga ko'ra 1-o‘rinni 26-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 23-maktab jamoasi, 3-o‘rinni 28-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.

📹Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM