Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.2K photos
4.25K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_saxovat

💫Saxovatpesha insonlardan har qancha faxrlansak oz

Toshkent tumani Ko'ksaroy mahallasida saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan hududdagi kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz keksalarga birlamchi isteʼmol mahsulotlari tarqatildi.

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishtirokida bo'lib o'tgan "Mehr-saxovat" aksiyasi doirasida 80ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

💫Mehr dunyoni qutqaradi. Bizning bir-birimizga bo‘lgan hurmatimiz, ehtiromimiz zamirida ham shu buyuk tuyg‘u — mehr mujassam. “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichadi”, “Inson taftini inson oladi”, degan so‘zlarning qadr-qimmati bugun yanada yaqqol namoyon bo‘layapti.

🎚️Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Minnatdorlik

Tun qahramonlari

⚡️Toshkent tumani suv taʼminoti xodimlari tomonidan qorong‘i va sovuq bo‘lishiga qaramasdan Halimkop mahallasiHalimkop ko‘chasidagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya bartaraf qilindi.

📎Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FVB

Favqulodda vaziyatlar bo'limi aholi xizmatida

Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari Ayriota mahallasida yarim tunda zovurga tushib ketgan avtomobilni olib chiqdilar va shu bilan favqulodda vaziyat og‘irlashishining oldini oldilar.

📎Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Mehr_saxovat
#No_comment

Aholiga mehr ulashildi

Toshkent tumani Oqtom mahallasida Toshkent tumani hokimligi, Tuman mudofaa ishlari bo‘limi, mahalla raisi va 4-sektor yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari hamkorligida aholiga issiq ovqat tarqatildi.

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishtirokida bo'lib o'tgan "Mehr-saxovat" aksiyasi doirasida tushlik vaqtida 30 kilogramm, kechki ovqat vaqtiga esa 25 kilogramm osh damlandi.

🎚️Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi

📛 IS GAZI - Ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi oqibatida undan ajralib chiqqan rangsiz, taʼmsiz, hidsiz is gazi insonlarning zaharlanishiga olib keladi.

❗️Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin!

Xavfsizlik qoidalari

‼️ Gaz plitalaridan uyni isitish maqsadida foydalanmang.

‼️ Qo‘lbola va nosoz isitish pechlarini ishlatmang.

‼️ Isitish pechlari va ularning dudburon-mo‘rkonlarini noto‘g‘ri o‘rnatmang.

‼️ Isitish qozoni va pechlar dudburonlarini plastik quvurlaridan yasamang.

‼️ Dudburonlarni uyning shamollatish shaxtasiga ulamang.

‼️ Kuz-qish mavsumi oldidan dudburon-mo‘rkonlarni ko‘rikdan o‘tkazing (tozalating) va ularni turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmaganligiga ahamiyat qarating.

‼️Yong‘in va xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Ayni damda Toshkent tumani gaz ta'minoti korxonasi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari avtohalokat natijasida ro'y bergan gaz quvuridagi avariyani bartaraf qilmoqdalar.

📎Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Maxsus_dayjest

Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ayni damda tuman va shaharlarimizda bu xayrli amal yanada keng ommalashmoqda

🔘
Oʻrta Chirchiq tumani. Tumanda aholini ijtimoiy ximoya qilish maqsadida 228 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari bepul tarqatildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Shu kunlarda Boʻstonliq tumani sektor rahbarlari hamda saxovatpesha tadbirkorlar qator tashabbuslarni amalga oshirib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olishmoqda.

🔘Ohangaron shahri. “Mehr ulashing” aksiyasi doirasida Ohangaron shahar sport maktabi xodimlari “Namuna” MFYdagi nogironligi bor, kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari olib borishdi.

🔘Toshkent tumani. Koʻksaroy mahallasida saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan hududdagi kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, yakka-yolgʻiz keksalarga birlamchi isteʼmol mahsulotlari tarqatildi.

🔘Ohangaron tumani. 2-sektor rahbari tashabbusi bilan homiylik mablagʻlari hisobidan sektorda yashovchi 20 nafar kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

🔘Boʻka tumani. 2-sektor tashabbusi bilan “Shodlik” mahallasidagi nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar yoʻqlandi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq shahar Kengashi deputatlaridan bir guruhi oʻz okruglaridagi yordamga muhtoj fuqarolardan xabar olishdi.

🔘Qibray tumani. Tuman prokurori koʻmagida 2-sektor hududidagi mahallalarda yashovchi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan 10 nafar oilaga kunlik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

🔘Chinoz tumani. “Markaziy” mahallasida yashovchi qiynalgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

📢"Toshkent suv taʼminoti" MChJning aholi va muassasa mutasaddilariga murojaati

❗️Anomal sovuq sabab jamiyatning shahar va tuman filiallari tasarrufidagi 1970 m uzunlikdagi suv quvurlari shuningdek 463 ta zulfinlar issiqlik saqlovchi vositalar bilan oʻraldi.

❗️Hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan "Toshkent suv taʼminoti" MChJning dispecherlik xizmatiga quvurlarning muzlagani oqibatida suv taʼminotida yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

👆Batafsil videolavhada

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

📎Bugungi kunda Toshkent tumani hokimligi binosida tumanda sanoat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash orqali ishlab chiqarish quvvatlarini toʻliq ishga tushirish, eksport va ishlab chiqarish salohiyatiga koʻmaklashish maqsadida "Tuman shtabi" tashkil etildi.

Agarda tadbirkorlarda muammoli vaziyatlar vujudga keladigan boʻlsa quyidagi telefon orqali mutasaddilarga bogʻlanib, vaziyatga yengillik kiritishingiz mumkin.

☎️ 71-203-55-22
☎️ ichki raqam 722

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#мурожаат

⭕️⭕️⭕️

💬Ҳурматли Тошкент тумани аҳолиси❗️

Халқ депутатлари Тошкент тумани кенгаши вакиллари Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси депутати Мақсуда Ворисова,Тошкент вилояти кенгаши депутати Асом Зоҳидов, туман кенгаши депутатлари Наримон Очилов,  Мирислом Усмонов  ва Бештерак маҳалласи раиси Матлуба Шариповалар 21 январь куни "ЎЗТРАНСГАЗ" Акциядорлик жамиятининг  бошқарув раиси Беҳзод Нарматов билан туманимиз ҳудудида табиий газ босимини пасайиб кетганлиги сабабли қабулида бўлиб, бугунги ҳолат бўйича тушунтириш бердик.

💯Учрашувимиз бир ярим соат давом этди. Раис бугунги ҳолат нафақат Тошкент тумани балки республикамизнинг бошқа ҳудудларида хам бўлаётганини айтиб, насиб этса душанба, яъни 23 январь кунидан бошлаб Тошкент тумани учун "Шарқий 1 ГРЭСИ" орқали газ босимини меъёр даражасига чиқаришга ваъда берди.

‼️Йиғилишда бўлим бошлиқлари ҳам қатнашдилар.

Тошкент тумани кенгаши депутати Мирислом Усмонов.


📎📎📎📎📎📎📎📎📎📎📎📎

Hurmatli Toshkent tumani aholisi!

💯Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Maqsuda Vorisova,Toshkent viloyati kengashi deputati Asom Zohidov, tuman kengashi deputatlari Narimon Ochilov,  Mirislom Usmonov  va Beshterak mahallasi raisi Matluba Sharipovalar 21 - yanvar kuni "OʻZTRANSGAZ" Aksiyadorlik jamiyatining  boshqaruv raisi Behzod Narmatov bilan tumanimiz hududida tabiiy gaz bosimini pasayib ketganligi sababli qabulida boʻlib, bugungi holat boʻyicha tushuntirish berdik.

⁉️Uchrashuvimiz bir yarim soat davom etdi. Rais bugungi holat nafaqat Toshkent tumani balki respublikamizning boshqa hududlarida xam boʻlayotganini aytib, nasib etsa dushanba, yaʼni 23 - yanvar kunidan boshlab Toshkent tumani uchun "Sharqiy 1 GRESI" orqali gaz bosimini meʼyor darajasiga chiqarishga vaʼda berdi.

‼️Yigʻilishda boʻlim boshliqlari ham qatnashdilar.

📎Toshkent tumani kengashi deputati Mirislom Usmonov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Viloyat_hokimligida

TOSHKENT VILOYATI HOKIMI ZOYIR MIRZAYEV TADBIRKORLARGA MUROJAAT YOʻLLADI

Zoyir Mirzayev tadbirkorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha topshiriq qildi. Maktablarda oʻqish qanday boshlanishiga izoh berildi. Bozorlardagi vaziyat qattiq nazoratga olinadi.

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:

▫️bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli;
▫️karantin holatida bo'lganligi tufayli;
▫️ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra.

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to'lov miqdoriga ko'paytirilib, keyingi to'lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.

❗️Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to'lov hali amalga oshirilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi.

☑️ Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog'chaga qatnashi butunlay to'xtatilgan taqdirda, to'lov to'liq bo'lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog'chaga qatnagan kunlar uchun to'lanadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM