Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Murojaat_va_yechim

Aholi talab va istaklari bajarildi


Toshkent tumani G‘isht-ko‘prik hududi aholisining ko‘p yillik murojaatlari bugun ijobiy yechimini topdi.

Joriy yil 10-yanvar sanasidan G‘ishtko‘prik mahallasidan Sarke  va Sanoat orqali Chimkent yo‘li bilan Uch qahramondan to Keles markazigacha  fuqarolarning murojaatiga binoan "Keles Renessans" MChJ rahbariyati tomonidan eksperement tarzida jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘lovchilar talabi ortishiga qarab avtobuslar sonini qo‘shib borish ham rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan ushbu hudud fuqarolaridan jamoat transportidan unumli foydalanishni so'rab qolamiz.

Toshkent tumani hokimligi hamda tuman kengashi deputati Mirislom Usmonov nomidan "Keles Renessans" MCHJ avtokorxonasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat_va_yechim

Xalq qabulxonasi xalq xizmatida

Toshkent tuman 3-sektordagi "Ozodlik" mahallasi, 31-sonli koʻp qavatli uy, 39-xonadonda yashovchi 2-guruh nogironi Nasirov Abdullaning murojaatiga asosan Tuman Xalq qabulxonasi masʼul xodimlari ushbu fuqaroning uyiga borib oʻrganish oʻtkazdilar.

Aniqlanishicha, ushbu koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi "Obod taʼmir xizmati boshqaruv kompaniyasi" MCHJ tomonidan uyning tomini taʼmirlash oxiriga yetkazilmaganligi natijasida yogʻingarchilik vaqtda uyiga chakki oʻtib uyini taʼmiriga 4 mln. soʻm miqdorida moddiy zarar yetgan. Bundan tashqari, A.Nasirov nogironlik aravachasini yangilashni soʻragan.

O'rganish natijasida, xonadonning taʼmiriga yetkazilgan zarar Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan kommunal xizmatlar toʻloviga mutanosib ravishda chegirib tashlandi hamda fuqaroga zamonaviy nogironlar aravachasi va dori-darmonlar olib berildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat_va_yechim

Murojaatlarni hal qilish faoliyati oʻrganildi

Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida aholi murojaatlari bilan ishlash, tabiiy gaz masalasida boʻlayotgan muammolarni hal qilish faoliyati oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda, tuman aholisining tabiiy gaz taʼminoti masalasida yoʻllagan murojaatlari soni keskin ortib, birgina Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga joriy yilning oʻtgan ikki oyi davomida 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, aksariyat murojaatlarda koʻtarilgan masalalar “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining ayrim xodimlari fuqarolarga qoʻpol munosabatda boʻlayotganligi, murojaatlarga oʻz vaqtida javob bermaslik holatlari, shuningdek, murojaatlarni hal etishda qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmayotganligi maʼlum boʻldi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi masʼul xodimlariga “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asoslanib ish olib borish kerakligi, fuqarolar bilan xushmuomalali va eʼtiborli munosabatda boʻlishi lozimligi tushuntirildi.

Sohaga oid murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan taʼsir choralari qoʻllash hamda kelgusida aholi noroziligiga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik masalalari muhokama qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat

Toshkent tumani IIB fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

‼️Fuqarolardan quyidagilarga eʼtibor qaratish so‘ralmoqda:

jamoat joylari, ko‘chalar va mahallalarda, shuningdek, ijarada yashovchi notanish va shubhali shaxslarga eʼtibor qaratish hamda ular haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

jamoat joylari va turli manzillarda qarovsiz qoldirilgan har qanday buyumni eʼtibordan chetda qoldirmaslik, shubhali ko‘rindimi, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

sport, savdo va madaniy ko‘ngilochar maskanlarga kirishda huquq posbonlarining qonuniy talabini so‘zsiz bajarish, nazoratdan eʼtiroz bildirmagan holda o‘tish va jamoat tartibini saqlash, aks holda odamlar orasida g‘arazli shaxs nazoratdan o‘tmay qolishi, chetda qolib ketgan buyum esa layoqatsizlik sabab turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tinchligimiz uchun barchamiz birdek masʼulmiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toshkent tumani hokimi Odilxon Boqiyevich Rustamovning
tuman yoshlariga MUROJAATI.

💫Aziz yoshlar!

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yoʻlidan maʼlumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi oʻsha davlatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga chambarchas bogʻliq. Shu maʼnoda, Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

👉Batafsil oʻqish.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

Oilalarga ijtimoiy koʻmak koʻrsatilmoqda

🔰Toshkent tumani Qashqarlik mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Umida Xamidullayeva ish rejasidagi  "Oilalardagi haqiqiy holatni oʻrganish, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyojini baholash   bandining ijrosi yuzasidan ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalar va nogironligi boʻlgan  shaxslar xolidan xabar olish bandini taʼminlash maqsadida:

♻️Qashqarliq mahallasi Xalqsevar 2-uyda yashovchi 2-guruh nogironi  Saidxodjayev Baxtiyor oilasi oʻrganilganda tomorqadan foydalanish uchun sabzavot koʻchatlariga ehtiyoji, parrandachilikga qiziqishi borligini bildirgan edi.

📌Bugun hokim yordamchisi, aloqa bank xodimlari koʻmagi bilan tomorqasiga sabzavot koʻchatlari yetkazilib, ekilishiga koʻmaklashildi, parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun 10 bosh tovuq bilan taʼminlandi.

✔️Yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning ijtimoiylashuvi yaxshilanishiga koʻmaklashildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Murojaat_va_yechim
#Toshkent_tumani

Murojaat ijobiy hal qilindi

Joriy yilning iyun oyi boshlarida Toshkent tumani Oydin hayot mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoya muhtoj Munisa Umbarova, tuman prokurori-2-sektor rahbari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda ishtirok etib, farzandiga jarrohlik amaliyoti zarurligini va shu sababli unga moddiy yordam koʻrsatishlarini soʻrab murojaat qilgan edi.

Kuni kecha esa, Munisaning farzandi Oybekshoxga tuman prokurori D. Muxtorov tashabbusi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Xusan Asadov yordami bilan Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy markazi shifokorlari tomonidan jarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, bolajonning tugʻma nuqsoni bartaraf qilindi va murojaat ijobiy yakun topdi.

Mahalladagi xotin-qizlar faoli va 2-sektor kotibi shifoxonada boʻlib Munisa va Oybekshoxning holidan xabar oldilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Aholi murojaatlari yechim topdi


Toshkent tumani 4-sektor hududidagi mahallalarda elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha 4-sektor rahbariga koʻplab murojaatlar tushgan edi.


Murojaatlarga ijobiy yechim topish maqsadida 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev tuman elektr taʼminoti xodimlariga topshiriq berdi.

Natijada Oltin tepa, Qoraboʻrik, Beruniy va Chigʻatoy mahallalariga xizmat koʻrsatuvchi TPda taʼmirlash ishlari oʻtkazilib, atrofi obodonlashtirildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Aholi murojaati ijobiy hal qilindi


Toshkent tumani Qoraboʻrik mahallasi Jambul koʻchasidan 4-sektor rahbariga yuborilgan aholi murojaati hal qilindi.

Gap shundaki, ushbu koʻchada maishiy chiqindilarning toʻplanib yotishi, ayniqsa yoz kunlarida aholiga noqulaylik tugʻdirayotgan edi.

Shu munosabat bilan, tuman mutasaddilari hamda 4-sektor rahbari tashabbusi bilan Qoraboʻrik mahallasi Jambul koʻchasi chetidagi maishiy chiqindilar tozalandi.

Shu oʻrinda tuman aholisidan koʻcha chetlariga maishiy chiqindilarni tashlamaslikni va bu uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib oʻtmoqchimiz.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim
#Jamoatchilik_nazorati

Toshkent tumani Xalimkoʻp mahallasi fuqarolarining murojaatlari deputatlar tomonidan oʻrganildi.


Toshkent tumani Xalimkoʻp mahallasining Farovon koʻchasi va tor koʻchasi OTB loyihasiga kirmay qolganligi sababli tuman hokimligiga koʻplab murojaatlar kelib tushayotgan edi.

Kuni kecha Farovon koʻchasidagi holat deputatlar tomonidan oʻrganildi.

Fuqarolarining iltimosiga binoan muammo tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi orqali yuborildi va ijobiy hal etildi.

Natijada 850 m D - 100mm va50mm lik plastmassa quvurlari mahalla koʻchasiga keltirildi va hashar yoʻli bilan tortish ishlari boshlab yuborildi.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari deputat M. Usmonov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

To'qsonbosti ekinlarni ekib, qo'shimcha daromadga ega bo'ling: Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI!

Qadrli yurtdoshlar!

♻️Hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

👉 BATAFSIL

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

"Dala madaniyati-fermer majburiyat
"

Hurmatli dehqon va fermer xoʻjaligi rahbarlari!

Xalqimizda “Toʻqsonda sugʻorsang, toʻqson botmon hosil olasan”, degan purmaʼno naql bor. Bunda qishning toʻqson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning taʼkidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon boʻlishi sir emas.

Keling, bugundan masʼuliyatimizni yanada oshirib, 2025-yil hosili uchun 3 956 gektar maydonlarda piyoz, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlarini oʻz vaqtida ekishni tashkil etaylik.

Quyidagi tadbirlarni ogʻishmay amalga oshiring!

birinchidan, ayni damlarda bogʻ-tok orasini, ajratib berilgan maydonimizni hamda oʻz hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni oʻz vaqtida bajaring;

ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni boʻsh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;

uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin toʻqsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, koʻkat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urugʻlari sepib ekib boʻling;
toʻrtinchidan, “Tomorqa – daromad manbai” shiori ostida har bir mahallarda sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlar ekishni tashkil eting;

beshinchidan, “Bir kontur – bir mahsulot” hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlarini eking.

Axir, "Dala madaniyati-fermer majburiyati" va bunga amal qilish har bir fermer, dehqon xoʻjaligi rahbarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

💫Ota-onalarga
murojaat yoʻllandi

🇺🇿Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi pedagoglar bilan muloqoti va maktab pedagoglari jamoasining ota-onalarga yoʻllangan murojaati mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.

♻️Tadbir davomida Maktab pedagogik jamoasining ota-onalarga nisbatan yoʻllagan murojaati oʻqib eshittirildi.

🟢Yigʻilishda Maktab oʻquvchilari tomonidan turli xil raqslar ijro etildi. Namunali ota-onalar maktab direktori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.Tadbir yakunida ota-onalar yuqoridagi murojaatnomaga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

❇️Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari I.Saidikarimov, tuman Milliy gvardiya boʻlimi xodimi B.Mamajonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi N.Rasulovalar ishtirok etdilar.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat

Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI

Aziz tumandoshlar!

Jonajon O‘zbekistonimizning betakror tabiati, uning boy o‘simlik va hayvonot olami, go‘zal bog‘ va xiyobonlari milliy boyligimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ne’matlarni ajdodlarimiz bir necha yuz yillar asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uchun ulkan meros qilib qoldirganlar.

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek”, degan purhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va an’analarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma’no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toza ichimlik suvidan qarzdorligi bor xonadonlar suv taʼminotidan uzilishi mumkin.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Qarzdorligi mavjud tabiiy gaz isteʼmolchilari gaz taʼminotidan elektron tarzda uziladimi?

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

⚡️"Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi" ogohlantiradi!

Qarzdorligi mavjud elektr ta'minoti isteʼmolchilari elektron tarzda ta'minotdan uziladi.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga murojaati

👉Batafsil o`qish

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUROJAAT

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashevning hokimlik jamoasiga MUROJAATI


Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga murosasiz bo'laylik!

“Korrupsiya oʻta ogʻir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz boʻlish gʻoyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni oʻrgatishimiz lozim”.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Qoraboyevaning xotin- qizlar faollari, ichki ishlar vazirligi tizimidagi xotin qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar, mahallalarimizdagi katta kuch boʻlgan jamoatchilik tuzilmalari, turli komissiyalar aʼzolari, jumladan “Oqila ayollar harakati” faollari, “Ayol maʼrifati” jamoatchilik kengashi aʼzolariga MUROJAATI.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM