Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари соҳада қилиниши лозим бўлган ишларни белгилаб берди.

Бирламчи бўғинни маҳаллагача тушириш бўйича бошлаган ислоҳотлар самарасини ошириш лозимлиги қайд этилиб, оилавий поликлиникалардан 10 километр узоқликда жойлашган 272 та маҳаллада тиббиёт пунктларини ташкил қилиш ишларини жадаллаштириш топширилди.

“Қишлоқ шифокори” дастури доирасида олис ҳудудларда 191 нафар шифокор иш бошлади. Яна 171 та бўш ўринни тўлдириш вазифаси қўйилди.

Шифохоналарда туғруқ ўринларини кўпайтириш, республика бўйича 46 та туманлараро перинатал марказни ташкил этиш ишларини тезлаштириш топширилди.

Тез тиббий ёрдамда чақирувга етиб бориш вақти 3 баробарга, харажатлар 25 фоизга қисқаришига қаратилган Президент қарорларининг ижроси устидан назоратни кучайтиришга кўрсатма берилди.

Йиғилишда мавжуд камчиликларни бартараф этиш бўйича ҳокимлар, соҳага масъуллар ва ихтисослашган марказлар раҳбарларининг ҳисоботи эшитилди. Улар йил якунига қадар ва келгуси йил учун режаларини ҳам батафсил тушунтирди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida g'olib deb topilmagan 364 ta loyiha uchun qo'shimcha mablag' ajratiladi

“Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–409-son, 25.10.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2022-yil iyul–sentabr oylarida o'tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan 364 ta loyihani amalga oshirish uchun qo'shimcha 335 milliard so'm mablag' ajratiladi.

🗓 2023-moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

➡️ Shuningdek, hokimliklar byudjetida shakllangan qo'shimcha mablag'larning 30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltiriladi.

🔰Qarorga ko'ra:

▫️tuman (shahar) byudjetlari mablag'lari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumihar yili fevral–mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun–iyul oylarida;

▫️“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida o'tkaziladi.

👉 Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🗂 Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga qanday amaliy yordamlar beriladi?

Yoshlar daftari nima? Unga kimlar kiritiladi?

Yoshlar daftarida qanday imtiyozlar bor? Imtiyozlar qanday yoshlarga beriladi?

Ushbu savollarga Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo’limi mutaxassisi Azizbek Xalilov javob beradi.

Batafsil ushbu videorolikda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам в сфере здравоохранения.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент тиббиёт муассасалари фаолияти билан танишди ва соғлиқни сақлаш соҳасида келгуси вазифаларни белгилаб берди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Аҳолини сифатли дори воситалари ва тиббий буюмлар билан таъминлаш юзасидан қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍 https://uza.uz/posts/419612

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏘 Mahallalar infratuzilmasi yanada yaxshilanadi

“2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–408-son, 25.10.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanadi.

🏢 Hokimliklar, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “O‘zsuvtaʼminot” AJ va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

☑️ Dasturlar doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi.

🗒 2022 yilda ajratilib, yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘lar Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablag‘lar 2023 yilda Dasturlarda nazarda tutilgan obyektlarning qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlashga yo‘naltiriladi.

Tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Ogohlantirish

⚡️ Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanidagi Istiqbol va Gultepa mahallalarining ayrim ko’chalarida gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi

🚧 Toshkent tumanining Istiqbol mahallasi Xamrabekov ko’chasi va Gultepa mahallasi T.Murodov ko’chasidagi xonadonlar 2 bosqichli tizimga o’tkazilganligi va o’rta bosimli gaz tarmog’iga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Istiqbol mahallasi Xamrabekov ko’chasidagi 37 ta xonadon va Gultepa mahallasi T.Murodov ko’chasidagi 112 ta xonadonlarga 2022 yil 27 oktyabr kuni soat 09-00dan 17-00ga qadar tabiiy gaz berish vaqtinchalik to’xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tufayli keltirilayotgan vaqtinchalik noqulaylik uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raymiz!

“Toshkent tumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida

Batafsil

О внесении изменений и дополнений в Закон Республики Узбекистан о государственном пенсионном обеспечении граждан», направленных на совершенствование порядка назначения пенсий

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_kub_gaz_tejang

🔥 Bir kunda har birimiz 1 kub metr gaz tejash orqali oy davomida 30 kub metr gazni iqtisod qilishimiz mumkin.

Bu orqali birgina Toshkent viloyatida bir oy davomida 18 mln. metr kub gaz tejamkorligiga erishiladi va 6 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻning ortiqcha sarfiga chek qoʻyiladi.

👉 “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shiladi

Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Qonun (O'RQ–795-son, 26.10.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Unga ko'ra, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o'rta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil bo'lgan taqdirda oxirgi ish joyidan qat'i nazar, belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo'ladi.

☑️ Qonunga muvofiq, o'gay ota va o'gay onaning vafot etgan o'gay o'g'ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

📁 Hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar O'zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha belgilanadi. Bunda ularning pensiyasiga ustama to'lash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

⚠️ I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo'lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_sanoat_zonasi

♻️ Investitsion loyihalar o’z samarasini bermoqda

🌐 Mamlakatimizda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo etish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, chet el investisiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

📊 Milliy iqtisodiyotimizga investisiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investisiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta’minlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansolarlik holatlariga qat’iyan chek qo’yish ustuvor vazifa hisoblanadi.

🏭 Xususan, Toshkent tumani “Oqibat” mahallasidagi kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “EX-IM TRADE” MCHJ joriy yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan va bugun 7 milliard so’mlik investision majburiyatni bajarib, 40 ta yangi ish o’rni yaratishga intilmoqda.

Batafsil ushbu videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Forwarded from Hudud Inform
❗️ Ўзбекистон Республикаси Мудофаа саноати давлат қўмитаси баъзи бир оммавий-ахборот воситаларида тарқатилаётган, гўёки Ўзбекистон Украинадаги ҳарбий харакатларда қўлланилаётган эрон жанговар учувчисиз учиш аппаратларининг (жанговар дронлар) ишлаб чиқариш (йиғиш) майдони эканлиги тўғрисидаги хабарларни қатъий инкор этади.

Шу билан бирга, таъкидлаш жоизки Ўзбекистон ҳозирги кунга қадар ҳеч қачон Эрон томони билан ҳамкорликда қурол-яроғ ва ҳарбий техника ишлаб чиқармаганлиги ва ҳозирги кунда ҳам ишлаб чиқармаётганини маълум қилади.

Шу муносабат билан, Мудофаа саноати давлат қўмитаси ОАВ орқали текширилмасдан туриб тарқатилаётган бу каби хабарлар жамоатчилик эътиборини ёлғон маълумотлар билан чалғитиши ҳамда Ўзбекистоннинг хорижий давлатлар билан дўстона муносабатларига салбий таъсир кўрсатишига сабаб бўлиши мумкин деб ҳисоблайди.

https://t.iss.one/hudud_inform
⚡️⚡️Prezident issiqxonalarning gazdan uzilish holatini zudlik bilan ko’rib chiqishni buyurdi

Issiqxonalarni gaz ta’minotidan uzish holati bo’yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan mazkur masalani ko’rib chiqish uchun Administrasiya rahbari Sardor Umurzakovga tegishli topshiriq berdi.

Administrasiya rahbari boshchiligida o’tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta’minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo’yicha juda ko’p e’tirozlar bildirilayotgani, xususan 25 oktyabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to’plangani bo’yicha tegishli mas’ullar qattiq tanqid ostiga olindi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasi va Qishloq xo’jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlarining ushbu masala bilan umuman shug’ullanmagani uchun, tadbirkorlarning muammolariga yechim topmagani uchun ular Prezident Administrasiyasiga kelishmoqda, dedi S.Umurzakov.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website