Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 480 dan ortiq Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 197 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 34 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 15 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 39 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 9 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Loyiha

UNG yoshlar markazi tomonidan “Askarga maktub” loyihasi amalga oshirildi!

Vatan himoyachilariga minnatdorlik va samimiy tilaklarni yetkazish maqsadida Toshkent tumanidagi 4-, 9- va 27-maktablarda Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi 71201 harbiy qism tomonidan 10 kun davomida oʻquvchilardan askarlarga bagʻishlangan xatlar qabul qilindi. Bu maktublar orqali yoshlarimizning Vatan himoyachilariga boʻlgan ehtiromi va qalb soʻzlari ifoda etildi.

Loyiha yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiylari markazga tashrif buyurib, barcha xatlarni oʻqib chiqdilar va eng mazmunli, ijodiy va noodatiy yondashuvga ega boʻlgan xatlarni saralab oldilar.

Mazmuni va dizayni bilan ajralib turgan xatlarning mualliflariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu yosh ijodkorlarni yanada ilhomlantirishga xizmat qilishi, ularning vatanparvarlik ruhini kuchaytirishi shubhasiz.

📸Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🟢Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!

Joriy yilning 16-yanvar kuni soat 11:00 da Markaziy bank Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi A.Nizamov tomonidan tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, bank kreditlari bilan bog’liq masalalarni hal etish hamda faoliyatini kengaytirish bo’yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqot oʻtkaziladi.

👉Muloqotga barcha tadbirkor, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish korxonalari va eksportyorlarni taklif etamiz.

🏛Manzil: Toshkent tumani Sarke mahallasi idorasi binosi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

Aholi murojaatlari eʼtiborda

📍Bugun rejaga muvofiq, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev 1-sektor hududidagi Uchchinor mahallasida fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabullni o‘tkazdi.

♻️Qabul davomida 20 dan ziyod fuqaro o‘z murojaatlari bilan hokimga yuzlandi.

🤩Har bir murojaat tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tinglanib, muammolarga 3-5 kun muddatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yechimini sektor rahbari –tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirib, muammoni bartaraf qilishda shaxsan ishtirok etishini bildirdi.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 110/35/10 kv  quvvatli Kensoy podstansiyasidan chiquvchi Najmiddin, Toshkent-1, Toshkent-2 fiderlarida joriy taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chuvalachi, Shirin, Istiqbol, Qashqarlik, Yuqori-Hasanboy, Mustaqillik, Kensoy, Bogʻbon, Ayri-Ota, Quruvchi, mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 15-yanvar kuni soat❗️09:00 dan  17:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Ogohlik

‼️ DIQQAT, ESLATMA!


Terroristik va ekstremistik tashkilotlarga tegishli materiallarni tayyorlash va tarqatishdan saqlaning!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi
Qonunning 32-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hisobot

Qoraboʻrik mahalla yettiligi hisoboti eshitildi


Joriy yil 14-yanvar kuni, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida tumandagi Qoraboʻrik mahallasi yettiligi hisoboti eshitildi.

Hisobot tadbiriga, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev, hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari va boshqa masʼullar taklif qilinib, hisobot mahalla fuqarolari ishtirokida eshitildi.

Unda har bir yoʻnalish boʻyicha, mahalla raisidan boshlab, profilaktika inspektorigacha 2024-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hokim va uning oʻrinbosarlari, shuningdek mahalla fuqarolarini tanishtirdilar.

Hisobot yigʻilishdan soʻng, mahalla yettiligi faoliyatiga fuqarolar tomonidan baho berilib, shu vaqtgacha amalga oshirilmagan ishlar, mavjud muammolar va oʻz yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.

Uch soat davom etgan hisobot yigʻilishi natijasida yigʻilish bayonnomasi tuzilib har bir masʼulga aniq topshiriqlar berildi hamda Qoraboʻrik mahallasidagi muammolar toʻlaligicha hal boʻlmaguncha tuzilgan "ishchi guruh" doimiy ravishda mahalla idorasida muammolarni bartaraf qilish ishlarini olib borishi belgilandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi oʻtkazildi


Joriy yil 14-yanvar kuni Toshkent tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan "Mehnat yarmarkasi" tashkil qilindi.

Mehnat yarmarkasida 30 dan ziyod probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun, tumandagi 20ga yaqin korxona tomonidan ish taklif qilindi.

Mehnat yarmarkasi davomida 5 nafar nazorat ostidagi shaxs doimiy ishga joylashtirildi, qolgan probatsiya hisobida turuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi


Xabaringiz bor, kecha Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Qoraboʻrik mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, yigʻilib qolgan masalalarni birma-bir eshitish va mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotni eshitish maqsadida hududdagi 3-umumtaʼlim maktabida yigʻilish oʻtkazgan edi.

Kechagi yigʻilishda aholi tomonidan hokimga mahallaga kelib, muammolarni shaxsan oʻrganish boʻyicha taklif berilgan edi. Bugun, vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi va Chinor 7-berk, Chinor 6-berk va Chinor shoh koʻchalarini mahalla yettiligi va aholi hamkorligida oʻrganib, tegishli muammolarni bartaraf qilish maqsadida zudlik bilan taklif kiritish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligiga aholi tomorqasidan unumli foydalanishini yoʻlga qoʻyish, boʻsh dala chetlariga toʻqsonbosti ekinlarini ekish, kam taʼminlangan oilalarning daromadini oshirish uchun ularga nafaqat yerdan foydalanishni oʻrgatish, balki oʻrdakchilik bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM