Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.24K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Zahariq mahallasidagi toza ichimlik suvi, ichki koʻchalar asfalti masalasi yuzasidan "ZOʻR TV" telekanalining "Bu kun" dasturida efirga uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududida hozirgi kunda pudrat tashkilot “China Geo Engineering Corporation” kompaniyasi (Xitoy) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2818 qaror loyihasi asosida tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shartnoma 2021-yil 12-dekabr sanasida imzolangan boʻlib tarmoq tortish ishlarini yakunlash muddati 2024-yil 15-fevralga belgilangan. Biroq, 2020-2021-yillarda hukm surgan COVID pandemiyasi tufayli ishlar surilib, joriy yil 31-dekabr sanasigacha yakunlash belgilangan.

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududidagi ichimlik suvi tarmogʻi tortish ishlari toʻliq yakunlangach koʻchalar taʼmirlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 2 ta umumta’lim maktabida mavjud muammolar qalamga olingan maqola uzatildi.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi 22-sonli umumta’lim maktabidagi faollar zalida qurilish ta’mirlash ishlari hali to‘laligicha yakuniga yetkazilmagan. Ayni paytda, so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari nihoyasiga yetgach, zal to‘liq jihozlanadi. Shuningdek, pudrat tashkilotining qurilish va ta'mir ishlarida kamchiliklar aniqlanganligi sababli, ayni kunlarda quruvchiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

Tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabida faollar zali, qizlarga va o‘g‘il bolalarga texnologiya xonalari, kurash zali, oshxona, sport kompleks va yugurish maydonchasi qurilishi uchun mahalliy budjetdan 4 253 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Moliyalashtirilgan mablag‘lar evaziga, ayni paytga qadar bajarilgan ishlar 65 foizni tashkil qiladi. Shu kunga qadar suvoq ishlari 100 foizni, tom qismi 100 foiz, ichki pardozlash 70 foiz, montaj ishlari 100 foizga bajarilgan. Pudrat tashkilotga buyurtmachi tomonidan pul mablag'lari to'liq o'tkazib berilmaganligi munosabati bilan yakunlash ishlari ortga surilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tadbirkor va aholi oʻrtasidagi mojaroga kim yakun yasaydi?


Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo'lgan Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan “suyaklarni qayta ishlash sexi” borasidagi xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Boshqarmasining sanitariya qoidalari va meʼyorlarida koʻrsatilgan talablarga asoslangan holda Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga qarashli baliqlarga ozuqa yemi tayyorlaydigan ishlab chiqarish sehi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi 2020-yil 24-dekabrdagi daʼvo arizasiga asosan 2021-yil 7-yanvar sanasida Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori tayinlangan.

Hal qiluv qaroriga muvofiq, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining nazorati Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga topshirilgan. Hal qiluv qarori ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga yoʻnaltirilgan. Biroq, viloyat sudi organidan MIBga ijro varaqasi joʻnatilmaganligi sababli ushbu hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash imkoni boʻlmagan.

Hal qiluv qaroriga koʻra YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ishlab chiqarish sehida faoliyat yuritishi va ozuqa yem tayyorlashi mumkin emas deb topilgan boʻlsada, korxona yuqoridagi talablarga rioya etmagan holda oʻz faoliyatini toʻxtatmagan.

Ayni kunlarda, Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat yoʻllanib, № 4-1101-2002/981-sonli Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xal qiluv qarori ijro varaqasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga joʻnatishni taʼminlash borasida saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ijro varaqasi MIB organlariga taqdim etilganidan soʻng, YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga nisbatan tegishli chora koʻrilishini va fuqarolar murojaatlari ijobiy hal qilinishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kun.uz telegram kanalida eʼlon qilingan “Toshkent tumanida «dom» qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi” nomli xabar yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Bahor mahallasi M.Xorazmiy koʻchasida joylashgan 2-raqamli xonadondagi holat Toshkent tumani hokimi va tegishli oʻrinbosarlar tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganida xonadon devori emas darvozaxona devori qulab tushganligi maʼlum boʻldi.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan " Toshkent tumanida it yosh bolani oʻldirib qoʻyay dedi" sarlavhasi ostidagi xabarga munosabat:

Xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Ushbu holat Toshkent tumani Sabzavot mahallasida sodir boʻlgan. Bolakayni qoʻshnining iti tishlagan. Kuchuk tishlagan vaqtda uy egalari Yunusobod tumanidagi xonadonlarida boʻlishgan. Xonadonda katta it boqilishiga sabab, hovlida hech kim istiqomat qilmagan va uy egasining soʻzlariga koʻra it bogʻlangan holda boqilgan. Biroq, nomaʼlum sabablarga koʻra yechilib ketgan.

Holat mutasaddilar nazoratiga olingan, "bahaybat" it Qibray tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib ketilib, maxsus yovvoyi hayvonlar boqiladigan muassasaga joylashtirilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan "Keles Hokimiyatni oldidagi domlar atrofidagi holat ekanligi aytilmoqda" sarlavhasi ostidagi videoxabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Tuman hokimligi roʻparasidagi koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida bir nechta xususiy klinika joylashgan boʻlib, ularda aholiga ambulator xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratilgan. Biroq, ana shu klinikalarning qaysi biridadir, aholi xavfsizligiga befarq boʻlgan xodimlar ham bor.

Ayni vaqtda koʻp xonadonli uylarga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi orqali chiqindi tashlagan xodim shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Aniqlik kiritilgach, klinika egasiga nisbatan jarima jazosi qoʻllanilishini, ayni vaqtda chiqindilar tegishli tashkilot tomonidan olib ketilganligini ma'lum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_munosabat

Aholining kelishmovchiligiga chek qoʻyiladimi?


Youtu.be ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilinib, muhokamalarga sabab boʻlayotgan "Tabaqa devorining taqdirini manfaatdorlik hal qilayaptimi?" nomli videolavha yuzasidan munosabat.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent tumani hokimligi masʼullari holatga oydinlik kiritish maqsadida Tutzor mahallasida boʻlib, "tabaqa devori" nomini olgan transformatorni yoʻlni chetiga surdirdilar va aholiga yoʻlni ochib berdilar.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, viloyat hokimining qarorida, ushbu yoʻlni asfalt qilish va ichki yoʻl sifatida undan foydalanish topshirigʻi berilmagan. Qarorda, ushbu hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan. Biroq, voqeaga jozibadorlik berishni istagan blogerlar, fuqarolar qayta-qayta taʼkidlayotgan qaror mazmuni bilan qiziqib ham koʻrmagan.

Qolaversa, ikki guruhga boʻlinib qolgan aholi vakillarining oʻrtasiga qayta-qayta nizo singdirishdan blogerlarga nima naf? Tuman hokimligi ikkala tomon fuqarolarini fikrini eshitadi va ular oʻzaro kelishuvga erishmaguncha ushbu nizoli hudud boʻyicha aniq yechim bera olmaydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Keles koʻprigida sodir boʻlgan YTH yuzasidan...


Instagram ijtimoiy tarmogʻida keng tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat:

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Joriy yil 7-noyabr kuni soat 18:51 da RTTYOM Toshkent viloyati filiali Toshkent tumani stansiyasiga “CALL” markazi tomonidan “Keles koʻprigi usti” manzilidan YTX bilan chaqiriq tushgan. Chaqiriqqa reanimatolog-N.Roʻziyev, anesteziolog D. Abdujabborov, haydovchi S.Tursunboyevdan iborat, brigada 18:57 da chaqiruv manziliga yetib borgan.

Voqea joyida 40 yoshlar atrofidagi erkak jinsiga mansub, qayni akasi soʻzidan keyinchalik maʼlum boʻlishicha 1973 yilda tugʻilgan, doimiy yashash manzili Qoraqalpogʻiston respublikasi Toʻrtkoʻl tumani boʻlgan fuqaro T. T. ismli shaxs xushsiz boʻlgan. Eginida erkaklar qora kurtkasi. Bosh, oyoq va egindagi kiyimda qon izlari bor. Atrofdagilar soʻziga qaraganda oq rangli Damas rusumli yoʻlovchi avtomobil, yoʻldan oʻtayotgan T.T. ni urib yuborgan.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tutzor mojarosiga kim barham bera oladi?


Aynan shu sarlavha ostida Nazorat.uz kanalida eʼlon qilingan xabar yuzasidan Toshkent tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hurmatli Nazorat.uz kanali asoschilari va unda faoliyat yuritayotgan qoʻshtirnoq ichidagi muammoga yechim izlovchi blogerlar.

Tutzor mojarosini aslida Sizlar oʻylab topdingiz va "pashshadan fil yasash" qobiliyatingiz bilan uni keng omma eʼtiboriga tortiq qildingiz.

Ammo, shuni unutdingizki, tuman hokimligi bitta shaxsning boshqa shaxsga bergan vaʼdasiga qarab ish yuritmaydi va har qanday xatti-harakatida eng avvalo qonunchilikka tayanadi.

Toshkent viloyati hokimining qarorida ushbu yer maydonini tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan boʻlib, unda avtomobil yoʻlini barpo qilish boʻyicha hech qanday gap-soʻz yoʻq.

Undan tashqari, tuman hokimligi aholi talab va istagiga koʻra transformatorni yoʻldan chetga, yaʼni xavfsiz hududga koʻchirish chorlarini joriy yil 14-noyabr kuni amalga oshirgan. Shunday boʻlsa-da Siz Tutzor mahallasi Qadrdonlar 4-tor koʻchasida istiqomat qiluvchi shaxs bilan joriy yil 27-noyabr kuni viloyat hokimligiga borib, noaniq vajlar bilan rahbarlarga yuzlangansiz. Siz "Oltin devor" deb nomlagan oʻsha joyda aslida hech qachon avtomobil yoʻli boʻlmagan.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi yana bir marotaba Sizlardan bitta mahallada istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida bir-biriga nisbatan gʻaraz uygʻotmaslikga hamda Farovon 1-tor va Vatandoshlar koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasiga raxna solmaslikga chaqirib qoladi.

Shuni unutmangki, tuman hokimligi birinchi guruh fuqarolarining xohish-istagini ikkinchi guruh fuqarolarining talablariga zid ravishda bajarmaydi va har qanday xatti-harakatida qonunchilikka va xalq roziligiga amal qiladi.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Gaz bosimi muammosi hal qilinadimi?

♻️Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari Toshkent tumanida gaz bosimi tushib ketganligi munosabati bilan "Oʻztransgaz" AJda boʻldilar.

Ular Toshkent tumanidagi aholi isteʼmolchilari uchun tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammoni hal qilish, tabiiy gaz bosimini koʻtarish masalasida amaliy yordam soʻradi.

"Oʻztransgaz" AJ vakillari deputatlarni diqqat bilan tinglab, mavjud imkoniyat doirasida masalani hal qilish uchun barcha zarur choralar koʻrilishini bildirdilar.

Muammoning yechimini birgalikda hal qilish uchun taklif etilgan "Hududgaz Toshkent" GTF va Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi masʼullari masalaning yechimini oʻrganish maqsadida Toshkent tumaniga keldilar va muammo bartaraf qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️ Toshkent tumanining Sabzavot mahallasida kabellar yonib ketmagan. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan videoxabar ikki yil oldingi holat


Ijtimoiy tarmoqda “Toshkent tumani, Sabzavot mahallasidagi kabellar yonib ketyapti, yordam beringlar” mazmunida video eʼlon qilindi.

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu videoda 2022-yil dekabr oyida sodir boʻlgan holat aks etgan boʻlib, uni (eski videoni) xuddi bugungi holatdek tarqatishgan. Aslida bu video ikki yil oldingi holatdagi tasvir.

Toshkent tumani, Sabzavot mahallasida bugungi kunda elektr taʼminotida hech qanday muammo yoʻq. Mahalla isteʼmolchilariga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.

❗️Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda notoʻgʻri boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Bu boʻyicha qonunchilikda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Chiqindilar muammosi bartaraf qilinadimi?


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali deputatlarga murojaat sifatida eʼlon qilingan xabar, aynan Toshkent tumanidagi maishiy chiqindilar muammosi bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, bugun, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi kotibiyati tomonidan Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida doimiy komissiya yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda "Zangiota Obodon" MCHJ va "Toza hudud" DUK rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Kun tartibida aholining noroziligi va chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilmasligi masalasi muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida, ayni kunlarda "Zangiota Obodon" MCHJ bilan bitim bekor qilinganligi va vaqtinchalik ushbu masala bilan Toshkent viloyati "Toza hudud" DUK shugʻullanishi maʼlum qilinib, biling tizimi, yaʼni chiqindi masalasi mart oyiga qadar elektr taʼminoti bilan bogʻliq boʻlmasligi bildirildi.

Shuningdek, deputatlar va "Toza hudud" DUK oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent tumanida maishiy chiqindilar masalasi 6 kun ichida hal qilinishiga va keyinchalik aniq reja-grafik asosida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilishi tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda ish yuritilishiga kelishib olindi.

Shu bilan birga, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab maishiy chiqindilarni olib ketish uchun toʻlanadigan toʻlov, nafaqat Toshkent tumani uchun kishi boshiga 7840 soʻm miqdorida belgilanganligi, balki Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga asosan, viloyat boʻyicha bir xil narx-navo belgilanganligi aniqlandi.

Bir soʻz bilan aytganda, doimiy komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan berilgan vaʼda oʻz vaqtida bajarilmasa, sessiya qarori bilan tegishli ijrochilarga zaruriy choralar koʻrilishi belgilab olindi.

Ushbu masalaning nazorati Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, Jamoatchilik nazorati guruhi rahbari M.Usmonovga yuklatildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Xabaringiz bor, kuni kecha Milliy telekanalining "Millar" dasturi ijodkorlari Toshkent tumani Koʻhinur mahallasida boʻlib, bir muammoli masalani koʻtarib chiqdilar.

Bir koʻz bilan qarasangiz muammo, boshqa koʻz bilan qarasangiz qilingan ishlar.

Biroq, qilingan ishlar haqida gapirishni istagan fuqarolarga rad javobini berib, negativ aytishga xohish bildirganlardangina intervyu olish qanchalik toʻgʻri?

Bugun biz munosabatimizda, aynan ikkinchi tomon fuqarolarining, yaʼni mahalla faollarining fikrini ham tinglab koʻrdik. Axir ular, "Millar" ularning fikrini eshitmaganidan xafa.

Barcha oʻz fikrini bildirishga haqli va bizning shuncha vaʼdalarimizga qaramasdan, mahalladan faqatgina negativ fikrni yigʻishtirib ketishga oʻrgangan jurnalistlarga javobimiz bu.

Fuqarolar talabini bajarmaymiz demadik, qilamiz dedik, lekin "Millar" kelgani uchun emas.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM