Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi


🔰Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:

🔹issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;

🔹xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;

🔹issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

🔹xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko'rish.

🗓 2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta'minlanadi.

✔️2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlanadi.

Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi
#Mini_futbol
#FINAL

⚽️Toshken tumanida “DXX kubogi” mini-futbol va futbol musobaqalari davom etmoqda.

Har kuni Toshkent tumanida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha “Davlat xafsizlik xizmati kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha esa Toshken tumanida joylashgan bolalar va o'smirlar stadionida mini futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining "Hasanboy" va "Istiqbol" mahallalari oʻrtasida final bosqichi musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqada 7:2 hisobida Istiqbol mahallasi yoshlari g'olib bo'ldi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_xizmatlar

Tuyoqli tajribasi amalda

🔰Maʼlumki davlat rahbarimiz  topshirigʻiga  asosan, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Tuyoqli mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qayta xatlovdan oʻtkazilib, ularni ijtimoiylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish rejalari ishlab chiqildi.Va har bir tumanlardan bir mahalla tanlab olinib, ushbu tajribaga asosan oilalarni oʻrganish belgilandi.

📌Xususan, Toshkent tumani Sanoat mahallasida olib borilayotgan kunlik xatlovda Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, mahallada kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan xar bir xonadon oila aʼzolarining ijtimoiy holati, aholi takliflari  oʻrganilmoqda.

♻️Maqsadimiz, ijtimoiy shaxslarning toʻlaqonli hayot kechirish jarayonida yuzaga kelgan cheklovlarni yengishi va ularning jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng huquqli ishtirok etishlarini taʼminlashga koʻmaklashishdir.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasi mobil ilovasidan foydalanish tartibi

🔸Ro'yxatdan o'tish
🔸Lotga ariza berish
🔸Hisobni to'ldirish
🔸Savdoda ishtirok etish tartibi

⬇️Android
⬇️IOs


👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтнинг Яккасарой ва Яшнобод туманларига ташриф буюриб, жамоат хавфсизлиги ва спорт соҳаларидаги янги объектлар ҳамда маҳаллаларда олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Яккасарайский и Яшнабадский районы столицы, где ознакомится с новыми объектами в сферах общественной безопасности и спорта, а также проводимой созидательной работой в махаллях.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Isteʼmolchilar_huquqlari

7-iyun – "Butunjahon oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi kuni"


BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 7-iyun – "Butunjahon oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi kuni", deb eʼlon qilingan.

Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi oziq-ovqat zanjirining barcha bosqichlarida, yigʻib olish va ishlab chiqarishdan tortib, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va isteʼmol qilishgacha boʻlgan barcha bosqichlarida muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan, bugun, Oʻzbekiston Isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent viloyati hududiy birlashmasining Toshkent tuman jamiyati raisi Alisher Kadirov tomonidan bozor va marketlarda monitoring tadbirlari oʻtkazildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SPORT

TOSHKЕNT TUMANIDA KARATE (WKF) BO‘YICHA "KELES OPEN" XALQARO TURNIRI O‘TKAZILADI

Joriy yilning 15-16 iyun kunlari Toshkent tumani markazidagi tuman sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida karate WKF bo‘yicha v-an’anaviy "KELES OPEN-2024" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.


Yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida beshinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Rossiya davlatidan eng sara karatechilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkent tumani hokimligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Toshkent tumani sport maktabi, Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani bo'limi va boshqa qator mas’ul tashkilotlar "Keles karate" sport klubi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining Oltinchi chaqiriq Sakson ikkinchi sessiyasi oʻtkazildi


Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan sessiyada Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 30 iyul kuni boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlarga boʻlib oʻtadigan 27-Keles okrugi saylov uchastkalarini tasdiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga koʻra “GʻOLIB” takliflarni moliyalashtirish, tuman mahalliy byudjetining manbalaridan 2024-yil 2-chorak davomida mablagʻ ajratish singari bir nechta masalalar koʻrib chiqildi.

Sessiya kun tartibida koʻrilgan masalalar Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlarining tegishli Qarori bilan qabul qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM