Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Taʼlim

Toshkent tumanida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichiga start berildi


Bugun, Toshkent tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida 1-sektor hududidagi jami 8 ta ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida tanlovning tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovdan ko’zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishdan iborat.

Tanlovning tuman bosqichi joriy yil 6-aprel sanasigacha davom etadi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_apreldan

🗓 1-apreldan nimalar o'zgaradi?


🔹Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi BATAFSIL

🔹Ayrim yolg'iz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi BATAFSIL

🔹Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida ayrim xizmatlar ko'rsatiladi BATAFSIL

🔹Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag'batlantiriladi BATAFSIL

🔹Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi BATAFSIL

🔹“Ko'cha san'ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi BATAFSIL

🔹“Madaniyat to'lqinlari” media loyihasi doirasida eng yaxshi media mahsulotlarga pul mukofoti beriladi BATAFSIL

🔹Davlat xaridlari doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga preferensiyasi beriladi BATAFSIL

🔹Yuk va yo'lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo'l varaqalari elektron yuritiladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reytingiga qarab beriladi BATAFSIL

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda.

Zoyir Mirzayev oʻz murojaatida aholini tomorqalardan unumli foydalanish, “Yashil makon” umummilliy dasturida faol ishtirok etishga daʼvat qilmoqda.

Murojaatnomani onlayn koʻrish

You Tube

  Facebook

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vijdon_erkinligi

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi Qonun 9-MODDA.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati bo'yicha 3551 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🔹Angren shaharida 613 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 146 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 251 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 51 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyichirchiq tumanida 192 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 522 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 141 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 278 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 140 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 308 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 65 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 35 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 60 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 162 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ogohlantirish

Hurmatli TOSHKENT TUMANI elektr energiyasi isteʼmolchilari!        
                                                      

💥"Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi" Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlariga qarashli Sokin podstansiyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Sokin podstansiyasidan chiquvchi L-Keles 35 kV havo tarmog‘idan elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi Toshkent tumanining - Hasanboy, Hasanboy-guzari, Bahor, Qorasaroy, Qirariq, A.Navoiy, Qizg'aldoq, Sohibkor, Iftixor, Ozodlik, Tinchlik, Oqibat, Uch-sada mahallalarida va ushbu hududda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda joriy yil❗️3-aprel kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha❗️ elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

💠IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.

🌐“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

‼️Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

🔰Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

☢️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

⁉️Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

🔞Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

🚫Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent tumani Fayziobod mahallasida Toshkent tumanidagi 4 sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman hokimi-1-sektor rahbari O.Rustamov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Rixsiyev, tuman prokurori-2-sektor rahbari A.Nazarov, tuman IIB boshlig‘i-3-sektor rahbari D.Mirzamamedov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i-4-sektor rahbari S.Abduvaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedovlar boshchiligida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 50dan ziyod fuqarolar ishtirok etdi.

Joriy yilning o‘tgan 3 oyida tuman Xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari boshchiligida jami 82 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 100 dan ortg'i ijobiy hal etilgan.

Sayyor qabullarda tushgan murojaatlarning aksariyati elektr energiyasi, gaz taʼminoti, ichimlik suvi, ichki yo‘llarni yo‘llarni taʼmirlash, davolanishga moddiy yordam olish, uy-joyini taʼmirlashga oid masalalar tashkil etadi.

Aholi muammolarini chuqurroq o‘rganish hamda ular bilan muloqotlar sonini ko‘paytirilishi natijasida, Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga tuman aholisidan jami 2047 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2391 ta) kelib tushgan murojaatlar soni 344 taga yoki 14 foizga kamayishiga erishildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini o'tkazish va tanlov natijalari bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi rag'batlantirish choralarini ko'rib borish belgilangan:

🔹mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib berish;

🔹o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
#Raddiya Bloger Olimjon Toʻxtanazarovning “Toshkent viloyati hokimligi diqqatiga!” nomli videolavhasi yuzasidan: «Prezident blogerlari» nomli YouTube ijtimoiy tarmogʻi sahifasida bloger Olimjon Toʻxtanazarov tomonidan Toshkent tumani Bahor mahallasi hududida…
#Munosabat

Qonun ustuvorligi - zamon talabi


Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda bloger Olimjon To‘xtanazarov tomonidan tayyorlangan videolavhaga "raddiya" bergan edik.

Xabar berganimizdek, 29-mart kuni, fuqaro Ortiq Sobirov o‘zboshimchalik bilan egalik qilib kelayotgan, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni E-auksion platformasi orqali savdoga chiqarilib, shaffof tarzda o‘z egasini topdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, “Ulug‘bek Grand” MCHJga qarashli bo‘lgan va davlat zaxirasiga qaytarilgan yer maydonlari, shu jumladan fuqaro O. Sobirov firibgarlik yo‘li bilan ega chiqmoqchi bo‘lgan yer maydoni auksionda salkam 7 milliard so‘mga qishloq xo'jaligida foydalanish uchun sotildi.

Yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs. Shuning uchun yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni taʼminlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri.

Qonunchilikda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash, undan xo‘jasizlarcha foydalanish va yer hisobini yuritishdagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunday ekan, yollanma shaxslar, turli blogerlar yordamida xo‘jasizlarcha yerdan foydalanishga va davlat budjetiga zarar yetkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Shu jumladan, bloger-Olimjon To‘xtanazarovning ham!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Musobaqa

"Yosh chegarachilar" harbiy vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi


Toshkent tumanida joylashgan DXX chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida Toshkent va Qibray tumanlari chegara yaqinidagi maktab o'quvchilari o'rtasida "Yosh chegarachilar" harbiy vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda O'zbekiston Respublika Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 26-iyundagi 261-son qarorida ko'rsatilgan safda yurish, safda qo'shiq bilan o'tish, maxsus formalar ko'rigi, avtomatni notulik kishilarga ajratish va yig'ish, turnikga tortilish,qizlar 100 metrga yugurish, o'g'il bolalar 1000 metrga yugurish, avtomatdan o't otish, tibbiy yordam ko'rsatish va boshqa shartlar bo'yicha 9 ta jamoalar o'zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko'ra I-o'rinni 26- maktabning "Lochinlar" jamoasi egallab,viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.Tanlov so'ngida Yoshlar ishlar agentligi tumani bo'limi, Ma'naviyat ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, MMTB, DXX chegara qo'shiniga qarashli harbiy qismlar tomonidan diplom va qimmatbaxo sovg'alar berildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM