Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.14K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yosh_kitobxon

Zuhra Ilyosova Toshkent viloyati yosh kitobxoni


Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida anʼanaviy tarzda “Yosh kitobxon” tanlovi Toshkent tumani yoshlari oʻrtasida oʻtkazib kelinmoqda.

Tuman bosqichida Istiqbol mahallasi farzandi Zuhra Ilyosova gʻolib boʻlib, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi. Kunikecha esa u 15-19 yosh toifasidagi kitobxonlar bilan bellashib Toshkent viloyati yosh kitobxoni sifatida tan olindi.

Ikkita shart asosida oʻtkazilgan bellashuvda tezkorlik, bilim va hozirjavoblikka ega boʻlgan Toshkent tumani Istiqbol mahallasida yashovchi Zuhra Ilyosovaga 2-oʻrin sovrindori boʻlish nasib qildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Infografika

📊Toshkent tumanida 2023-yilning 11 oyi mobaynida “Yoshlar daftari” orqali yordam ko‘rsatilgan yoshlar sektorlar kesimida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Toshkent tumanida 2023-yil davomida 1977 nafar yoshlar kiritilib 1614 nafariga amaliy yordamlar berilgan.

Batafsil infografikada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat
#Tezkor
❗️❗️❗️
“SAG‘BON" PODSTANSIYADA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQD
A

Bugun 16:20 da Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 110/35/10 kV “Sag‘bon” podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelganligi sababli Toshkent tumanida joylashgan 35/10/6 kV "Bogzor" podstansiyasidan ta'minlangan mahallalarda elektr ta'minoti uzilishi holati yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent tumani Ko'ksaroy, Chig'atoy, Bunyodkor, Qizg'aldoq, A.Navoi, E'zoz, Bog'izilol, Zahariq, Qorabo'rik, Beruniy, Diydor, Shamsiobod, O'rikzor, Ko'hinur, Oqtosh mahallalari iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Shu munosabat bilan 2023-yil ❗️27-noyabr kuni soat taxminan 21:00 ga❗️ qadar elektr energiyasi vaqtincha bo'lmaydi.

🟢Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Malaka_oshirish

O‘zbekistonlik bir guruh mutaxassislar Turkiyaga jo‘nab ketdi


Bugun, hududlarda faoliyat olib borayotgan bir guruh hokim yordamchilaridan iborat delegatsiya a'zolari Turkiyaning KOSGEB tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan  o‘quv-amaliy kursiga ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.

Mazkur o‘quv kursi hokim yordamchilari va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga aloqador tashkilotlari uchun tashkil etilayotgan bo‘lib, joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar davom etadi.

O‘quv-amaliy kurslarda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan milliy kadrlar zaxirasiga olingan hamda o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan (KPI) hokim yordamchilari orasidan tanlab olindi va ular orasida Toshkent tumani Sabzavot mahallasi hokim yordamchisi ham bor.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Hukumat_qarori

🔰"Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (619-son, 23.11.2023 y.) qabul qilindi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉 https://lex.uz/pdfs/6674688

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#RASMIY_BAYONOT

“Antistrumin” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat-protsessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayollar qamoqqa olinganligi haqidagi maʼlumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda. 

Tarqatilayotgan ushbu maʼlumotlar tergovning obʼektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugagunga  qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

🌐 Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️I
shtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

💦Kelajak uchun suvni asraylik


Dunyo aholisi soni oʻsib, sanoat rivojlanib, global iqlim oʻzgarishlari tufayli yogʻinlar miqdori kamayib borayotgan bugungi sharoitda suvga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Obi hayotning har tomchisidan oqilona va unumli foydalanish insoniyatning eng muhim kundalik vazifalaridan biriga aylanayotir.

Okean va yirik dengizlardan ancha olisda qurgʻoqchil mintaqada joylashgan Oʻzbekiston uchun ham suvning ahamiyati benihoya katta. Respublikamizda foydalaniladigan suv resurslarining 80 foizdan ortigʻi qoʻshni Qirgʻiziston va Tojikiston respublikalari hududida joylashgan togʻlardagi qorlar va muzlik­lar hisobiga shakllanadi.

Shunday ekan, kelajak avlod uchun suvni asraylik.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bildirish

❗️Toshkent tumanida yer maydoni faqat elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi!

Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmogʻida "Hasanboyda 2,5 gektar yer maydoni sotiladi, dokument kotedjniy gorodok, narxi sotigiga 12 000 $" mazmunidagi xabar tarqalib, keng omma eʼtiborini tortdi.

Toshkent tumani aholisi va tadbirkorlar diqqatiga! Hozirgi kunda Toshkent tumanida kottej shaharchasi uchun yer maydoni ajratilmagan va Bosh rejaga asosan kottej shaharchasini barpo qilish rejalashtirilmagan.

Toshkent tumanida mavjud boʻsh yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasida belgilangan (Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish)) tartibga koʻra amalga oshiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sizlarni firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslikga chaqiramiz va elektron onlayn auksion platformasini chetlab oʻtadigan har qanday yer oldi-sotdi munosabatlari boʻyicha tuman hokimligi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

___________________________________

#Билдириш

❗️Тошкент туманида ер майдони фақат электрон онлайн аукцион орқали реализация қилинади!

Куни кеча Facebook ижтимоий тармоғида "Ҳасанбойда 2,5 гектар ер майдони сотилади, документ котеджний городок, нархи сотигига 12 000 $" мазмунидаги хабар тарқалиб, кенг омма эътиборини тортди.

Тошкент тумани аҳолиси ва тадбиркорлар диққатига! Ҳозирги кунда Тошкент туманида коттеж шаҳарчаси учун ер майдони ажратилмаган ва Бош режага асосан коттеж шаҳарчасини барпо қилиш режалаштирилмаган.

Тошкент туманида мавжуд бўш ер майдонлари Ўзбекистон Республикаси Ер кодексининг 23-моддасида белгиланган (Ер участкаларини бериш (реализация қилиш)) тартибга кўра амалга оширилади.

Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда Сизларни фирибгарлар тузоғига тушиб қолмасликга чақирамиз ва электрон онлайн аукцион платформасини четлаб ўтадиган ҳар қандай ер олди-сотди муносабатлари бўйича туман ҳокимлиги ёки ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат қилишингизни сўраймиз.

Реклама эълон қилинган ҳаволалар:👇👇👇

https://www.olx.uz/d/obyavlenie/teritoriya-2-5-ga-na-pervom-linie-kvadrat-za-sotku-11000u-e-ID3sKnx.html

https://www.facebook.com/groups/714519789914081/permalink/1123300102369379/?mibextid=gFsH6yNPprXzTD5K

Тошкент тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jamoat_transporti #Infografika

Toshkent viloyatida jamoat transportidan foydalanishda yoʻlovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron toʻlovlarni ommalashtirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Seminar

Toshkent viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkazilmoqda


Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʻnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Sababi, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_munosabat

Qizamiqqa chalingan bemorlar Markaziy shifoxonada yotadimi?


Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda “Qizamiqqa chalinganlar yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerak emasmi?” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan edi.

Unda “Toshkent tumani markaziy shifoxonaciga bordik. Ayrim bemorlar koridorda yotibdi. Qiziq holati, qizamiqqa chalinganlarni shamollaganlar yoniga yotqizib qoʻyishibdi. Qizamiqqa chalinganlar alohida, yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerak-ku. “Pul berilsa, joylashadi, aks holda koridorda yotib turasiz”, deyishdi. Bu qanchalik asosli va toʻgʻri?” mazmunidagi xabar bayon etilgan.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum

Maktabgacha va maktab taʼlim tizimida ijtimoiy-psixologik xizmat


Joriy yilning 28- noyabr kuni umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab taʼlim tizimida ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yoʻnaltirish va innovatsion yondashuv" mavzusida psixologlari forumi oʻtkazildi.

Unda, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko'rsatish tizimida soha mutaxassislari koʻnikmalarini oshirish orqali voyaga yetmagan yoshlarga sifatli psixologik xizmat koʻrsatish masalalari muhokama qilindi.

Forumda bir yil davomida oʻz ustida ishlagan oʻquvchilar, ustozlar, ayollarga psixologik yordam koʻrsatgan maktab psixologlari taqdirlandilar.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Onlayn

🟢Ayni damda Toshkent tumani markazidagi Madaniyat saroyida "Yil ayoli" milliy tanlovining Toshkent viloyati bosqichi oʻtkazilmoqda.

Unda viloyat hokimning oʻrinbosari Zuhra Mirgaziyeva ishtirok etmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website