Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️Oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik belgilandi

🔰 Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔹Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik kiritildi. Unga koʻra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:

▫️mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish;
▫️mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish;
▫️ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, mazkur harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 160 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔘 Yuqoridagi shaxslarni doʻpposlash, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda ogʻirlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan:

sogʻliqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan koʻp boʻlmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan:

▫️16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

▫️16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish – 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Shuningdek, shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

👉Manba

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Fazliddin Sobirjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta oʻqituvchisi:

— Bugungi kunda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, birinchi navbatda, samarali iqtisodiyot, erkin boshqaruv tizimi, kuchli ijro hokimiyati shakllanishi, Senat va qonunchilik palatalari oʻrtasida vakolatlar taqsimlanishi hamda eng asosiy masala — inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishi, konstitutsion norma asosida kafolatlanishini oʻzgartirishlarning asosiy mezoni sifatida koʻrishimiz mumkin.
Konstitutsion islohotlar avvalo inson qadri, huquq va erkinliklarini hozirgi jamiyat va kelajak avlod uchun konstitutsiyaviy kafolatlashni nazarda tutadi. Bu islohotlar butun boshqaruv tizimida samarali tizimni yaratishga asos boʻladi.

@menbefarqemasman
#Iftorlik

💫Roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

📍Toshkent tumani Qirariq mahallasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan tumandagi roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda mahallada istiqomat qiluvchi roʻzadorlar hamda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila aʼzolari ishtirok etdi.

Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorimizga baraka, dehqonlarimizga moʻl hosil tilab, duo qilishdi.

Eslatib oʻtamiz bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallada tashkil etilmoqda.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Bahodir Husanov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori:

— Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xalqimiz farovonligini taʼminlaydigan huquqiy asosdir va inson manfaati uchun, qadri uchun, uni huquqiy kafolatlash uchun xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga toʻrtta yangi modda qoʻshilayaptiki, bunda taʼlimning barcha shakllari — maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim qamrab olingan. Ayniqsa, hozirgi paytda nogironligi boʻlib, maktab taʼlimini ololmaydiganlarga yaratilayotgan sharoit katta yutuq hisoblanadi.
Men shaxsan 30-aprel kuni boʻladigan referendumda faol qatnashaman va bu referendumga befarq emasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_haftaligi

📚Kitobsevar millat – ma’naviyat poydevori

Toshkent tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan joriy yil 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida III-Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o’tkazildi.

Haftalik davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar va kitob yarmarkalari tashkil qilindi.

Joriy yilning 14-aprel kuni esa Axborot kutubxona markazi xodimlari, Yoshlar Ishlari Agentligi tuman bo’limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent tumani bo’linmasi va Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida “Buyuk allomalar hamisha barhayot” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_seniki_meniki_bizniki_barchamizniki

🟢Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!

Qadrli Toshkent tumani aholisi, aziz yoshlar!

💫 Joriy yilning 16-aprel kuni “Konstitutsiya-seniki, meniki, bizniki, barchamizniki” shiori ostida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” mavzusidagi yoshlar festivali o’tkaziladi.

🌟Tadbir davomida sizlar uchun elimiz suygan san'atkorlar, xushovoz honandalar va estradamizning yorqin vakillari Farrux Komilov, Oybek va Nigora, "VIA Marokand" guruhi hamda Yorqinxo’ja Umarovlar jo’shqin, qaynoq va kutilgan qo’shiqlari bilan sahnamizda porlaydi.

🇺🇿Yoshlar Festivali munosabati bilan barcha yoshlarni tuman markazida joylashgan teleminora ostidagi jo’shqin va fayzli sahna oldiga chorlaymiz.

📍Demak barchangizni 16-aprel kuni soat 19:00 da bo’lib o’tadigan festivalda kutib qolamiz.

Keling, Yangi O’zbekiston Yoshlari Birlashaylik!

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

🔹 milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

🔹 milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

🔹 yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

🗓 2023-yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘langan holda raqamlashtiriladi.

👉Manba

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?

👉Batafsil

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

🚧Keles yoʻli taʼmirlanmoqda

Xabaringiz bor, 2023-yil 16-fevraldan ❗️Umumfoydalanuvdagi 4P4 Toshkent sh.- Keles sh.-Qazaqkensay q- M39 a/y (820km.) 0-12 km avtomobil yoʻlining PK 30+00 dan PK 42+00 gacha (Keles kichik bozoridan Keles sanatoriyasigacha) boʻlgan qismida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Sohibkor mahallasi hududidan boshlangan Keles yoʻli ko'chasining 1.1. кm qismida qurilish, yaʼni asfaltlashtirish ishlari boshlanishi tumanimizning 25dan ortiq mahalla fuqarolari uchun katta quvonch bagʻishlagan edi.

Biroq, bu xursandchiliklar uzoqqa choʻzilmadi. Sababi, yoʻlning eni 9 metrligicha loyihalashtirilishi bugungi va ertangi kunimizga javob bermasligi, tumanimiz ahlidan koʻplab murojaatlar tushishiga asos bo'ldi.

Sabri chidamagan Sohibkor mahalla fuqarolari Keles yo'li ko'chasi loyihasini 9 metrdan 12 metrgacha kengaytirish boʻyicha tuman hokimi Odilxon Rustamov va tuman kengashi deputati Mirislom Usmonovga murojaat qildilar.

Hokim fuqarolarning takliflarini joyiga chiqib oʻrganib, haqli talablarini ijobiy hal etdi. Yoʻlni 12 metrgacha kengaytirishga kelishildi.

Shu sababli, taʼmirtalab ko'chani foydalanishga topshirish ishlari choʻzilib ketdi.

Bugungi kunda 30 dan ortiq quruvchi 10 dan ortiq maxsus texnikalar shijoat bilan mehnat qilishmoqda.

Quruvchilar, nasib etsa, IYD RAMAZON Hayitiga yoʻlning bir tomonini, oy oxiriga yoʻlni toʻliq taʼmirlash ishlarini tugatish rejalashtirilganini bildirishdi.

Jamoatchilik nazorati guruhi rahbari, deputat M. Usmonov.

📹Barafsil videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Feruz Azimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi:

— Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida koʻplab yangi norma va qoidalar oʻz aksini topmoqda. Jumladan 98-moddada fuqarolar ham qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda. Bunda Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va koʻrib chiqish tartibi alohida qonun bilan belgilanmoqda. Konstitutsiya darajasida bunday qoidaning kiritilishi davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirishga va jamiyatni yanada demokratlashtirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, men bu oʻzgarishlarga befarq emasman!

@menbefarqemasman
#Iftorlik
#1_sektor

💫Bunyodkor mahallasida iftorlik dasturxoni yozildi

📍Toshkent tumani Bunyodkor mahallasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan tumandagi roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda mahallada istiqomat qiluvchi roʻzadorlar hamda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila aʼzolari ishtirok etdi.

Bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallada tashkil etilmoqda.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!

Qadrli Toshkent tumani aholisi, aziz yoshlar!

💫 Joriy yilning 16-aprel kuni “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” mavzusidagi yoshlar festivali o’tkaziladi.

🌟Tadbir davomida sizlar uchun elimiz suygan san'atkorlar, xushovoz honandalar va estradamizning yorqin vakillari Farrux Komilov, Oybek va Nigora, "VIA Marokand" guruhi hamda Yorqinxo’ja Umarovlar jo’shqin, qaynoq va kutilgan qo’shiqlari bilan sahnamizda porlaydi.

🇺🇿Yoshlar Festivali munosabati bilan barcha yoshlarni tuman markazida joylashgan teleminora ostidagi jo’shqin va fayzli sahna oldiga chorlaymiz.

📍Demak barchangizni 16-aprel kuni soat 19:00 da bo’lib o’tadigan festivalda kutib qolamiz.

Keling, Yangi O’zbekiston Yoshlari Birlashaylik!

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

Ayni damda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Ziyo" o‘quv markazi tomonidan sportning shaxmat turi rapid yo‘nalishi bo‘yicha hududdagi mahallalararo musobaqa o‘tkazilmoqda.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Dilorom Hamroyeva, maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyaning 50-moddasida maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Unda davlat maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun barcha choralarni koʻrishi, ayniqsa alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlganlar inklyuziv taʼlim bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilmoqda.
Bolajonlarimiz quvonchi, shodligi uchun biz referendumga befarq emasmiz, sizchi?

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM