Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#3_sektor
✅ Joylarda sumalak sayillari davom etmoqda
⚡️ Toshkent tumani 3-sektor hududidagi Hasanboy guzari mahallasida sumalak sayli o‘tkazildi.
🌱 Sumalak sayli katta doshqozon atrofida o‘yin-kulgu va xursandchilik bilan yuqori kayfiyatda o'tdi.
📹 Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#3_sektor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
👑 Jannat onalar oyog'i ostidadir
🦅 Toshkent tumani 5-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida ''Jannat onalar oyog‘i ostidadir'' deb nomlangan tadbir tashkil etildi .Tadbir maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan ''Zarb ''guruhi doirachi yigitlari tomonidan tantanali ravishda ochib berildi .Shuningdek tadbirga 33-sonli maktabdan iqtidorli o‘quvchilar tashrif buyurib o‘z san'atlarini milliy cholg‘ularda namoyish etdilar.
🌸 So‘ngra maktabning jajji boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat va quvonch ulashib onajonlar va buvijonlar haqida she'r va raqslar ijro etdilar.
🙂 Bayramni tashkillashtirgan 10-sinf o‘quvchilari va sinf rahbari Raimbekova Hilola tomonidan bayramga tashrif buyurgan onajonlarni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etilib barchaning qalbida onalarimizga bo‘lgan mehr va muhabbat tuyg‘ularni yanada jo‘sh urdi.
✅ Tadbirga tashrif buyurgan onaxonlar va buvijonlar o‘z farzandlari, nabiralarining ularga bo‘lgan dil izhoridan bahramand bo‘lib ko‘ngillari quvonchga, ko‘zlari yoshga to‘ldi .
🇺🇿 Tadbir so‘ngida maktabning namunali barchaga o‘rnak qizlarning onajonlariga tashakkurnomalar topshirildi.
📹 Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Seshanba – Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni. Bugun shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.
🔘Bekobod tumani. “Farhod” mahallasidan toʻrt nafar yoshga Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻqish xarajatlari qoplab berildi.
🔘Angren shahri. Sport musobaqalarining shahar bosqichi final oʻyinlarida “Taraqqiyot”, “Hakkarman-Yangi Jigariston”, “Samarchugʻ ” mahallalari yoshlari gʻolib boʻlishdi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi jamoasi va barcha yoshlar yetakchilari “Yashil makon” dasturi doirasida “Har bir yoshga — bir nihol” aksiyasida faol ishtirok etib, yetakchilik qilishmoqda.
🔘Chinoz tumani. Prokuror sektoriga qarashli “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi hamda mahalla raisining tashabbusi bilan Olimxon Aristanovga oʻzini-oʻzi band qilishi uchun motokultivator olib berildi.
🔘Toshkent tumani. 2-sektor xududi “Sirgʻali” mahallasidagi hokim yordamchisi harakati bilan oʻzini oʻzi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida tikuvchilik bilan shugʻilanmoqchi boʻlgan mehnatga layoqatli, ishsiz uy bekalari kredit mablagʻi xisobidan tikuv mashinalari bilan taʼminlandi.
🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligida sektor rahbarlari bilan yoshlarning navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana
💫 Ayol borki, olam munavvar
♻️ Ayollarning oila va turmushdagi oʻrni, roli va mavqeini yanada kuchaytirish, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalardagi faolligini oshirish masalasi davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
🟢 Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi Davlat xizmatchisi sifatida umrining 30-40 yilini oʻz sohasiga bagʻishlagan ayollar haqida turkum videolavhalar tayyorladi.
📹 Yuqoridagi videoda Toshkent tumani Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish Agentligi rahbari Raʼno Utegenova hayoti haqidagi kichik lavhani tomosha qilishingiz mumkin.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik
🟢 40 yillik umrini tibbiyotga bahshida qilgan ayol
✅ Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini yanada yuksaltirishga alohida eʼtibor berilgan. Ushbu vaziyatni hattoki, Davlat siyosati darajasiga ham koʻtarilganligiga guvoh boʻlib turibmiz. Sir emas, oʻtgan yillar ichida bu sohada talaygina yumushlar amalga oshirildi.
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni shu maqsadda qabul qilindi.
🔰 Xotin-qizlarga eʼtibor hamma vaqt barcha saʼy-harakatlarimiz markazida boʻlishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Oilaga eʼtibor aslida bu oʻzligimizga eʼtibordir.
✅ Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati tuman Markaziy shifoxonasida bemorlarni davolab, hayotini tibbiyot sohasiga baxshida qilgan Sariya Rashidova haqida videolavha tayyorladi.
💐 Bayramingiz muborak boʻlsin Aziz ayollar!
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov
💠 Bolajonlar tarbiyasi ishonchli qoʻllarda
🌼 Bugungi kunda jamiyatimizdagi mavjud muammoni, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul.
🌹 Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdan boshlanadi. Oiladagi oʻgʻil-qizlarimizning qanday insonlar boʻlib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bogʻliq.
💐 Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barakot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʻtabar onalarimiz, munis opa - singillarimizdir.
🌸 Oqila, goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Onani eʼzozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat. Ayollarni qancha ulugʻlasak, hayotimizning chirogʻi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz.
🟢 Shunday ekan, yana bir tabrik uchun soʻzni maktabgacha taʼlim sohasiga umrini baxshida qilgan Feruza Qodirovaga berdik.
📹 Batafsil yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yubiley
🟢 100 yoshni qarshilagan kayvoni onaxon
💫 Ayol deganda koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson hayot siri-asrorlari va saboqlarini, yaxshilik va ezguliklarni ana shu ulugʻ zotdan oʻrganadi. Ayollar azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol qalbi bahor gullariday nozik, quyoshning taftiday iliq.
💐 Ana shu buzilmas qonuniyatlarni inobatga olgan holda bugun, 8-mart-Xalqaro-xotin qizlar kunida 100 yoshni qarshilagan Halima aya Rahmatullayevaning shukrona kunlari keng nishonlandi.
✅ Toshkent tumani hokimning topshirigʻiga asosan tuman hokimligi vakillari, hokimning oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Qoraboyeva boshchiligida Halima aya xonadonida boʻlib, ularni tugʻilgan kunlari bilan tabrikladilar hamda eʼtibor va eʼzozda ekanliklarini bildirib, esdalik sovgʻalarini hadya qildilar.
✨ Halima Rahmatullayeva 3 oʻgʻil 3 qizning mehribon onasi, 20dan ortiq nabira 30 dan ortiq chevaralarning sevimli buvijonisidir.
💐 Hurmatli ayollar! Barchangizga Halima aya singari 100 yoshga kirib farzandlar qurshovida umrguzaronlik qilish nasib qilsin!
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Fakt #Iqtibos
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning xotin-qizlarga bayram tabrigidan iqtiboslar:
➖Taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlarning 21 nafari fan doktori, 47 nafar falsafa doktori, 24 nafari professor, 43 nafari dotsent ilmiy unvonlariga ega.
➖Siyosiy jarayonlarda faol boʻlgan ayollarimizdan 6 nafari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, 1 nafari Senator, 160 nafari Mahalliy Kengashlarning deputatlari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
➖Hozirgacha taʼsis etilgan davlat mukofotlari bilan viloyatimizdan 345 nafar ayollar taqdirlangan.
➖ Siyosiy partiyalardagi ayollar ulushi 75948 nafar (50,5 foiz)ni tashkil etadi.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning xotin-qizlarga bayram tabrigidan iqtiboslar:
➖Taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlarning 21 nafari fan doktori, 47 nafar falsafa doktori, 24 nafari professor, 43 nafari dotsent ilmiy unvonlariga ega.
➖Siyosiy jarayonlarda faol boʻlgan ayollarimizdan 6 nafari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, 1 nafari Senator, 160 nafari Mahalliy Kengashlarning deputatlari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
➖Hozirgacha taʼsis etilgan davlat mukofotlari bilan viloyatimizdan 345 nafar ayollar taqdirlangan.
➖ Siyosiy partiyalardagi ayollar ulushi 75948 nafar (50,5 foiz)ni tashkil etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#OAV_nigohida
📢 Toshkent tumani hokimligi tomonidan tashkil qilingan "Ayol borki, olam munavvar" mavzusidagi bayram tadbiri "Nurafshon TV" telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturida.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
🌱 Sumalak sayillari davom etmoqda
💫 Toshkent tumani 4-sektor hududidagi Beruniy mahallasida "Navro‘z" ayyomi oldidan sumalak sayli tashkil qilindi.
🟢 Beruniy mahallasi "Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida ishlar yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan mahallalardan. Bu yerda 2321 nafar aholi 507 ta xonadon mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 200 dan ortiq xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Aholidan tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.
✅ Shu bilan birga 7 ta bosh va 11 ta berk ko‘chalari mavjud bo‘lgan ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida sumalak sayillari tashkil qilinib yoshlarga urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni singdirish hamda kelajakka bo‘lgan umidlarini yanada oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom etmoqda.
📹 Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Ehtirom
💫 Sanoat mahallasi ayollariga ehtirom ko'rsatildi
🌺Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda. Jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi.
🌟Bugungi ayyom munosabati bilan Sanoat mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalladagi har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, ibratli onaxonlaru, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan oilalarning farzandlari yo‘qlandi.
♻️Donolar aytganidek, dunyoda ayol mehrining bahosini o‘lchaydigan mezon, tenglashtiradigan boylik yo‘q. Bu ayol degan ulug‘ xilqatda nozik taʼb, buyuk qalb, nazokatli ko‘ngil, betakror fidoyilik, ona jasorati mujassamligi natijasidir.
✨Mana shunday fazilatlar egasi bo‘lgan mahallamiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan taʼkidlab o‘tishimiz joiz.