Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aholi_murojaatlari

💬 Toshkent tumani 1-sektor shtabida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi

📌 Bugun Toshkent tumani hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov boshchiligida 1-sektor shtabida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi.

👉 Batafsil

Sayyor qabul jarayoni ushbu lavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Bilasizmi

"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 7-moddasiga asosan yoshga doir
pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

👉Batafsil

Dilshod Muhiddinov,
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Toshkent tuman bo’limi boshlig’i.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Yengil_sanoat

💠 "Bonito kids" bolalar uchun sifatli mahsulot yetkazmoqda

Toshkent tumanidagi "Oqibat" mahallasida joylashgan ishlab chiqarish obʼekti 17 ming kvadrat metr yer maydoniga ega boʻlib, bu yerda bir yarim mingdan ziyod ishchi xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

♻️ Bir necha yillik mashaqqatli va samarali mehnat davomida korxonada bolalar toʻqimachilik va trikotaj kiyimlarni tikishda muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bugun korxonada 5 milliondan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi.

Batafsil "Nurafshon TV" telekanalining "Reportaj" koʻrsatuvida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkaziladi.

🌐 Xoʻsh, bu qanday tashkilot va asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

Bu haqda ushbu videorolikda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Shavkat Mirziyoev Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi

Ushbu loyihaning qiymati 289 million dollardan ziyod. Shaharcha maydoni 100 gektar. Bu yerda 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#2_mavsum #viloyat_bosqichi

💠 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Toshkent tumani voleybol sport musobaqasining viloyat bosqichiga mezbonlik qildi

🏐 Bugun Toshkent tumanidagi Universal sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumi doirasida voleybol sport musobaqasining Toshkent viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.

♻️ Unda musobaqaning tuman va shahar bosqichlarida g`oliblikka erishgan 16-21, 22-26 yosh toifasidagi yoshlar jamoalari ishtirok etdi.

Jarayon ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #Murojaat

🔥 “Toshkenttumangaz”: Aholi murojaatlarini 24 soat qabul qilishga tayyormiz!

🔹 “Toshkenttumangaz” gaz ta`minoti bo`limi boshlig`i Xurshid Xamidullayev ishtirokida o`tkazilgan brifingda tumanda 2022-2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish borasida amalga oshirilgan ishlar bo`yicha axborot berildi.

📌 Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tumanimiz aholisi har kuni 24 soat “Toshkenttumangaz” gaz ta`minoti bo`limiga murojaat qilishlari mumkin.

📲 Rahbar bilan bog‘lanish: +99897 745-13-83.

📲 Dispetcher bilan bog‘lanish: +99870 202-67-57.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
⚡️Soʻrovnoma

Hurmatli fuqarolar! Joylarda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan shtablar faoliyati qoniqarlimi?
Anonymous Poll
33%
Ha
67%
Yo'q
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Statistika boshqarmasi. Joriy davrda viloyatda 6311 mlrd. soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 27,4 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

🔘Angren shahri. Angren shahar hokimi hududda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mahsulot turlari, hajmi va sifati bilan bogʻliq jarayonlarni koʻzdan kechirdi.

🔘Toshkent tumani. Tumandagi “Sarke” mahallasida yuqori quvvatli, zamonaviy ip yigirish zavodi ish boshladi.

🔘Ohangaron tumani. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahri va tumanidagi ishlab chiqarish obyektlarida boʻlib, tadbirkorlar, xorijlik hamkorlar bilan muloqot qildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumanda joriy yilda 61,7 gektar yer maydonida yetishtirilgan Indigofera oʻsimligi oʻrib olinib, kamyob boʻlgan tabiiy boʻyoq tayyorlanmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanning “Qoʻshtepa” mahallasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan muzlatgich omborxonasi loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi muvofiqlashtiruvida Parkent tumanida “Med torg invest” MChJ tomonidan “Meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash”loyihasi ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
10-11 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Туркий давлатлар ташкилотига аъзо мамлакатлар раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтади.

10-11 ноября в городе Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоится заседание глав стран-участниц Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚠️ IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

⚡️ Hurmatli fuqarolar, is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Investitsiya

🎥 Reportaj: Toshkent tumanida yangidan qad rostlagan ip yigirish zavodi faoliyatiga nazar

📌 Tumandagi Sarke mahallasida qad rostlagan “Uzyarn house textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati ip yigirish zavodiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son hamda 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son Qarorlariga asosan, “Tibbiy kalava ip yigirish va sochiq ishlab chiqarish” investitsiya dasturi ijrosi doirasida asos solingan bo’lib, loyiha qiymati 111,3 milliard so’mni tashkil etadi.

♻️ Bu yerga Germaniyaning “Truetzschler”, Shvetsariyaning “Sauer” hamda Turkiyaning “Temsan” kompaniyalari zamonaviy uskunalari keltirib o’rnatilgan.

Batafsil "Nurafshon TV" telekanalining "Reportaj" koʻrsatuvida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TurkiyDavlatlarTashkiloti2022

O‘zbekiston joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga ham tashkiliy, ham mazmun jihatidan puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tashkilot O‘zbekiston uchun savdo, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli platformasiga aylanishda katta salohiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TurkiyDavlatlarTashkiloti2022

📌 Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.

Ushbu oliy darajadagi tadbir 2021-yil Istanbul uchrashuvida Tashkilot nomi o‘zgargandan keyingi birinchi sammit hisoblanadi.

Tadbirda 5 ta a'zo mamlakat – O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda 2 ta kuzatuvchi – Turkmaniston va Vengriya mamlakatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashkilotga oid ma'lumotlar va unda O‘zbekistonning ishtiroki haqida batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti eksperti Laylo Toshpo’latova: Yashil energetika – Turkiy davlatlar tashkilotining mintaqa rivojlanishidagi hamkorligining yangi yo’nalishi

Jahon YaIM harid qobiliyatining 3%dan ortig’i to’g’ri keluvchi, umumiy hisobda taxminan 173 mln. aholi yashaydigan Turkiy davlatlar tashkilotining o’sib borayotgan iqtisodiy salohiyati tashkilotga a’zo davlatlarda energiya sarfining oshib borishiga olib kelmoqda. Jumladan, iqtisodiy o’sish “yashil iqtisodiyot” hisobiga amaga oshirilmoqda va bu ishlab chiqarish energiya harajatlarini kamaytirish va foydalaniladigan resurslarning qisqartirish orqali, aholi turmush sifatini yaxshilash hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo davlatlari qayta ishlanadigan energiya resurslarining katta salohiyatiga ega. Xalqaro energiya agentligining prognozlariga ko’ra, Turkiyada o’rnatilgan RES quvvati 2024-yilga borib 49 foizga oshishi aytilgan. Qozog’iston esa o’z navbatida RES quvvatini 2030-yilgacha 10 foizga, 2050-yilga borib esa 50% ga yetkazish rejasini qo’ygan. Ozarbayjon ham qayta tiklanadigan energiya quvvatini oshirish uchun bir qator loyihalar amalga oshirmoqda va bu turdagi energiya salohiyatini 2030-yilga borib 30%gacha ko’tarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

O’zbekistonda ham bu borada katta maqsadlar qo’yilgan va katta ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan 2026-yilda bu turdagi energiya quvvati salohiyatini 25% gacha oshirish rejalashtirilgan, bu ko’rsatkich o’z navbatida 11 ming MVtni tashkil qiladi.

Bu esa O’zbekistonga har yili taxminan 3 mlrd. kub m tabiiy gazni tejashga yordam beradi. Bu hajmni 1 mln. xonadoninng 1 yillik energiya sarfi bilan solishtirish mumkin.

Yaqinlashib kelatyogan TDT Sammitining mintaqadagi ahamiyatining oshib borishi tashkilotga a’zo davlatlar orasida "yashil iqtisodiyot" sohasida tajriba almashish maydoni vazifasini o’tashi mumkin, bu esa o’z navbatida energetika sohasida yangi loyihalar uchun tashkil qilish imkoniyati bo’lishi mumkinligini anglatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
JIDU professori E’tibor Sultanova: TDT turkiy halqlar madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirish, uning “yumshoq kuchi” ni mustahkamlash tarafdori, bu esa unga a’zo mamlakatlarda jiddiy qiziqish uyg’otmoqda

Madaniy-gumanitar yo’nalish Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari va xalqlarini birlashtiruvchi mustahkam poydevor hisoblanadi.
Turkiy Davlatlar Tashkilotining turkiy halqlar madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirish, uning “yumshoq kuchi”ni mustahkamlashga alohida intilishi TDTga a’zo mamlakatlar, xususan O’zbekistonda jiddiy qiziqish uyg’otmoqda. O’zbekistonning TDT davlatlari bilan aloqalari an’analar va madaniyatlarning umumiyligi, bir-birini qo’llab quvvatlash g’oyalari va o’zaro tushunishga asoslanadi.

Shunday qilib, 2021-yil iyun oyida Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan TDTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining oltinchi yig’ilishida Qo’qon shahri “Turk dunyosining sayyohlik poytaxti” deb e’lon qilindi, “Tabarruk ziyorat” loyihasi ishga tushirildi, 2022-yil iyun oyida esa “Qo’qon xonligining turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishdagi o’rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi, Turk dunyosida birdamlikni ta’minlashga qo’shgan hissasi uchun Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etildi va boshqa qator takliflar ko’rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#onlayn
#sayyor_qabul

Ayni daqiqalarda Yangiyo'l shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida fuqarolar murojaatlari boʻyicha sayyor qabul boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib boring:

📱Facebook ( https://fb.watch/gIwQkA5VFE/ )

🌐YouTube ( https://youtu.be/pFIvdqmeDM0)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬 Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga yetib keldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
«Туркий давлатлар ташкилоти саммити доирасида транспорт ҳамкорлиги соҳасидаги жуда муҳим ҳужжатлар – юкларни халқаро аралаш ташиш тўғрисидаги Битим ва транспорт соҳасидаги боғлиқлик Дастури имзоланади» — Норов.

———-

“Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida transport hamkorligi sohasidagi juda muhim hujjatlar – yuklarni xalqaro aralash tashish toʻgʻrisidagi Bitim va transport sohasidagi bogʻliqlik Dasturi imzolanadi” — Norov.

Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
«Туркий давлатлар ташкилоти саммити доирасида транспорт ҳамкорлиги соҳасидаги жуда муҳим ҳужжатлар – юкларни халқаро аралаш ташиш тўғрисидаги Битим ва транспорт соҳасидаги боғлиқлик Дастури имзоланади» — Норов. ———- “Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida…
«Бош мақсад – бизнинг қуруқлик ва денгиз портларимизни жаҳон бозорлари билан мустаҳкам боғлайдиган ягона транспорт маконини шакллантиришдан иборатдир.

Биргаликда Транскаспий “Ўрта йўлаги”ни келажакда Ташкилот давлатларининг ягона транспорт тизимига интеграциялашуви учун платформага айлантиришимиз мумкин», — ташқи ишлар вазири Владимир Норов.

———-

“Bosh maqsad – bizning quruqlik va dengiz portlarimizni jahon bozorlari bilan mustahkam bogʻlaydigan yagona transport makonini shakllantirishdan iboratdir.

Birgalikda Transkaspiy “Oʻrta yoʻlagi”ni kelajakda Tashkilot davlatlarining yagona transport tizimiga integratsiyalashuvi uchun platformaga aylantirishimiz mumkin”, — tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.

Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website