Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston, Termiz – Mozori-Sharif – Kobul –Peshovar yoʻnalishlari boʻylab temir yoʻllarning barpo etilishi va boshqa loyihalarning amalga oshirilishi umumiy turkiy transport makonining jozibadorligini kuchaytiradi”Norov.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
🇹🇷 Turkiya Prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun rafiqasi Emine Erdogʻan hamrohligida Samarqandga yetib keldi.

Mehmonlarni, odatdagidek, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi rasmiy shaxslar kutib oldilar.

Davlatimiz rahbari bugun Turkiya Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Ogohlantirish

⚠️ Is gazidan saqlanishning asosiy qoidasiga rioya eting!

❗️ Is gazidan saqlanish uchun birinchi navbatda isitish pechi va tutun chiqaruvchi dudburon soz bo’lishi kerak.

❄️ Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga bo’lgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart isitish moslamalaridan foydalanadi, har qanday yoqilg’i yongan vaqtda o’zidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosita xona ichida joylashgan isitish moslamalari soz holatda bo’lishi kerak.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
🔥 Elektr, gaz va suv bo‘yicha hisobingizni doimiy kuzatib turing!

🧮 Yil oxirlab boryapti. Kommunal xarajatlar sarhisobini qilib, oyiga qancha elektr, gaz va suv ishlatayotganimizni bilib qo‘yishning ayni mavridi.

👨‍💻 Bularning barini my.gov.uz orqali nazorat qilsa bo'ladi.

💡 Ya’ni:
my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish
yashayotgan xonadonimiz kadastr raqamini biriktirib qo‘yish kifoya.

🌎 Natijada my.gov.uz dagi “Shaxsiy kabinet”imiz orqali chiqindi, ichimlik suvi deysizmi, issiq suv, gaz va elektr energiyasimi – barchasini bir joydan, real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

🔥 Tabiy gaz bo‘yicha esa faqat yangi aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan xonadonlarning hisob raqamlarini kuzatish mumkin.

☎️ Xizmat bo‘yicha biror savol yuzaga kelsa, “1242” qisqa raqamiga 24/7 rejimida qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig’ilishi boshlandi. Tadbirdan avval ishtirokchilar birgalikda suratga tushdilar.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan yig’ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni - Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag’dod Amreyev ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
📄 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig’ilishidagi nutqi

〰️〰️〰️
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Организации тюркских государств

〰️〰️〰️
Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of State of the Organization of Turkic States

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

"Jahon xalqlari uchun do‘stlik va tinchlik timsoli, ilm-fan va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lgan Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e'lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga samimiy minnat-dorchilik bildiraman. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.”

Ana shunday bebaho merosni saqlab qolish, uni chuqur o‘rganib, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish barchamiz uchun eng asosiy vazifadir.”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

“Bugungi sammitning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, ko‘p mingyillik tariximiz davomida turkiy oilamiz mana shunday to‘liq shaklda yangilangan tashkilotimiz doirasida yig‘ilib turibdi.”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

“Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz.
Shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa'y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimdir.

Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz.

So‘nggi bir yil davomida Tashkilotimizga Turkiyaning raisligi chog‘ida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro hamkorligimiz yanada faollashganini alohida e'tirof etmoqchiman.”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar sammitidagi nutqidan:

“Mamlakatlarimizning o‘zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdomizning atigi 4 foizini tashkil etadi. Uning qolgani esa uchinchi davlatlar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Albatta, bunday holat hyech birimizni qoniqtirmaydi. Biz qo‘shma investitsiya fondini ishga tushirish taklifini ham to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bundan tashqari, davlatlarimiz orasida ayrim import bojxona tariflari yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu strategik yo‘nalishda vaziyatni tubdan o‘zgartirish, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta'minlash uchun, Tashkilotimiz doirasida “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi”ni barpo etish tashabbusini ilgari suramiz.”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar sammitidagi nutqidan:

“Biz Transkaspiy xalqaro koridori haqida ko‘p gapiryapmiz, ammo sezilarli natijalarga erishish uchun ancha ishlar qilishimiz kerak. Misol uchun: O‘zbekiston ushbu transport yo‘lagi orqali 10 foiz tashqi savdo yuklarini tashimoqda.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida yaqinda joriy etilgan avtotransport elektron ruxsatnomalari almashish tizimiga Tashkilotimiz davlatlarini ham qo‘shilishga chaqiramiz.”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website