📢 Xabaringiz bor, “Tashabbusli budjet” 2022 yil 2-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni yakunlanib, natijalarga ko‘ra mamlakatimiz bo‘ylab jami 1 ming 418 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan.
🔴 Ayni damda Toshkent tumani Majnuntol mahallasi, Qamarnisoga o‘tish ko‘chasi asfalt qilinmoqda.
✅ "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida Majnuntol mahallasi , Qamarniso 2 ko‘chasi, Elparvar 1,4,6,7 ko‘chalari, Sharofobod ko‘chasi jami Majnuntol mahallasining o'zida 3 ming 228 metr ichki ko‘chalar asfaltlashtiriladi.
TOSHKENT VILOYATIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN QURILISH ISHLARI HAJMI 7960,5 MILLIARD SO‘MGA YETDI
Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 7960,5 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,0 %ini tashkil etmoqda. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,3 %ni ko'rsatmoqda.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmini hududlar kesimida ko'rish mumkin.
Shu jumladan:
Zangiota tumanida 955,4 mlrd. so‘m;
Yuqori Chirchiq tumanida 730,2 mlrd. so‘m;
Qibray tumanida 661,3 mlrd. so‘m;
Toshkent tumanida 563,0 mlrd. so‘m;
Quyi Chirchiq tumanida 537,8 mlrd. so‘m;
Nurafshon shahrida 461,2 mlrd. so‘m;
O‘rta Chirchiq tumanida 425,2 mlrd. so‘m qayd etildi.
Toshkent tumanida har yili ijtimoiy soha obʼektlarini taʼmirlash, ularning tashqi va ichki holatini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Bundan asosiy maqsad aholi yashash sharoitini yaxshilash hamda fuqarolarning ijtimoiy hayotini yangi darajaga ko‘tarishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-son qarori doirasida mukammal taʼmirlanayotgan "Abdurahmonov" Oilaviy shifokorlik poliklinikasi ham ko‘p yillardan beri taʼmirga muhtoj obyektlardan bo‘lgan. 2024-yil investitsiya dasturiga kiritilgan ushbu poliklinika joriy yil may-iyun oylarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent tumani hokimi qurilish obyektlarini oʻrgandi
Sir emaski, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini taʼminlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik koʻlamlari tobora kengayib bormoqda.
Xususan, ana shu islohotlar samaradorligini oshirish va obyektlarni belgilangan vaqtda, talab darajasida topshirilishini nazorat qilish maqsadida tuman hokimi Odilxon Rustamov, tuman hokimligining bosh mutaxassisi B. Davlatov hamkorligida ijtimoiy soha obyektlari , tibbiyot muassasalari, maktablarda olib borilayotgan rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini tanqidiy oʻrganib oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Kuni kecha, Toshkent tumanidagi investitsiya obʼektlarida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari "qurilish shtabi" tomonidan o‘rganildi.
Xususan, shtab vakillari boshchiligida Ozodlik mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali xonadonlarga xizmat ko‘rsatuvchi qozonxonadagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Obyekt investitsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, zamonaviy rekonstruksiyaga tushgan va bunda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan holda iqtisod qilinadigan elektroenergiya va tabiiy gazdan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Qozonxonadagi rekonstruksiya ishlari yakuniga yetish arafasida va shu munosabat bilan obyektdagi qurilish ishlari shtab vakillari tomonidan o‘rganildi.
Ishchi guruhi aʼzolari qurilish obyektini oʻrgandilar
Bugun, Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari Toshkent tumani Bogʻizilol mahallasi hududidagi 4-umumtaʼlim maktabida qurilayotgan sport majmuasi holatini oʻrgandilar.
Sport majmuasini 30-iyun Yoshlar kuniga topshirish rejalashtirilgan. Obyekt foydalanishga topshirilganidan soʻng, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar yozgi taʼtil vaqtida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratish koʻzda tutilgan.
Obyektda qurilish ishlarini yakuniga yetkazish jarayoni ketmoqda va ishchi guruh aʼzolari yangi sport majmuasini belgilangan muddatda topshirish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdilar.
Bugungi kunda Toshkent tumanida jami 123 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 39 tasi davlat, 23 tasi xususiy, 60 tasi oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga to'g'ri keladi.
Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 14 ming 889 nafarni tashkil qilib, ularning 10 ming 026 nafari (72.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. 7 ming619 nafari davlat (67,7%), 564 nafari xususiy (25,28%), 2 ming154 nafari oilaviy-nodavlat (87,08%) MTTlarda tarbiyalanmoqda.
Oʻtgan yili 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 68.5 foizdan 72.7 foizga (+5 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binolari foydalanishga topshirildi. 2 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining umumiy quvvat koʻrsatkichi 9 ming338 oʻrindan, 10 ming707 oʻringa yetdi.
Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 25-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirilganidan soʻng tumanda maktabgacha ta'lim qamrovi darajasi yana oshiriladi.
Maktabgacha taʼlim olish sharoitini yaxshilash maqsadida...
Xabaringiz bor, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi qurilish ishlarini nazorat qilish maqsadida, qurilayotgan taʼlim maskanlaridagi jarayonlarni shaxsan joyiga chiqib oʻrganmoqda.
Xususan bugun, tuman hokimi Qirariq mahallasida qurilayotgan yangi maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
25-Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi 1940-yilda qurilgan boʻlib, 140 oʻringa moʻljallangan boʻlgan va unda 255 nafar bola taʼlim-tarbiya olib kelgan. Hozirda esa homiylik asosida ushbu bogʻcha 360 oʻrinli maktabgacha taʼlim maskani sifatida qaytadan qad rostlamoqda.
Tuman hokimi qurilish obyektini oʻrganar ekan, mavjud muammolar, zarur yordamlar bilan qiziqdi hamda maktabgacha taʼlim muassasasini foydalanishga topshirilishi muddati haqida maʼlumot oldi.
Homiylik asosida qurilayotgan ushbu maskan, joriy yil mart oyida topshirilishi koʻzda tutilgan va buning natijasida Qirariq va Qorasaroy mahallasida yashovchi bolajonlarni qamrab olish rejalashtirilgan.