Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18.1K photos
4.23K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

⚡️Hududlarda 24-oktabr sanasidan boshlab issiqxonalar tabiiy gaz taʼminotidan uzib qoʻyilgan edi.

♻️Holat keng jamoatchilikning, xususan, tadbirkorlarning eʼtirozlariga sabab boʻlganidan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga koʻra, issiqxonalar qaytadan tarmoqqa ulanmoqda.

Hozirda Toshkent tumanida joylashgan 9 ta issiqxona tabiiy gazga qayta ulangan.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#murojaat_va_yechim

⁉️Murojaatlarga yechim izlanmoqda

💬Kuni kecha Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi, tuman hokimi o‘rinbosari Sardor Mirsagatov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi mutasaddilari bilan uchrashdilar.

💯Uchrashuvda aholining talab va istaklarini qondirish, jumladan jamoat transporti qatnovini tartibga solish masalasi muhokama qilindi.

🆕Xususan, Toshkent tumani bo‘ylab - "G‘isht ko‘prik - Chorsu", "Chuvalachi - Chorsu", "Oltin tepa - Chorsu", 476 - marshrutini Chorsuga qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda 465-"Oltintepa-M. Fozilov-Chorsu va 160-"M.Fozilov-Chorsu" marshrutlarini qayta tiklash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

📢Muhokama davomida barcha taklif va talablar tinglanib, tez orada ushbu masalani ijobiy hal etishga kelishib olindi.

📎Maʼlumot uchun: Joriy yil 7 va 9 yanvar kunlari Transport vazirligining boshqarma boshlig‘i, viloyat avtotransport bo‘limi rahbariyati, departament mutasaddilari bilan tuman kengashining deputatlari joylarga chiqib, jamoat transportlari holatini o‘rgangan edilar.

Toshkent tumani kengashi deputati Mirislom Usmonov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

💬Ijtimoiy tarmoq orqali viloyat hokimiga yo‘llangan murojaat natijasi

🌍Toshkent viloyati hokimligining Instagram ijtimoiy tarmog‘iga yo‘llangan murojaat yuzasidan Toshkent tumani hokimligi mutasaddilari Uch sada mahallasi raisi bilan birgalikda murojaat yo‘llagan fuqaro xonadonida bo‘ldilar.

Murojaatchi ayol, joriy yil 14-yanvar kuni xonadoniga gaz-balon yetkazilganligini va keyingi safar har qanday muammoni avvalo mahalla raisi orqali hal qilishini bildirdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

Viloyat hokimiga yo‘llangan
murojaat o'rganildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali foydalanuvchi Murodjon Odilov murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Fuqaro Murodjon Odilovning talabiga ko‘ra Toshkent tumani A. Navoiy mahallasi,  Boytepa 4-tor ko‘chasidagi mavjud xonadonlar o‘rganildi. Ularda noqonuniy qurilmalar aniqlanmadi.  Elektr o‘chganda gazning ko‘payishi o‘rnatilayotgan zamonaviy elektr toki orqali ishlaydigan gaz pechlarning o‘chishi hisobiga bo‘layotgani ma'lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonlari fotosuratlarda
.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

Murojaatlar nazoratda

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali foydalanuvchi Xayrulloh Xayrullaev tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Fuqaro Xayrulloh Xayrullaev ismli shaxs  Toshkent tumani Tinchlik mahallasi Gunafsha ko‘chasida istiqomat qilmasligi aniqlandi.

Murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganildi va gaz bosimi past bo‘lgan xonadon egalariga gaz-balon tarqatildi.

📎Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Murojaat_va_yechim

Navro‘zga tuhfa

Joriy yil 20 - mart kuni Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlarining sa'y-harakatlari bilan "G‘isht ko‘prik - Shaxriston”yo‘nalishidagi 169-raqamli jamoat avtotransporti ish boshladi.

Bu bilan aholining ko‘plab murojaatlari va iltimosi qondirilib, minglab fuqarolarimizning dolzarb muammosi hal etildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

💫Sayyor qabuldan soʻng...

♻️Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Dilshod Mirzamamedov kuni kecha Tinchlik mahallasida sayyor qabul oʻtkazgan edi.

Sayyor qabul vaqtida tushgan murojaatlarning birida mahalladagi oqava suv yoʻlini ochib berish soʻralgan boʻlib, shikoyatni ijobiy hal qilish maqsadida aholining talab va istaklari qondirildi. Xususan, sektor rahbari saʼy-harakatlari bilan muammo qisqa muddatda bartaraf qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Aholi murojaatlari ijobiy
yechim topdi

Toshkent tumani 3-sektor rahbari tashabbusi bilan sektor hududidagi Qorasaroy mahallasi Farovonlik ko‘chasidagi 25 ta xonadonga yangi elektr transformatori keltirilib, beton ustunlar o‘rnatilmoqda.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat_va_yechim

Tuman hokimi vaʼdasi bajarildi


Joriy yil oktabr oyida Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov A.Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalladagi beshlik faoliyatini o‘rgangan edi.

O‘rganishdan so‘ng mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning talab va istaklarini tinglagan tuman hokimi yoshlarning murojaatlarini ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotga topshiriq bergan edi.

Kuni kecha esa Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi A. Ismoilov va N. Abduvoxobovaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, yoshlar muammolari ijobiy hal qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Yana bir ayolning murojaati ijobiy hal etildi

Toshkent tumani Iftixor mahallasida yashovchi Viloyat Rasulova Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva boshchiligida o‘tkazilgan sayyor qabulda subsidiya asosida tikuv mashinasini olib borish bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari Lola Qoraboyeva, xotin-qizlar faoli bilan birgalikda V.Rasulova xonadonida bo‘lib, unga tikuv mashinasini topshirdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website