Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Topshiriq_va_ijro
Migrantlarni Vatanga qaytarish choralari koʻrilmoqda
Ayni damda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev hamda tuman prokurori Sanjar Salixov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan kuni kecha oʻtkazilgan yigʻilishda bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida migrantlar bilan shaxsan suhbatlashmoqdalar.
Bugun, sektor rahbarlari bilan Toshkent tumani Chuvalachi hududining Shirin, Gultepa, Istiqbol va Chuvalachi mahallarida doimiy roʻyxatda turuvchi 20ga yaqin fuqarolar suhbatlashadilar.
Suhbat natijasida Davlat rahbari topshirigʻiga koʻra, chet elda daromad olishda qiynalayotgan va sarson boʻlayotgan fuqarolarni Vatanga qaytarish maqsad qilingan. Onlayn uchrashuvda tegishli mahallalar yettiligi ham ishtirok etmoqda.
📹Jarayon videolavhada.
✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

#Toshkent_tumani
⁉️Tuman hokimiga biriktirilgan oilalarning yashash sharoiti oʻzgarayaptimi?
🟢Xabaringiz bor, Davlat rahbari tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
👉To'liq o`qish
📹Batafsil videolavhada.

Kambagʻallikdan farovonlik sari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-330-son, qaroriga asosan Toshkent tumanida har bir korxona-tashkilot rahbari oʻziga biriktirilgan oilalar bilan muntazam ravishda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Xususan kuni kecha, Toshkent tumani Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻiga biriktirilgan oila bekasi S.R. tuman Tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Farzandi S.M. esa shaxmat toʻgaragiga jalb etildi va unga shaxmat doskasi sovgʻa qilindi.
📹Jarayon fotolavhalarda.

Kambagʻallikdan farovonlik sari tamoyili amalda
Hammamizga maʼlumki, soʻnggi yillarda yurtimizda kambagʻallik bilan kurashish mamlakat siyosati ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Ayniqsa, Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashriflari chogʻida bu masalaga yanada jiddiylik bilan qarash kerakligi va kambagʻallikdan farovonlik sari yurish ustuvor vazifa ekanligini yana bir karra oʻz isbotini topdi.
Sababi, Toshkent viloyatiga boʻlgan tashrif yakuni boʻyicha boʻlib oʻtgan uchrashuvda, qolaversa kuni kecha Navoiy viloyatida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Prezident aynan har bir rahbar pasga tushib, kambagʻallikdan farovonlikka tamoyilini amalda bajarishi kerakligini koʻp marotaba taʼkidladilar.
Ana shu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir nechta oila sharoitini xonadonbay yurib oʻrgandi.
Oʻrganish davomida ular bilan suhbat oʻtkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolarni shaxsan oʻrgandi.
📹 Jarayon videolavhada
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Topshiriq_va_ijro
Topshiriqlar egalariga yetkazildi
Toshkent tumani hokimi boshchiligida qishloq xoʻjaligidagi muammolar va "Yashil makon" aksiyasi ijrosi yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.
Kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.
Unda fermerlarga tadbirkorlar reytingini hisoblashda qoʻshimcha ball berilishi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul taqdim qilinishi. Fermerlarga barcha yerlari uchun yer soligʻini ikki yilga boʻlib toʻlashga ruxsat berilishi singari imtiyozlar maʼlum qilinib, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 million soʻmgacha boʻlgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratilishi, dala cheti hisobi, nima mahsulot yetishtirilgani va qancha mahsulot olingani “e-Fito” portali orqali nazorat qilib borilishi bildirildi.
Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy harakati ijrosi yuzasidan fermer xoʻjaliklariga berilayotgan imtiyozlar eʼlon qilingan edi.
Shu munosabat bilan, bugun Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashib, topshiriq ijrosini taʼminlash muddatlari haqida kelishib oldi.
📹 Jarayon video va fotolavhalarda.

Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligi va boshqa sektor rahbarlari hamkorligida tumandagi 70 ta mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Xususan yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Shu jumladan tomorqa va uylar oldi, mahalladagi koʻchalar boʻyi, dala cheti va kanallar atrofida oziq-ovqat mahsulotlari va daraxtlar ekish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari koʻrib chiqildi.
Mahalla yettiligiga topshiriqlar berilib, aholisi oʻz tomorqasidan samarali foydalangan mahalla yettiligini ragʻbatlantirish, aksincha topshiriq ijrosini bajarmagan mahalla yettiligiga qonun doirasida jazo choralarini qoʻllashni yoʻlga qoʻyish haqida soʻz yuritildi.
📹 Batafsil video va fotolavhalarda.

Aholi murojaatlari eʼtiborda
Bugungi kunda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashevga telegram va instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda va ular tuman hokimi eʼtiboridan chetda qolmasdan, birin-ketin hal qilinmoqda.
Xususan bugun, Toshkent tumani Zaxariq mahallasi Shifokor koʻchasi fuqarolarining murojaati ijobiy hal qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari evaziga (ABR loyihasi doirasida) tortilgan suv tarmoqlari joylashib, ishga tushgunga qadar talab etiladigan vaqt oraligʻida aholi loy koʻchalarda yurmasligi uchun, Toshkent tumani suv taʼminoti boʻlimi tomonidan Shifokorlar koʻchasiga shagʻal toʻkilib, asfalt qilingunga qadar oz boʻlsada qulaylik yaratish choralari koʻrildi.
📸 Jarayon fotolavhada.

Qoraboʻrik va natijalar
Toshkent tumani Qoraboʻrik mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabuldan koʻpchilik xabardor.
Unda mahalla yettiligi hisoboti eshitilib, soʻng aholining eʼtirozlari tinglangan edi. Shuningdek tuman hokimining topshirigʻiga asosan ushbu mahallada aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun barcha zaruriy choralar koʻrishga vaʼda berilgani barchaga maʼlum.
Hozirgi kunda Qoraboʻrik mahallasida tuman hokimiga yoʻllangan murojaatlar bosqichma-bosqich oʻz yechimini topmoqda.
Jumladan, koʻchalar obodonlashtirilib, koʻcha yoritgichlari oʻrnatildi. Eski yogʻoch stolbalar olinib, yangi beton stolbalar oʻrnatilmoqda. Transformator taʼmirlandi. Undan tashqari toza ichimlik suvi yetib bormagan mahallalarga suv yetkazib berilmoqda.
Qoraboʻrikda amalga oshirilayotgan ishlar hokim nazoratida va biz mahalladagi yangiliklar haqida Sizlarni boxabar qilib turamiz.
📸 Jarayonlar fotolavhalarda.

Dala madaniyati-fermer daromadi
Dehqonchilik madaniyati bir tomondan, fermer xoʻjaliklarida dehqonchilik yuritish darajasi va sifatini bildirsa, ikkinchidan, fermerlar va agronomlarning dehqonchilikka oid bilim va tajribalari, ularni qoʻllash mahorati, malakasi hamda bu yoʻnalishda nafaqat fermerlar, agronomlar, balki barcha qishloq xoʻjalik xodimlari va mutaxassislarining vazifalari, majburiyatlarini ifodalaydi.
Aynan shu vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi topshiriqlarni bajarish maqsadida, bugun Toshkent tumanidagi har bir fermer xoʻjaligi hududida agrotexnik tadbirlar bajarilmoqda.
Bu ishlarda, nafaqat fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari, balki Toshkent tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimlari ham ishtirok etmoqdalar.
📹 Batafsil videolavhada.

Obodlik koʻngildan boshlanadi
Xabaringiz bor kecha, tuman hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullarga Iftixor va Sohibkor mahallalariga qarashli boʻlgan yoʻllarni, koʻprik tagi va atroflarini obodonlashtirish boʻyicha bir qator topshiriqlar bergan edi. Bugun erta tongdan, hududda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Obodlik koʻngildan boshlanadi, deydi dono xalqimiz. Albatta, koʻngil toza boʻlsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va koʻrkamlikni xohlaydi. Bunday ishlarni amalga oshirilayotganligi albatta quvonarli, agar barchamiz birgalikda mehnat qilsak, tozalik, ozodalikni turmush tarzimizga aylantirsak, hayotimiz yanada goʻzal va farovon boʻladi.
Har kuni ishga, oʻqishga yoʻl olar ekanmiz oyoq ostida boʻsh plastik shisha, sigareta, pista poʻchoq qoldiqlari, muzqaymoq qogʻozlari va shu kabi narsalarga koʻzimiz tushadi. Tan olish kerak, koʻpda chiqindilar har joyga tashlab ketiladi. Shuning uchun ham fuqarolarda tozalash-obodonlashtirish ishlariga, ozodalikka, saranjom-sarishtalikka, soha fidoyilarining mehnatiga va yaratilgan sharoitlarga hurmat, daxldorlik hisini uygʻotish zarur.
Aslida shu joylarning shu koʻrinishga kelishiga oʻzimiz sababchi emasmizmi? Bugun har birimiz jamoatchi, har birimiz bir muammoni koʻtarguvchimiz. Biroq, chiqindini koʻcha chetlariga, ariq va zovur boʻylariga tashlab ketayotgan odamlarni bu ishni qilmaslikga chaqirish ham daxldorlik hisiga kirishini unutib qoʻyayotgandaymiz goʻyo.
Toshkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga va oʻz farzandiga jamoat joylarga chiqindi tashlamaslikga oʻrgatayotgan ota-onalarga rahmat.
📸 Jarayon fotolavlavhalarda.