#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️"Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🗒Qonunga ko'ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko'rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
✅Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko'rsatiladi.
📃Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog'lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi.
📝Shaxs psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o'z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.
📖Psixologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
❗️Shaxsning psixologik yordam ko'rsatilishini so'rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar va psixologik yordam ko'rsatish chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
⚖️Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
👉 Manba
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilindi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-993-son, 07.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to'lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
🔰Qonun bilan ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish bo'yicha sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati belgilandi.
✅Shuningdek, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to'liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

❗️“Qishloq xo'jaligi kooperativi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-995-son, 08.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qonun qishloq xo'jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🗒Qonunga ko'ra, qishloq xo'jaligi kooperativi – qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.
✅Kooperativ qishloq xo'jaligi sohasida xizmatlar ko'rsatish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizasiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish huquqiga ega.
📃16 yoshga to'lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a'zolari bo'lishi mumkin.
📝Kooperativ a'zolarining reestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a'zosi to'g'risida tegishli ma'lumotlar ko'rsatiladi.
⛔️Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
📌Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi
Manba: VMQ-691-son, 21.10.2024 y.

❗️ “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi
“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi
🔰 Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
⚡️Qarorga ko'ra, 2025-yil:
➖1-martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;
➖1-iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
➖1-mayga qadar maktab sport klublari a'zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o'quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;
➖1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
🗓2025/2026-o'quv yilidan boshlab:
🔹5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun o'quv-metodik qo'llanmalar ishlab chiqiladi;
🔹har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi;
🔹har yili an'anaviy tarzda maktablar o'quvchilari o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

❗️Amaldagi Hukumat o'z faoliyatini davom ettirib turadi
“Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini davom ettirib turish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-189-son, 19.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi munosabati bilan amaldagi O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o'z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.
📌Farmon rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

❗️Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi
🔰Farmon bilan 2025 yil 1 martdan boshlab yolg'iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to'lguniga qadar maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so'mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi. (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi)
✅2025 yil 1 fevraldan boshlab:
➖oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to'liq oila bo'lishi talabi bekor qilinadi;
➖30 yoshga to'lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;
➖yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning yashash xarajatlari, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun ajratiladigan mablag'lar tarbiyalanuvchilar umumiy o'rta, o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim muassasalarini tamomlaguniga qadar beriladi.
⚖️Farmon bilan “Inson” markazlari bolaning sog'lig'ini tiklash va reabilitasiyasi uchun qo'shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish bo'yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod etildi.
📃Endilikda aliment to'layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qat'i nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning to'liq ta'minotida bo'lgan voyaga yetmagan bolaga to'lanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment to'lashdan ozod qilinmaydi.
🎓Oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.

❗️"Vatandosh kartasi"ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi
Prezident Qarori (PQ-397-son, 20.11.2024 y.) bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi
🔰 Nizom bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.
✅"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag'batlantirish shakli bo'lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do'stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
➡️Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo'yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko'rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.
🔖"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;
⚡️Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
➖O'zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
➖mamlakat hududida ko'chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko'chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
➖xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug'ullanish;
➖O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
❗️Karta egalarining oila a'zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹amaldagi viza muddatini uzaytirishda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko'p martalik viza olish;
🔹O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

❗️Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:
➖jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;
➖“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
🗓Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o'rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
✅Xavf darajasi past bo'lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilmaydi.
❌2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi:
➖fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
➖majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
➖xodimlar sonini yashirish.
❗️2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassasiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.
⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.
➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo'lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so'ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

❗️Respublikada bo'lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro'yxati shakllantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-998-son, 15.11.2024 y.) bilan «O'zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqiy holati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰Qonun bilan O'zbekiston xalqining sha'nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning «O'zbekiston Respublikasida bo'lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ro'yxati»ga kiritilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
❗️Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni Ro'yxatga kiritish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.
📕 Ro'yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yo'l qo'yilmaydi.
📝Ro'yxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan e'tiboran o'n kun ichida ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak.
⚖️Agar Ro'yxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs ko'rsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportasiya qilinadi.

❗️Faol nuroniylar har oy rag'batlantiriladi
“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi
🔰Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan obro'-e'tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag'al oilaga biriktiriladi.
📝Oilalarni kambag'allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo'nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo'lib to'lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
➖oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta'lim muassasalarida o'qiyotgan farzandlarini o'quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta'minlash;
➖piyoda yurish madaniyatini targ'ib qilish;
➖keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish.
✅Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag'batlantirib boriladi.
❗️Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so'm miqdorida mablag' ajratiladi.

❗️Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1007-son, 27.11.2024 y.) bilan Bitim ratifikatsiya qilindi
🔰 Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o'rtasida maxfiy axborotni o'zaro himoya qilish to'g'risidagi Bitim (Sian, 2023 yil 18 may) ratifikatsiya qilindi.

❗️“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi
🔰 Qarorga ko'ra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.
🔘 Bunda:
🔹 “Mahalla yettiligi” a'zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari o'tkazish yo'lga qo'yiladi;
🔹“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
✔️ Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi beriladi.
🗓 2026-yil yakunigacha O'zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
📌 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida O'zbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:
🔹Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1008-son, 29.11.2024 y.);
🔹Qishloq xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi ➖ Manba: (PQ-413-son, 02.12.2024 y.);
🔹Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi ➖ Manba: (PF-201-son, 02.12.2024 y.);
🔹Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qo'llab-quvvatlanadi ➖ Manba: (PQ-417-son, 03.12.2024 y.);
🔹Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta'sis etiladi ➖ Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);
🔹“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi ➖ Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);
🔹Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlash tizimi takomillashtiriladi ➖ Manba: (PQ-408-son, 29.12.2024 y.);
🔹Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1009-son, 04.12.2024 y.);
🔹Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.);
🔹Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi ➖ Manba: (PQ-421-son, 04.12.2024 y.);
🔹Qishloq xo'jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-420-son, 04.12.2024 y.)

❗️Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan:
🔹sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
🔹sport maktablarida ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
🔹har bir ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta'lim muassasalari biriktiriladi;
🔹ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner o'ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazib borishga mas'ul hisoblanadi.
✅ 2025/2026-o'quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:
➖sport turlari bo'yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;
➖mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo'yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo'naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
➖mahorat maktablari o'quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko'p bo'lmagan miqdorda 7–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi;
➖mahorat maktablari o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi;
➖mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to'lovi undirilmaydi.

🔰Farmonga muvofiq, hokimliklarga quyidagi vakolatlar beriladi:
🗓 2025-yil 1-martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko'chmas mulk obyektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o'rinlari yaratish sharti bilan:
🔹 tadbirkorlarga to'g'ridan-to'g'ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to'lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotish;
🔹xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o'qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to'lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.
🏢 Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yo'nalishlarda ma'muriy vakolatlar beriladi:
▪️ davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar o'rtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;
▪️ 2025-yil 1-yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo'limlari rahbarlarini mas'ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas'ullarga rag'batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko'rish;
▪️ 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan ro'yxat bo'yicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.

❗️2025-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
“2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1011-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Unga ko'ra, Qonun 2025-yil uchun O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
✅ 2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
🚫 Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o'tkazilmaydi.
✳️ 2025-yil uchun O'zbekiston konsolidasiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
🗓 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
🔹mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to'lovining eng kam stavkalari;
🔹tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlarning cheklangan stavkalari;
🔹chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imlarning stavkalari.
📌Qonun 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.