Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish
#Taʼlim
#Shukronalik

Maktabgacha
taʼlim qamrovi oshiriladi

Bugungi kunda Toshkent tumanida jami 123 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 39 tasi davlat, 23 tasi xususiy, 60 tasi oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga to'g'ri keladi.

Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 14 ming 889 nafarni tashkil qilib, ularning 10 ming 026 nafari (72.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. 7 ming 619 nafari davlat (67,7%), 564 nafari xususiy (25,28%), 2 ming 154 nafari oilaviy-nodavlat (87,08%) MTTlarda tarbiyalanmoqda.

Oʻtgan yili 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 68.5 foizdan 72.7 foizga (+5 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binolari foydalanishga topshirildi. 2 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining umumiy quvvat koʻrsatkichi 9 ming 338 oʻrindan, 10 ming 707 oʻringa yetdi.

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 25-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirilganidan soʻng tumanda maktabgacha ta'lim qamrovi darajasi yana oshiriladi.

📹Batafsil intervyuda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar


Toshkent tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Singapurning xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglariga start berildi.

Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida hududlardan saralab olingan trenerlar uchun treninglar tashkil etildi.

Mazkur treninglarda tayyorlangan trenerlar yordamida hududlarda maktab direktorlarini kaskad usulida oʻqitishni tashkil etish rejalashtirilgan.

14-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan trening jarayonlariga 25 nafar direktorlar, 31 nafar matematika fani va 31 nafar tabiiy ( Science ) fan yetakchi oʻqituvchilari qamrab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Hashar

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi va uning tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari umumtaʼlim maktablari "Mahalla obod-yurt obod" umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida taʼlim muassasalarida boʻyoqlash, tozalash va obodonlashtirish ishlarini olib borilmoqda.

🤩 "Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ishga joylashtirish choralari koʻrilmoqda.

📹Batafsil 14-umumtaʼlim maktabi direktori Sherali Yandashev intervyusida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

🟢MAKTABGACHA TAʼLIMDA KASBGA YOʻNALTIRISH

⚡️Buguni kunda farzandlarimizni bolalikdanoq oʻzlari qiziqqan kasblarga yoʻnaltirish va ularni puxta egallashlari uchun hukumat darajasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Odatda yuqori sinf oʻquvchilari doirasida qilinayotgan ushbu ishlar, viloyatimizdagi maktabgacha taʼlim tizimida ham yoʻlga qoʻyilgan.

Ayniqsa, Toshkent tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolajonlarning dastlabki qiziqishlari oʻrganilib, ular bilan turli tartibda amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Xuddi shunday mashgʻulotlar tumandagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida keng yoʻlga qoʻyilgan. Bugun muassasada "Kasb egallash" boʻyicha ochiq mashgʻulotlar oʻtkazildi. Kichkintoylar kichik chevar, kichik arxitektor, kichkina rassom boʻlib, oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Ijodkor yoshlar
taʼlim yoʻlagini barpo qildilar

Toshkent tumani Barkamol avlod bolalar maktabi oʻquvchilari oʻz ijod namunalarini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga olib kiruvchi yoʻlakdagi devorda aks ettirdilar.

Tasviriy sanʼat oʻqituvchilari va oʻquvchilarining sanʼat asarlari "Taʼlim devori"da muhrlanib qoldi.

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullayeva tashabbusi bilan chizilgan ushbu ijod namunalarida tinch yurtning obod koʻchalari, baxtli bolalikning unutilmas xotiralari oʻz aksini topgan.

Bu singari oʻziga xos chellenj, bolalarga nafaqat oʻz hunarlarini namoyish etishga sharoit yaratdi, balki oʻquvchilar oʻrtasidagi ahillik rishtalarini mustahkamlashga hamda ustoz-shogird anʼanalarini barqarorlashtirishga zamin yaratdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Ustozlarga bagʻishlov


Toshkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bagʻishlab guruhlar oʻrtasida "Osh musobaqasi" oʻtkazildi.

Musobaqada taʼlim muassasasining guruhlari ishtirok etishdi. Barcha guruhlar bayram dasturxoni tuzatishdi va qozonlarda oshlar damlandi.

Jyuri aʼzolari tomonidan tayyorlangan oshlarga baho berildi.
1-oʻrinni RA 4-23 guruhiga, 2-oʻrinni AT 3-24 guruhiga, 3-oʻrinni AT 1-24 guruhlari egallashdi. Gʻolib boʻlgan guruhlar taʼlim muassasasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim_va_sport

Gimnastikaga ilk qadam

Bugun, Toshkent tumanidagi maktabgacha
taʼlim tashkilotida "Gimnastikaga ilk qadam" sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningi PQ-449-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda gimnastika sport turi ommaviyligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar.

Bellashuvda, 1-oʻrin 27-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2-oʻrin 4-12-maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 3-oʻrin 6-maktabgacha taʼlim tashkilotiga nasib etdi. Gʻoliblar tuman MMTBning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Xitoy tajribasi Toshkent tumanida


Joriy yil 1-7-noyabr kunlari Chjeszyan viloyati, Xusjou shahri, Anji tumanida tashkil etilgan va amalga oshirilgan “2024 Anji Play xalqaro konferensiyasi”da Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan edi.


Natijada Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi "Anji Play” oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum Oʻzbekistonda “Anji Play”ni amalga oshirish, maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va innovatsiyalarga koʻmaklashish, uning sifatini oshirish va ikki tomonlama taʼlim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha hamkorlik asoslarini yaratishga qaratilgan. Bir-birini toʻldiruvchi afzalliklar, umumiy resurslar, chuqur hamkorlik va oʻzaro rivojlanish tamoyillari ushbu sheriklik doirasidagi barcha faoliyatni boshqaradi.

Joriy yilning 19-noyabr kuni esa Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari uchun oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullayeva pedagoglarga “Anji Play” tajribasi “Oʻquv dasturlari bolalarning yosh xususiyatlarini, rivojlanish bosqichlarini hisobga olishi, zamonaviy oʻquv texnologiyalari va oʻyin usullari bilan bolalarning oʻrganish jarayoniga qiziqishini oshirish taʼlimni yanada samarali boʻlishiga yordam beradi” mavzusida master klass olib bordi.

Alohoda taʼkidlash joizki, ushbu kelishuvlar Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-, 9-,12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “ANJI PLAY” xalqaro akademik almashinuv konferensiyasida ilgari surilgan tajribalar tatbiq etilib, 4-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hovlisini “Anji Play” oʻyingohiga aylantiriladi. Tumandagi 10 nafar pedagoglarni Shin-Yan Universitetida malaka oshirish kurslarida taʼlim olishlarini tashkil qilinadi. 9-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini xitoy tiliga ixtisoslashtiriladi.

🎚️Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida...

Toshkent tumanidagi 12 - umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktabgacha va maktab taʼlimi psixologi B.Raximova va 12,18- maktab psixologlari bilan birgalikda "Zoʻravonlikdan holi maktab" ni joriy qilish, turli koʻrinishdagi zoʻravonlik va bulling holatlari profilaktikasi hamda maktabda psixologik sogʻlom muhitni shakllantirish maqsadida oʻquvchilarning ota-onalari bilan "Bolalarni zoʻravonlikdan qanday himoya qilish kerak! " mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Ota -onalar bilan birgalikda:
- "Tanishuv" metodikasi
- "Baxtiyor damlar"mashqi
- "Gulchambar" mashgʻuloti
- " Uzum " texnologiyasi
- Zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazildi.

♻️Tadbir davomida oʻquvchilardan olingan blits soʻrovnomalar oʻqib eshittirilib, ota -onalar fikrlari bilan solishtirildi hamda oʻquvchilar tomonidan yozilgan "Mehr maktublari" ota- onalarga taqdim etildi. Tadbir soʻngida ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Kasb-hunar maktabi faoliyati hokim nazarida

♻️Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun taʼlim muassasasida boʻldi.

Toshkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 24 nafar oʻqituvchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Shulardan 9 nafari umumtaʼlim 2 nafari maxsus fan oʻqituvchilari 13 nafari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tashkil etadi. Bu oʻqituvchilarning 36 foizi malaka toifasiga ega. Bir nafari yetakchi oʻqituvchi 3 nafari bosh oʻqituvchi hisoblanadi. Barcha ishlab chiqarish taʼlimi ustalari xalqaro sertifikatlarga ega.

🔷Bugungi kunda kasb-hunar maktabida oʻquvchilarga 7 ta kasb boʻyicha taʼlim beriladi. Ularning orasida oshpazlar, hamshiralar, tikuvchilar, buxgalterlar, tadbirkorlar, xizmat koʻrsatish sohasi xizmatchilari va boshqalar bor.

🔵Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashar ekan, ularning kelajakka boʻlgan ishonchi juda muhim ahamiyat kasb etishi, ular egallagan kasbidan unumli foydalanishi va Yurtboshimiz ishonchini oqlashi nechogʻlik muhimligi haqida soʻz yuritdi.

🟢Uchrashuv soʻngida ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruhda taqdimot oʻtkazilib, kasb-hunar maktabi yutuqlari namoyish qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Taʼlim maskani qurilishi koʻzdan kechirildi

Taʼlim va tarbiya ulgʻayib kelayotgan avlod uchun eng muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli ham maktablarda oʻquvchilar uchun qulay sharoit yaratish, taʼlim muassasalarini zamonaviy koʻrinishda qad rostlashini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan joriy yil 9-yanvar kuni tuman hokimi Sardorbek Ergashev Xalimkop mahallasida boʻlib, hududda qad rostlayotgan 330 oʻrinli yangi taʼlim maskanida olib borilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Ushbu obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 404-son qarori doirasida, 2023-yilda qurilishi boshlangan boʻlib, 2024-yil noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak boʻlgan. Biroq, qurilishdagi muammolar sabab, topshirilish jarayoni kechikgan va quruvchi oʻzgartirilgan.

Aynan Xalimkop mahallasi aholisi farzandlariga xizmat koʻrsatadigan ushbu taʼlim maskanining bugungi holati, quruvchilarning ish jarayoni va mavjud muammolar tuman hokimi nazoratidan chetda qolmadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM