Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

💫 Yana bir dargoh bolajonlarni oʻz bagʻriga oldi

♻️ Toshkent tumani Istiqbol mahallasida "Xadichabonu" xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

❇️ 50 oʻringa moʻljallangan nodavlat bogʻchaning tantanali ochilish marosimida Toshkent tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Nilufar Ubaydullayeva ishtirok etib, oilaviy bog`cha rahbari va xodimlariga boshlagan ishlarida omad tiladi hamda tadbirga kelgan ota-onalarni shinam va ko`rkam maktabgacha ta`lim tashkilotiga ega bo`lganliklari bilan tabrikladi.

📹 Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Eng yaxshi didaktik o‘yin muallifi aniqlandi

🔖 Bolaning qanday inson bo‘lib voyaga yetishi ota-ona tarbiyasi va atrof-muhitga bog‘liq. Bola tarbiyasida ularning yosh jihatiga, ruhiyat va tushunchasiga, fe’l-atvoriga alohida ahamiyat berish zarurdir. Toshkent tumanidagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Eng yaxshi didaktik o‘yin muallifi” tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad ham maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiya oladigan bolajonlarni yoshlikdan qiziqishlariga qarab tarbiyalashda muhim o‘rin tutadigan pedagoglarning bilim va ko‘nikmalari bilan tanishish va eng yaxshilarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

➡️Tadbirda Toshkent tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Nilufar Ubaydullayeva ishtirok etib, komissiya a’zolari bilan birgalikda eng yaxshi didaktik o‘yin muallifini aniqladilar.

◀️ Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor
#Maktabgacha_taʼlim

😀 Yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

📍 Toshkent tumani G‘ishtko‘prik mahallasi hududida 29-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kapital taʼmirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25-dekabrdagi PQ-4936-sonli qaroriga asosan Investitsiya davlat dasturi doirasida kapital taʼmirlangan bog‘cha 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga qayta rekonstruksiya qilinib, yana 30 nafar bolajonlarni qo‘shimcha tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🔖- Ilgari bog‘chamiz 90 o‘ringa mo‘ljallangan edi, deydi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Qunduzxon Asomova. - Kapital taʼmirdan so‘ng esa tashkilotimiz 120 o‘rinli bo‘ldi, bu esa hududimizda istiqomat qiluvchi bolajonlarning yana o‘ttiztasini qabul qilish va maktabgacha taʼlim berish imkoniyati paydo bo‘ldi degani.

◀️ Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Bogʻchalarda ingliz tilini oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda


Xususan, Toshkent tumanidagi 9-sonli Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "WONDERFUL WORLD" mavzusida ingliz tilida ochiq mashgʻulot tashkil etildi. Bunda bolalar ingliz tilida olgan bilimlarini sheʼr, kuy, raqs va oʻyinlar orqali koʻrsatib berishdi. Bu orqali bolalarni ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va shu vaqtgacha olgan bilimlarini mustahkamlash koʻzda tutilgan.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ingliz tili oʻqituvchilari uchun yangi metodika yaratildi

Toshkent tumani 12- sonli DMTTning ingliz tili oʻqituvchisi Umida Nigʻmatova muallifligida chop etilgan “METHOD KINDERGARTEN FOR TEACHERS” kitobi asosida 4 yoshdagi bolajonlar Saidaʼlo va Muhammadaminlar oʻqitildi va bu metodika kutilgandan aʼlo natija berdi. Bolajonlar qisqa muddatda ingliz tilini yaxshi oʻzlashtirdilar.

Barchamizga sir emaski hozirgi paytda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida dars berib kelayotgan ingliz tili oʻqituvchilarini qiynayotgan muammolardan biri ular uchun uslubiy qoʻllanmalarning yetishmasligidir.

Ushbu uslubiy qoʻllanmani yaratishda 12- sonli DMTTi rahbari Shahnoza Daminova hamda Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining ingliz tili oʻqituvchisi Sevara Irgashevalarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Moziyga sayohat


Toshkent tumani 12- davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bogʻcha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlangan "Moziyga sayohat" nomli bayram tadbirida, bolajonlar adabiyot va sheʼriyatda oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning gʻazallari, oʻzbek shoirasi Uvaysiy bilan bir qatorda, ayollar sheʼriyatining namoyandalaridan hisoblangan Nodirabegim sheʼridan parchalar ijro etib, barcha yigʻilganlarni xushnud etdilar.

Bu singari tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad bogʻcha tarbiyalanuvchilarini nafaqat milliy qadriyatlarga mos zamonaviy tarzda tarbiya qilish, balki ularda oʻtmishga, tarixga va ota-bobolarimizga boʻlgan hurmatni shakllantirish hamda Vatanparvar avlod voyaga yetkazishni taʼminlashdan iborat.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Moziyga sayohat


Toshkent tumani 12- davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bogʻcha tarbiyalanuvchilari ishtirokida tayyorlangan "Moziyga sayohat" nomli bayram tadbirida, bolajonlar adabiyot va sheʼriyatda oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning gʻazallari, oʻzbek shoirasi Uvaysiy bilan bir qatorda, ayollar sheʼriyatining namoyandalaridan hisoblangan Nodirabegim sheʼridan parchalar ijro etib, barcha yigʻilganlarni xushnud etdilar.

Bu singari tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad bogʻcha tarbiyalanuvchilarini nafaqat milliy qadriyatlarga mos zamonaviy tarzda tarbiya qilish, balki ularda oʻtmishga, tarixga va ota-bobolarimizga boʻlgan hurmatni shakllantirish hamda Vatanparvar avlod voyaga yetkazishni taʼminlashdan iborat.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Maktabgacha_taʼlim

Xalqaro yer kuni keng nishonlandi

Toshkent tumani 12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida - Xalqaro yer kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan "Yer sayyorasini asrash" mavzusida rasm chizish koʻrgazmali darsi oʻtkazildi.

Unda bolajonlar yer sayyorasini asrashdek muhim jarayon borasida oʻz taassurotlarini qogʻozlarda aks ettirdilar.

📷Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Xotira muqaddas


Toshkent tumani 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas” mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston “VETERAN” Jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi faxriy aʼzolari hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi psixologi va Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqitishning muqobil shakllarini tashkil etish shoʻba uslubchisi qatnashdilar. Bolajonlar oʻzlarining sheʼr, qoʻshiq, raqslari bilan mehmonlarni xushnud etdilar.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Yangi loyihalar bogʻchalarga kirib bormoqda


Joriy yilning 13-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Yaponiya hukumati JICAning NCD loyihasi bilan hamkorlikda oʻqituvchilar jamoasi Toshkent tumanidagi 12-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdilar. Yapon oʻqituvchilari va 12-DMTT pedagog tarbiyachilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Ustozlar bir-birlari bilan taʼlim–tarbiya berishda pedagogik muhitning oʻrni toʻgʻrisida tajriba almashdilar. Darhaqiqat, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi pedagogik muhit bolalar qobiliyatini rivojlantirish jarayonini tezlashtiribgina qolmay, balki ularni ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, mustaqil ish yuritishga va yaratuvchanlikga undaydi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Xitoy tajribasi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan bir qancha taʼlim yoʻnalishlarida mehnat qilib kelayotgan pedagog xodimlar malaka oshirish uchun Xitoy xalq respublikasiga yuborildi.

Ular orasida Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullayeva ham bor. Bundan asosiy maqsad esa, rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan maktabgacha taʼlim yoʻnalishidagi Xitoy tajribasini oʻrganish va baʼzilarini mamlakatimiz bogʻchalarida tatbiq qilish.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

🔰XALQARO HAMKORLIK


🟢Ayni kunlarda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig'i N. Ubaydullayeva Xitoyning Anszi shahrida o‘tkazilinayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda.

♻️Bundan asosiy maqsad esa, rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan maktabgacha taʼlim yoʻnalishidagi Xitoy tajribasini oʻrganish va baʼzilarini mamlakatimiz bogʻchalarida tatbiq qilish.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM