Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi

❇️ 2023-yilning 1-noyabrdan 30-noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”

❇️
Korrupsiya har qanday davlatning ertangi kuni, kelajagi uchun xatarli, tahdidli kushandadir. U iqtisodiyotga katta zarar yetkazib, mamlakat taraqqiyotini izdan chiqaradi. Shu boisdan mamlakatimizda bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Yangi O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

❇️ 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2021-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qolaversa, joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizning ko‘pgina vazirlik va idoralarida, jumladan “Pensiya jamg'armasi” tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilayotganligi, jamiyat rivojiga to‘siq bo‘lgan ushbu illatga qarshi qat’iy va izchil kurash boshlanganidan dalolat beradi.

🌎 Pensiya jamgʻarmasi Toshkent tumani boʻlimi

📞 97 261-71-73     📞 11-40

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Toshkent tumani korrupsiyadan holi hudud


Toshkent tumanida tuman Adliya bo‘limi rahbari Sh.Tadjiyev, RMMM tuman bo‘linmasi mutaxassisi F. Bekbaltayeva, tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xodim U.Sheraliyev, tuman Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i, tuman FXDYO bo‘limi mudirasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko'maklashish bo‘limi, Quruvchi mahallasi raisi, tuman"Maʼnaviyat targ‘ibotchi" guruhi aʼzolari hamkorligida "Toshkent tumani Korrupsiyadan holi hudud" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan Adliya bo‘limi rahbari Sh.Tadjiyev so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvi yaʼni korrupsiya tushunchasiga to‘xtalib, ushbu xatti-harakatga jinoiy jazo belgilanganligini tushuntirib ogohlantirdi. Shundan so‘ng, tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xodim U.Sheraliyev tumandagi statistika haqida so'z yuritib, yoshlarga korrupsiya illatlari haqida so'zlab berdi.

Tadbir so‘ngida tuman DXM boshlig‘i B.Fozilbekov so‘zga chiqib, kundalik hayotimizda uchraydigan talablar va muammolarni ochiq va shaffoq tarzda davlat xizmatlari oraqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida gapirdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Pensiya jamgʻarmasi tizimida joriy yilning 1-31 oktyabr kunlari “
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkaziladi

🤔 Mazkur oylik davomida tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy-targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📄 Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatiga ega.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Toshkent viloyatida
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha navbatdagi oʻquv seminari oʻtkazildi

🗣 Maʼlumki Pensiya jamgʻarmasi tizimida joriy yilning 1-31-oktabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkazilmoqda.

🔺 Jumladan joriy yilning 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatida navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Pensiya jamgʻarmasining tizim xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, takliflar bildirildi.

🗣 Shuningdek, davlatimiz ravnaqi uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi masʼul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website