Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli
...

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bu galgi fuqarolar qabulini 3-sektor hududidagi Madaniyat markazida oʻtkazdi.

Qabulni tuman hokimi bilan birgalikda Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari S. Salixov, Toshkent tumani Davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari S. Abduvaliyev, Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedovlar oʻtkazdilar.

Sayyor qabul davomida 60 ga yaqin fuqaroning moddiy yordam, elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglanib, ularning har biri masʼulligi boʻyicha tegishli korxona-tashkilotlarga tez fursatlarda bartaraf etish uchun biriktirib berildi.

Murojaatlarning har biri tuman hokimi nazoratiga olindi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Пенсия гувоҳномаси қандай расмийлаштирилади?

👩‍💻 Пенсия жамғармаси бўлимининг иш юритувчиси пенсия олувчининг сўровига асосан ахборот тизимидаги маълумотлар асосида пенсия гувоҳномасини расмийлаштиради.

Бунда гувоҳномани расмийлаштириш учун пенсия олувчининг тегишли фотосурати ахборот тизими орқали иш юритувчи томонидан чоп этилади.

Пенсия гувоҳномаси берилиши мутлақо бепул амалга оширилади.

_________

🪪 Как выдается пенсионное удостоверение?

👩‍💻 Делопроизводитель отдела Пенсионного фонда по запросу получателя пенсии на основании данных информационной системы оформляет пенсионное удостоверение.

При этом для оформления удостоверения делопроизводителем посредством информационной системы распечатывается соответствующая фотография получателя пенсии.

Пенсионное удостоверение выдается абсолютно бесплатно.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Londondagi Britaniya muzeyida oʻtkaziladigan “Silk Roads” (“Ipak yoʻllari”) koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimida qatnashish – men uchun katta sharaf.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston muzeylaridan toʻplangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osori atiqalar namoyish qilinadi.

Ishonchim komilki, ushbu loyiha Ipak yoʻli tarixi va madaniyatiga qiziquvchilarga ilhom bagʻishlaydi, xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, rivojlantirish yoʻlidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ifoda etadi.

-

Для меня большая честь принять участие в торжественном открытии уникальной выставки Silk Roads («Шёлковые пути») в Британском музее в Лондоне. Эта выставка представляет редкие и ценные артефакты из музейных собраний Узбекистана, демонстрирующие наше богатое историческое и культурное наследие.

Уверена, что эта выставка станет источником вдохновения для всех, кто интересуется историей и культурой Шёлкового пути, и станет символом наших общих усилий по укреплению и развитию культурных связей между народами.
#2024_yil_1_oktyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, respublikaning barcha hududlarida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

📁 Shuningdek, himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Bugun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni


Tarixdan maʼlumki har bir davlatning xavfsizligini taʼminlashda maxsus xizmatlarning oʻrni va roli hamisha beqiyos boʻlgan.

Xususan, davlat sarhadlarini qoʻriqlashdan tortib, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligini taʼminlash yoki har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish har zamon va har makonda maxsus xizmatlarning ustuvor vazifasi hisoblangan.

Bugun dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishda, xalqaro munosabatlarda uning milliy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashda Davlat xavfsizlik xizmatining munosib hissasi bor.

Bugun, 26-sentabr–Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari kuni. Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi jamoasi soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Tuman hokimi oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻldi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalarning ijtimoiy sharoitini oʻrgandi.

Bir guruh tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida oʻtkazilgan oʻrganish davomida xonadon egalari bilan suhbat oʻtkazilib, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot soʻraldi.

Borilgan har bir xonadon egalarining kundalik daromadlarini yaratish, farzandlarining kelajakka boʻlgan ishonchini yanada oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.

Bir kunlik oʻrganish natijasida tuman hokimiga biriktirilgan 5ta xonadonning har birida soʻrovnoma oʻtkazilib, oilaning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM