Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Xotira

🇺🇿 Xotira aziz-qadr muqaddas

💫Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 23-umumtaʼlim maktabidagi Madaniyat saroyida 9-may -"Xotira va qadrlash kuni" bayrami keng nishonlandi.

Tadbirga Davlat xavfsizlik xizmati 9231-harbiy qism xodimlari va isteʼfodagi faxriylari, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi maʼnaviy maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻba rahbari M.Toirova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent tumani boʻlimi bosh mutaxassisi F.Bekboltayeva va  faxriy ustozlar taklif etildilar.

👉Batafsil

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

E'zozdagi nuroniylar

Toshkent tumani Sabzavot mahallasida 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan mahalladagi faxriy, keksa-nuroniylarni bayram bilan tabriklab, o'tganlarni yodga olish maqsadida keksalar holidan xabar olindi.

👍Otaxon va onaxonlar yoshliklarini eslab, kayfiyatlari chog' bo'lishi uchun esa nuroniylar xonadonida maktab o'quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_bor_ekan_millat_barhayot

🟢9-may-Xotira va qadrlash kuni

Jafokash oʻzbek xalqi boshidan ne-ne qora kunlarni oʻtkazmadi, qanchadan-qancha ota-bobolarimiz el-yurt tinchligi uchun jonlarini fido qilishmadi. Bugun sizu biz yashab turgan dorilamon kunlarga yetib kelishimiz oson boʻlmaganini shonli tariximiz isbotlab turibdi. Ularning koʻrsatgan qahramonliklari qalbimizda abadiy yashaydi.

Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ayniqsa, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirlanadi, tiriklar holidan xabar olinadi, hurmat bajo keltiriladi. Xotirlash va qadrlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.  

Ushbu sana munosabati bilan Toshkent viloyati, Toshkent tumani 12-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari hamda Respublika maʼnaviyat markazi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tumanimiz joylarida sharaf lentalari loyihasi oʻtkazildi. Maqsad qahramonlarimiz xotirasini abadiylashtirishdir.

📹Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Расмий ташриф билан Россия Федерациясида бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Москва шаҳридаги Ислом Каримов хиёбонига ташриф буюрди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, пребывающий с официальным визитом в Российской Федерации, посетил сквер имени Ислама Каримова в городе Москве.

#Mirziyoyev #tashrif #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

El-yurtining tinchligi va ozodligi uchun kurashgan insonlar abadiylashtirildi


Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridandir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻidadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib oʻtgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatish bugungi kunda yangicha maʼno-mazmun bilan boyidi.

Shu munosabat bilan kuni kecha, Toshkent tumani Masalboy hududida II-Jahon urushi vaqtida shahid ketganlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida qad rostlagan Xotira maydonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, Nuroniylar jamg'armasi raisi, tuman deputatlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash

Kam taʼminlangan oilalar uchun konsert dasturi tashkil qilindi

Oʻtganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlash – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Ayni kunlarda joylarda uyushtirilayotgan tadbirlarda bu oʻz ifodasini topmoqda.

Xususan, Toshkent tumani Madaniyat markazida "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da turuvchi kam taʼminlangan oilalar va ularning farzandlari uchun "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan konsert dasturi oʻtkazildi.

Konsertda el suygan sanʼatkorlar, kulgu ustasi Avaz Oxun hamda Milliy drama teatri aktyorlari oʻzlarining chiqishlari bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

🕊Tinchlik hukm surgan yurtda-shukronalik nafasi

Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, goʻzal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan. Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hisi yashaydi.

🎗Toshkent tumanlik faol yoshlar tomonidan oʻtkazilgan targʻibot aksiyasi doirasida yurtdoshlarimizga sharaf lentalarni ulashildi. Koʻksiga davlat bayrogʻining bir parchasi qadalgan hamyurtlarimizning qalblarida gʻurur, vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik tuygʻulari aks etdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash

Xotira-muqaddas, qadr-aziz

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻ. Oʻtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Xotira, bu – unutmaslik, deganidir. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi.

Shu maʼnoda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” Oʻtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olib, hurmat koʻrsatib Toshkent tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Soliq inspeksiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Yoshlar ishlari Agentligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, Tibbiyot birlashmasi, Tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, hokim yordamchilari va mahalla raislari Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻydilar.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

💫Mahallalarda "Xotira va qadrlash kuni" kuni keng nishonlandi

🤩9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib,  xalqimizga xos qadriyatlarga e'tibor qaratiladi.

Xususan, Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida ham nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish maqsadida mahalla faollari tomonidan mahalla guzarida "Keksalar e'zozda" shiori ostida dasturxon yozildi, osh damlandi. Yolg‘iz yashovchi, nogironligi bo‘lgan oilalar yo‘qlandi.

♻️   Zero ,“Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташриф буюриб, Биринчи Президентимиз ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X