Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.42K subscribers
18.7K photos
4.36K videos
30 files
12.4K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#raqamli_iqtisodiyot

Tibbiyot xodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi.


Toshkent tumani hokimligida raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri О.Muratov, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A.Ergashov, "School 21" vakil А.Umarovlar tomonidan Markaziy shifoxona xodimlari uchun elektron xizmatlardan samarali foydalanish hamda "School 21" da IT-sohasida noldan bepul ta’lim olish imkoni mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan ommabop elektron xizmatlari hamda ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portalga One-ID tizimi orqali kirish hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida my.gov.uz portalida joriy etilgan "Sog‘liqni saqlash", "Fuqarolik" sohalariga oid elektron xizmatlardan foydalanish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi hamda seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 31, 2024