Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 15-sentabrdagi "Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumanidagi fermer xoʻjaliklari, qishloq va mahallalarda yashovchi aholining koʻpchilik qismi oʻz tomorqalariga sabzi, sarimsoqpiyoz, ismaloq, turp, karam, piyoz va koʻkat kabi toʻqsonbosti mahsulotlarini ekib, daromad olishmoqda.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali maxsus reportajida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Suvdan oqilona foydalanish va uni tejash usullari yuzasidan seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent tumanida fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Unda fermerlar va qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan ichki sugʻorish tarmoqlarini beton qoplamaga olishda tuman Irrigatsiya boʻlimi xodimlari tomonidan joylarda qanday tashkil qilish haqida oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bugungi kunda aniq rejalar belgilab olingan boʻlib, tumanda 192 km qumli oʻzanli ichki tarmoqlarni 2024-yilda belgilab olingan grafikka asosan, beton qoplamaga olish maqsad qilinganligi va bunda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi haqida seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

QISHLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI KUNI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

Kecha, 10-dekabr – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni Toshkent tumanida keng nishonlandi.

Tumanda joylashgan “E'zoz” marosimlar uyida tashkil qilingan bayram tadbirida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan yo'llangan Prezident tabrigini onlayn tarzda soha vakillariga oʻqib eshittirdi. So'ng, tuman hokimi Odilxon Rustamov qishloq xo'jaligi sohasi vakillarini samimiy tilaklar ila tabrikladi.

Toshkent tumanida boʻlib oʻtgan bayram tantanalarida 300 ga yaqin soha xodimlariga nozu-neʼmatlar ila bezatilgan dasturxon yozildi. Shuningdek, bir guruh soha vakillariga “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Tadbirda Madaniyat bo'limi xonandalari, el suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanilish choralari koʻrilmoqda


Toshkent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3406-sonli farmoni hamda “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4643-sonli qarori ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

👉To'liq matn

📹Batafsil Toshkent tumanidagi "Izzat" fermer xoʻjaligi hududida amalga oshirilgan jarayonda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qishloq_xoʻjaligi

Ichki ariqlar betonlashtirilmoqda


Toshkent tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi suv isteʼmolchilari, yaʼni fermer xoʻjaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-noyabrdagi suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda mavjud fermer xoʻjaliklarining 63 km ichki ariqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan.

📷Fotolavhalarda Toshkent tumanidagi "Shamsqamar" ,"Rahimjon-Munira", "Akbar-Islom" fermer xoʻjaliklari hududidagi betonlashtirish ishlari.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qishloq_xoʻjaligi
#Seminar

🌱Yerdan unumli foydalanish maqsadida...

Toshkent tumani Abdurahmonov meva uzum hududida joylashgan "GREEN ORIGIN" bogʻdorchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi korxonasida bugun, "Bog'-tok qator oralarida qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ichki bozorlarga arzon va sifatli yetkazish" mavzusida dala oʻquv amaliy seminari oʻtkazildi.

🤩Unda Toshkent tumanida joylashgan "Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti" olimlari, xususan R.Hakimov, S.Alimuhamedov, M.Xoldorovlar va tuman soha mutasaddilari tomonidan fermer va dehqon xoʻjaligi rahbarlariga bog'-tok qator oralari qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yuzasidan agrotavsiyalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida tumanda 2024-yil hosili uchun jami 2274 gektar shundan 1724 gektar meva bogʻlari va 550 gektari tokzorlar qator oralarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish prognoz koʻrsatkichlari belgilangan hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida ishchi guruhi tashkil etilgan.

Shu kunga mavsum boshidan 1595 gektar (70 foiz) shundan 572 gektar maydonda toʻqsonbosti usulida va 1023 gektar bahor mavsumida bog'-tok qator oralariga sabzavot ekinlari ekildi. Qolgan 679 gektar maydonga shirin qalampir, baqlajon pomidor, bodring hamda dukkakli ekinlar 15 aprelgacha ekilishi taʼminlanadi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida
...

Bugun, tumanning Rahbarobod mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroga Kengash huzuridagi jamgʻarma mablagʻi hisobidan mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida 2 dona motorollerlar yetkazib berildi.

Ushbu motorollerlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan jismoniy shaxslarga mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgorlar mahallalardagi hokim yordamchilariga yoki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Dala parvarishi maqsadida.
..

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan tuman fermer va dehqon xoʻjaliklari, issiqxona va olma bogʻlariga biomahsulot hisoblangan oltinkoʻz mahsulotlari tarqatilib, tavsiya va tushunchalar berilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

💐Gullar eksporti oshmoqda

Toshkent tumani umumiy yer maydoni 16471 gektar boʻlib, shundan 7421 gektari qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 7421 gektar maydonlarni 5143 gektari suvli, 1309 gektari meva bogʻlar, 780 gektari tokzorlar, 45 gektar boshqa meva va manzarali daraxtlar, 144 gektari yaylov hamda pichanzorlardan iborat.

Bundan tashqari tumanda 30 nafar yerdan foydalanuvchilar gulchilik yoʻnalishida 18 gektar issiqxonalarda faoliyat yuritadilar. Oʻtgan yili jami tumanda 45 mln dona gullar yetishtirildi. Bu yilgi prognoz 70 mlnga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, yetishtirilgan gullarning 30 foizi MDH davlatlariga eksport qilinadi. Ushbu korxonalarda 1300 nafar mavsumiy va 850 nafar doimiy ish oʻrni yaratilib aholi bandligi taʼminlangan.

📹Batafsil "Nurafshon TV" kanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Toshkent tumanida eksport salohiyatini oshirish maqsadida

Toshkent tumanida joylashgan "NSA AGRO DEVELOMENT" MCHJda tumanda eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekssportyor fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarma boshligʻi F.A Muxayminov, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari v.v. b X. Ergashev, tashqi karantin boʻyicha oʻrinbosari Z. Usmonov hamda Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi E.Boyqobilovlar ishtirokida o'tkazilgan qabulda barcha tadbirkorlar muammolari tinglanib, kerakli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi rejalar kelishib olindi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer, dehqon xoʻjaliklariga
qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berilmoqda

Kuni kecha,Toshkent tumanning Shirin mahallasidagi "GʻANIYEVA YOQUTXON" fermer xoʻjaligiga va Rahbarobod mahallasidagi "KOMOL-TOʻXTABOY-BARAKA" fermer xoʻjaligiga ATB"Mikrokreditbank" tuman filiali orqali Kengash huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida 2 dona qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib berildi.

Ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilindi.

Endi ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalari hududdagi fermer, dehqon xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatish mobaynida ish unumdorligini oshiribgina qolmay, mirishkorlarning vaqtini va mablagʻini tejalishiga omil boʻla oladi.

Eslatib oʻtamiz, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgor mahallalardagi hokim yordamchilariga yoʻki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer, dehqon xoʻjaliklariga
qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berilmoqda

Bugun, Toshkent tumanning "Istiqbol" mahallasidagi "ABDUAZIM-AGRO" fermer xoʻjaligiga "Mikrokreditbank" tuman filiali orqali mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida 1 dona qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berildi.

Ushbu qishloq xoʻjaligi texnikasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi 14 -sentabrdagi "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-306-son qarori asosida xarid qilindi.

Endi ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalari hududdagi fermer, dehqon xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatish mobaynida ish unumdorligini oshiribgina qolmay, mirishkorlarning vaqtini va mablagʻini tejalishiga omil boʻla oladi.

Eslatib oʻtamiz, Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 2 yil imtiyozli davr bilan, yillik 17.5 foiz miqdorda yuridik shaxslarga 100 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgor mahallalardagi hokim yordamchilariga yoʻki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berish maqsadida

Bugun tumanning Bahor, Zaxariq va Quruvchi mahallalaridagi
4 nafar tomorqa yer egalariga "Mikrokredit", "Xalq banki" tuman filiali
orqali Kengash huzuridagi jamgʻarma mablagʻi hisobidan mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida 4 dona qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib berildi.

Ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgor mahallalardagi hokim yordamchilariga yoki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhalarda.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer, dehqon xoʻjaliklari
qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilindi

Bugun, Toshkent tumani "Navoiy mirishkor" agrofirmasi hududidan"ABDUMALIK MUXABBAT AGRO FAYZ" fermer xoʻjaligi rahbari 1 dona BELARUSS 82.1 rusumli, “Koʻksaroy yer mirishkor” mahallasidagi tomorqa yer egasi Hudoyberganov Juʼrat BELARUSS 1221 rusumli 1 dona qishloq xoʻjaligi texnikalarini ikkilamchi bozordan oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qildi.

Endi ushbu qishloq xoʻjaligi texnikalari hududdagi fermer, dehqon xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatadi shuningdek, yer egalariga ish unumdorligini oshishiga, mirishkorlarning vaqtini va mablagʻini tejalishiga omil boʻla oladi.

Eslatib oʻtamiz, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 17.5 foiz miqdorda jismoniy shaxslarga 33 milliongacha, yuridik shaxslarga 5 milliard soʻmgacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgor tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Toshkent tumanida meva va sabzavotchilik masalalariga eʼtibor keng qaratilmoqda


Tumanning Abdurahmonov meva uzum agrofirmasi hududidagi “Muhammad ishonch agro” MCHJ koʻchatxonasida Xalqaro markaz “ISCAD” bilan hamkorlikda hamda tuman Qishloq xoʻjaligi soha mutasaddilari xodimlari, olimlar, fermerlar va talabalar ishtirokida “Zamonaviy navlarni va duragaylarni ekish materiallarini yovvoyi va ochiq maydonchalar uchun sabzavot ekinlari payvandlash yoʻli bilan yetishtirish texnologiyasi” mavzusida ilmiy dala oʻquv seminari boʻlib otdi.

Seminardan koʻzlangan asosiy maqsad, zamonaviy qishloq xoʻjaligi va fermer xoʻjaligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, chet ellik mutaxassislar bilan fikr almashish, shuningdek, meva - sabzavotchilikda qiymat zanjirini rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlarni oʻrganish, tartibga solish, tahlil qilish, tarqatishga qaratilgan bilimlarini boshqarish boʻyicha soha mutaxassislarini malaka oshirishlari koʻzda tutilgan.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligida yangi loyihalar

Toshkent tumani meva- sabzavotchilikga ixtisoslashgan hudud boʻlib bugungi kunda sohadagi fermer xoʻjaliklari va ilgʻor dehqonlar tomonidan mazkur tarmoqqa yangi innovatsion loyihalar joriy etilmoqda
.

Bunga tumanning meva-sabzavotchilikdagi oʻsish nuqtasi boʻlgan zamonaviy issiqxonalar yaqqol misol boʻla oladi.

Zamonaviy issiqxonalarda yilning 4 mavsumida serdaromad ekinlarni ekib, parvarishlash, ochiq yerga nisbatan 2-3 barobar koʻp hosil yetishtirish va toʻliq suv tejovchi texnologiyalari orqali yerdan samarali va unumli foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.

Ayni shu kunlarda, tumandagi “Innovatsion BOGʻI” MCHJda
1 gektar, “MUHAMMAD-ISHONCH-AGRO” MCHJda 1,50 gektar va
“TAMARAXON-ZIYO-NUR” fermer
xoʻjaligida 0,50 gektar qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida yengil tipdagi issiqxonalar qurish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Issiqxona xoʻjaliklari rahbarlari loyihani kuz mavsumida ishga tushirib, mavsumning oʻzida 2025-yil hosili uchun eksportbop ekinlardan pomidor, bodring va gul yetishtirishni oʻz oldilariga maqsad deb olganlar.

Maʼlumot oʻrnida, qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida yengil tipda issiqxonalar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi  PQ-4246-son qaroriga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasi bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, issiqxona qurish tashabbusi boʻlgan talabgorlarga Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 17.5 foiz miqdorda jismoniy shaxslarga 33 milliongacha, yuridik shaxslarga 5 milliard soʻmgacha boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Oʻz navbatida tuman hokimligi va soha masʼullari hududlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida, qishloq xoʻjaligida va tomorqada yangi bogʻ, uzumzor, issiqxona qurishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishini va amaliy koʻmak berilishini maʼlum qiladi.

📸Issiqxonalar qurish jarayonlari fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Mehnat qilgan-elda aziz


Toshkent tumani Hasanboy mahallasida oʻzining fidoyi mehnati bilan qishloq xoʻjaligi rivojiga hissa qoʻshayotgan dehqonlardan biri – Abror Mirzarahimov istiqomat qiladi. 30 yildan buyon gulchilik bilan shugʻullanib keladigan qahramonimiz oʻtgan yillar davomida turli xil gullarni yetishtirish bilan shugʻullangan.

Mamlakatimizdagi islohotlar asta-sekin qishloq xoʻjaligiga ham oʻz taʼsirini koʻrsata boshladi. Bundan ruhlangan Abror aka astoydil yeng shimarib, gʻayrat bilan ishga kirishdi. Auksionda yana 15 sotix yer olib gulchilikni kengaytirdi. Hozirgi vaqtga kelib, yil 12 oy ichki va tashqi bozorni gul bilan ta'minlaydi. Bu ishda ularga Oʻsimliklar karantini Agentligining Toshkent tumani boʻlimi xodimlari koʻmakchi. Asosiy maqsad esa, dehqonning hosili zararkunandalar oqibatida nobud boʻlmasligiga koʻmaklashish. Har bir fuqaro oʻz daromadiga ega boʻlishi uchun oʻzining oz boʻlsada hissasini qoʻshish.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Mehnat qilgan elda aziz boʻladi


Hozirgi kunda Toshkent tumanida 80 ta issiqxona 151 gektar maydon mavjud boʻlib,shundan tumandagi Hasanboy agrofirma hududida 30 ga yaqin issiqxona faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu issiqxonalardagi dehqon xoʻjaliklar asosan manzarali gulchilik bilan shugʻullanadi. Shuningdek Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan kunlik monitoring ishlari olib boriladi hamda dehqon xoʻjalik xodimlari bilan hamkorlikda ish tashkil qilinib,issiqxonadagi mahsulotlarni kasallik,zararkunandalarga qarshi uygʻunlashgan kurash tizimini joriy qilish boʻyicha oʻzaro birgalikda ishlar olib boriladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Tomorqadan unumli foydalanayotgan dehqonlar...


Toshkent tumani Hasanboy hududida koʻplab dehqonlar istiqomat qiladi. Ularning baʼzilari gulchilik bilan shugʻullansa, baʼzilari poliz ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadilar.

Ana shunday dehqonlardan biri Abdusattor Qodirov mana bir necha yildirki, auksionda yutib olgan tomorqasidan unumli foydalanib, aholi dasturxoniga sarxil bodringlarni yetkazish bilan shugʻullanadi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Tomorqa daromad manbai


Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 28-noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishda har bir mahallada kamida 100 tadan xonadonga limon, uzum koʻchati tarqatish, koʻchatlar va koʻp qavatli uylar atrofida aholining tashabbuslari asosida kamida 10 million tup uzum ekish  haqida aniq topshiriqlar berildi.

Shunga asosan bugun tuman mahallalar uyushmasi va tuman Fermerlar kengashi hamda faollar bilan birgalikda "Hasanboy Guzari"mahallasida tomorqa yer egalariga sifatli va kasalliklarga chidamli 500 tup limon  koʻchatlarini yetkazib berildi.

Bundan tashqari, tumanning Istiqbol, Sabzavot, Oydin hayot, Qizgʻaldoq va  boshqa mahallalarida ham aholi xonadonlariga limon ekish ishlari boshlab yuborildi.

📸Jarayonlar fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM