#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-978-son, 21.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi
🔰 Qonunga ko'ra, Jinoyat kodeksiga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo'ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.
✔️Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bilan bog'liq ishlar yuzasidan yarashuv to'g'risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
👉Manba
✅Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash yanada kuchaytiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-985-son, 28.10.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰 Unga ko'ra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
🔍 Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yong'in-qutqaruv bo'linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'muriy ishlarni ortiqcha qog'ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.
⏰ Bundan tashqari, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo'l harakati qoidalari buzilishi to'g'risidagi ma'lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo'lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.
👉Manba
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

❗️"Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🗒Qonunga ko'ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko'rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
✅Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko'rsatiladi.
📃Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog'lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi.
📝Shaxs psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o'z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.
📖Psixologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
❗️Shaxsning psixologik yordam ko'rsatilishini so'rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar va psixologik yordam ko'rsatish chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
⚖️Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
👉 Manba

❗️Ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilindi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-993-son, 07.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to'lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
🔰Qonun bilan ko'p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish bo'yicha sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati belgilandi.
✅Shuningdek, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to'lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to'liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

❗️“Qishloq xo'jaligi kooperativi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-995-son, 08.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qonun qishloq xo'jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🗒Qonunga ko'ra, qishloq xo'jaligi kooperativi – qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.
✅Kooperativ qishloq xo'jaligi sohasida xizmatlar ko'rsatish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizasiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish huquqiga ega.
📃16 yoshga to'lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a'zolari bo'lishi mumkin.
📝Kooperativ a'zolarining reestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a'zosi to'g'risida tegishli ma'lumotlar ko'rsatiladi.
⛔️Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
📌Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi
Manba: VMQ-691-son, 21.10.2024 y.

❗️ “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi
“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi
🔰 Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
⚡️Qarorga ko'ra, 2025-yil:
➖1-martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;
➖1-iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;
➖1-mayga qadar maktab sport klublari a'zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o'quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;
➖1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
🗓2025/2026-o'quv yilidan boshlab:
🔹5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun o'quv-metodik qo'llanmalar ishlab chiqiladi;
🔹har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi;
🔹har yili an'anaviy tarzda maktablar o'quvchilari o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.