Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#hokimlik_hujjatlari

Boʻsh turgan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu haqda tegishli qarorlarni imzoladi.

Qarorlarga koʻra, Piskent, Parkent, Ohangaron, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Qibray, Bekobod, Boʻka hamda Toshkent tumanidagi ayni paytda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari X.Niyozov zimmasiga yuklatilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Maktab va bogʻchalar qurilishi uchun mablagʻlar ajratildi

Toshkent viloyati hududida ijtimoiy soha ob’yektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari uchun mablagʻlar yoʻnaltirildi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishi e’lon qilindi.

Unga koʻra, viloyat mahalliy budjetining 2023-yil 1- chorak yakuni bilan iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan "Yagona buyurtmachi xizmati" injinering kompaniyasiga 7 milliard 1 million soʻm ajratildi.

Mazkur mablagʻlar Bekobod, Parkent, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl, Chinoz, Toshkent, Piskent, Zangiota tumanlari hamda Yangiyoʻl shaharidagi 15 ta ob’yektda, ya’ni maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish va qoʻshimcha bino, sport zal qurilishi uchun sarf etiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Toshkent tumanida “Yoshlar markazi”  quriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qaroriga koʻra, Toshkent tumani “Oqibat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan 0,02 gektar yer maydoniga “Yoshlar markazi” qurish uchun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi bilan  ajratib beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi iyun oyida pul ajratish bilan bogʻliq qator farmoyishlarni imzoladi:

viloyat hududidagi profilaktik inspektorlar xizmat uylarini taʼmirlash uchun 3 mlrd, 199 mln. soʻm;

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosini qurish uchun 2 mlrd.soʻm;

Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish, saqlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 213 mln soʻm;

viloyat markazlariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali taqdim etilgan internet xizmatlari uchun 157,8 mln. soʻm;

Piskent tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 372,5 mln. soʻm;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM