Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#SPORT

TOSHKЕNT TUMANIDA KARATE (WKF) BO‘YICHA "KELES OPEN" XALQARO TURNIRI O‘TKAZILADI

Joriy yilning 15-16 iyun kunlari Toshkent tumani markazidagi tuman sport maktabiga qarashli "Universal" sport majmuasida karate WKF bo‘yicha v-an’anaviy "KELES OPEN-2024" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.


Yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida beshinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Rossiya davlatidan eng sara karatechilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkent tumani hokimligi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi, Toshkent tumani sport maktabi, Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani bo'limi va boshqa qator mas’ul tashkilotlar "Keles karate" sport klubi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining Oltinchi chaqiriq Sakson ikkinchi sessiyasi oʻtkazildi


Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan sessiyada Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 30 iyul kuni boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlarga boʻlib oʻtadigan 27-Keles okrugi saylov uchastkalarini tasdiqlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga koʻra “GʻOLIB” takliflarni moliyalashtirish, tuman mahalliy byudjetining manbalaridan 2024-yil 2-chorak davomida mablagʻ ajratish singari bir nechta masalalar koʻrib chiqildi.

Sessiya kun tartibida koʻrilgan masalalar Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlarining tegishli Qarori bilan qabul qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

💐Gullar eksporti oshmoqda

Toshkent tumani umumiy yer maydoni 16471 gektar boʻlib, shundan 7421 gektari qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 7421 gektar maydonlarni 5143 gektari suvli, 1309 gektari meva bogʻlar, 780 gektari tokzorlar, 45 gektar boshqa meva va manzarali daraxtlar, 144 gektari yaylov hamda pichanzorlardan iborat.

Bundan tashqari tumanda 30 nafar yerdan foydalanuvchilar gulchilik yoʻnalishida 18 gektar issiqxonalarda faoliyat yuritadilar. Oʻtgan yili jami tumanda 45 mln dona gullar yetishtirildi. Bu yilgi prognoz 70 mlnga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, yetishtirilgan gullarning 30 foizi MDH davlatlariga eksport qilinadi. Ushbu korxonalarda 1300 nafar mavsumiy va 850 nafar doimiy ish oʻrni yaratilib aholi bandligi taʼminlangan.

📹Batafsil "Nurafshon TV" kanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

Viloyatning xalq deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar,
agroklasterlar rahbarlari va fermerlarning viloyat aholisiga
MUROJAATI


👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏬 Uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo'naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig'iga tortilmasligi belgilangan.

📌 Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 80 baravaridan (84 mln so'mdan) oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

❤️‍🔥Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

❤️‍🔥Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Onlayn

Ayni damda Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov, sektor rahbarlari hamkorligida tumanning Koʻksaroy hududida sayyor qabul oʻtkazmoqda.

Qabulga 200 dan ziyod fuqarolar tashrif buyurgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Toshkent_tumani

💫Yoshlar oyligi doirasida Vazirlar Mahkamasining 312-son va 209-sonli qarorlariga asosan mahallalardagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyanomasi bilan 38 nafar yoshlarga Yoshlar daftari jamgʻarmasi vasiylik Kengashi qaroriga asosan 137 194 275 ming soʻm oliy taʼlim toʻlov kontrakt mablagʻlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi qoplab berildi.

Buning natijasida 38 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning ijtimoiy himoyasi qoʻllab-quvvatlandi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi iyun oyida pul ajratish bilan bogʻliq qator farmoyishlarni imzoladi:

viloyat hududidagi profilaktik inspektorlar xizmat uylarini taʼmirlash uchun 3 mlrd, 199 mln. soʻm;

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosini qurish uchun 2 mlrd.soʻm;

Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish, saqlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 213 mln soʻm;

viloyat markazlariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali taqdim etilgan internet xizmatlari uchun 157,8 mln. soʻm;

Piskent tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 372,5 mln. soʻm;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi Ko’ksaroy hududida bo'ldi

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov Oltin tepa mahallasida
sayyor qabul o'tkazib, aholi murojaatlarini tingladi.

Qabulda tegishli sektor mas’ullari, korxona, tashkilot rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov ham qatnashdi.

Mas’ullar ishtirokida 200 nafardan ziyod fuqaroning murojaati batafsil eshitilib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
lv_0_20240608230603 (online-audio-converter.com)
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Shanba - qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi fermerlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔘 Bo'ka tumani.Tuman pillakorlari tomonidan pilla rejasi bajarildi.

🔘 Zangiota tumani. Dala maydonlarida, tok oralab ekilgan ekinlar hosilga kirdi.

🔘 Toshkent tumani. Tumanda Gullar MDH davlatlariga eksporti oshmoqda.

🔘  Chinoz tumani. Tuman hokimi boshchiligida gʻalla oʻrimiga  tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan seminar o'tkazildi.

🔘 Bekobod tumani. Hokim boshchiligida  pilla yig'im terim ishlari o'rganildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM