Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Kengash

🟢Toshkent tumani Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi

♻️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni mavzusida navbatdagi Kengash yig'ilishini Kengash raisi o'rinbosari I.Saidkarimov ochib berdi.

👉Batafsil

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Kengash_qarori

TOSHKENT VILOYATI SHAHAR ICHI YO'LOVCHI TRANSPORTIDA YO'L HAQI TARIFLARI O'ZGARDI

Toshkent viloyati shaharlarida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga qarashli yo'nalishlardagi yo'lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tariflari qayta ishlab chiqildi.

Unga ko'ra, avtobuslarda 1 nafar yo'lovchi uchun 1 500 so'm, yo'nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2 000 so'm etib belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Kengash_yigʻilishi

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov rahbarligida Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Toshkent tumani kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, deputatlar, mahalla raislari, faollari, hokim yordamchilari, yetakchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmoni, “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son Qarori ijrosi yuzasidan soʻz yuritildi hamda Toshkent viloyati Kengashiga delegatlar saylandi.

📹 Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Kengash_qarori

Toshkent viloyatida raqamlashtirish ishlari yanada jadallashtiriladi

Viloyatda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida, boʻsh turgan binolar roʻyxati shakllantirilib, IT-Park rezidentlarini 1 yil muddatga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar IT-Park rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi 250 milliard soʻmga, ularning eksport hajmi esa 15 million dollarga yetkaziladi.

1-noyabrga qadar dasturchilarning kamida 150 nafari ishga joylashtiriladi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari "Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi" loyihasini amalga oshirishi belgilandi. Bunda, 2 200 nafar yoshlarni ingliz tilidan C1 daraja va 1 100 nafar yoshlarni nemis yoki boshqa xorijiy tildan B2 darajada sertifikat olishlari taʻminlanadi.

Joylardagi Raqamli texnologiyalar markazlarida "mahalla beshligi" raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitib boriladi.

Bundan tashqari, viloyatda "IT shaharcha" qurilishi ham rejalashtirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған раислигида Ўзбекистон-Туркия олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана состоялось третье заседание узбекско-турецкого Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #Kengash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X