Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.4K photos
4.3K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#yashil_makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yoshlar
yashil makon uchun

Toshkent tumanidagi 10-umumta’lim maktabida
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo’limi yoshlar yetakchilari va sport murabbiylari bilan hamkorlikda "Yoshlar siyosati va sport vazirligi" bog’i tashkil etildi.

Umumhashar davomida bog’ga 100 dan ortiq mevali daraxt ko’chatlari qadaldi.

👉🏻Batafsil rolikda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon
#2_sektor

Madaniyat markazi hududida bogʻ yaratildi


Toshkent tumani 2-sektor hududida joylashgan Madaniyat markazi atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida daraxt koʻchatlari ekildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil oktyabr oyida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻtkazgan videoselektor yigʻilishlaridan soʻng 25-oktabrdan Toshkent tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi start olgan edi.

Kuni kecha esa 2-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari tomonidan Madaniyat markazi hududida bogʻ yaratish maqsadida 500 tup terak koʻchatlari yerga qadaldi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳Daraxt ekib-bogʻ yaratish ezgulik va ulugʻvorlik ramzidir


💫Toshkent tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirokida Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

👉Batafsil bu yerda o'qing

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon

IIB xodimlari 800 dona terak daraxti koʻchatlarini ekdilar


Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov tashabbusi bilan 3-sektor hududida joylashgan 10-umumtaʼlim maktabining boʻsh yer maydoniga 800 dona terak daraxti koʻchatlari ekildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida oʻtkazilgan aksiyada 70dan ziyod ichki ishlar xodimlari ishtirok etdilar.

📷Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yashil_makon

Toshkent tumanida "Deputatlar bogʻi" tashkil qilindi


Bugun, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga hissa qoʻshish hamda yashil maydonlarni barpo qilish maqsadida 22-umumtaʼlim maktabi hududida "Deputatlar bogʻi" tashkil qilindi.

Xalqimizning qadimiy anʼanalari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlandi, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-baraka soʻraldi.

Daraxt koʻchatlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bogʻlar hosil qilish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi va aksiya doirasida 100 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari, deputat Mirislom Usmonov.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi "
Yashil makon"da faol

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan joriy yil 29-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kecha Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan loyiha doirasida 1450ta manzarali va 50ta mevali daraxtlar ekildi.

Sanoat mahallasida oʻtkazilgan daraxt ekish aksiyasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qarashli 36,37,38-kasbiylashtirilgan yongʻin qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi faol ishtirok edi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱YANGI O‘ZBEKISTON-YASHIL MAKONDA BIRGA YASHAYLIK!

Toshkent tumani mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman ahliga
MUROJAATI


Qadrli tumanimiz ahli!

Hurmatli mahalla yettiligi, ijtimoiy soha obʼektlari, fermer-dehqon xo‘jaligi, tomorqa yer egalari rahbarlari, tadbirkorlar va qabristonlarga biriktirilgan masʼullar!

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yashil maydonlarni kengaytirish choralari ko‘rilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni keskin oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

Aynan shu vazifalarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida Toshkent tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi aksiyalarda barcha korxona-tashkilotlar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

Xususan, kecha "Toshkenttumangaz" gaz taʼminoti bo'limi xodimlari tomonidan ham korxonaga biriktirib berilgan Ahillik mahallasidagi bo‘sh yer maydoniga 380 tup terak daraxti ko‘chati ekilib, "Yashil bog" barpo qilish choralari ko‘rildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱Hashar-elga yarashar

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi.

Quvonarlisi, mamlakatimizda umumxalq hashari eʼlon qilinmasa-da, hasharda faol mahallalar bor.

Xususan, shu kunlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi koʻplab mahallalarda hashar oʻtkazilmoqda. Toshkent tumani 1-sektor hududiga karashli Farovon mahallasi ham aynan hasharda faol mahallalardan.

Kecha "mahalla yettiligi" tashabbusi bilan aholi hasharga chaqirilib, koʻchalar va xonadonlar obodonlashtirilib, gul va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yashil maydonlarni kengaytirish choralari koʻrilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni keskin oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

Aynan shu vazifalarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida Toshkent tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi aksiyalarda barcha korxona-tashkilotlar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

Xususan, bugun Toshkent tumani Fermerlar Kengashi va "Buxgalteriya markazi" xodimlari tomonidan ham korxonaga biriktirib berilgan Shirin mahallasidagi boʻsh yer maydoniga 250 tup olma daraxti koʻchati ekilib, "Yashil bogʻ" barpo qilish choralari koʻrildi hamda yil davomida har bir koʻchatni parvarishlash uchun masʼullar belgilandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱Yashil makonda birga yashaylik!

Aynan shu shior ostida Toshkent tumanidagi mahalla raislari boshchiligida, xonadon tomorqalarida hamda boʻsh yer maydonlarida mahallada istiqomat qiluvchi faol fuqarolar bilan hamkorlikda mevali daraxt koʻchatlarini ekish aksiyalari oʻtkazilmoqda.

Davlat rahbari tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo'shish hamda kelajak avlodga yashil makon hadya etish maqsadida oʻtkazilayotgan aksiya doirasida mahalla raislari manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini aholiga yetkazish orqali, ushbu tashabbusni ilgari surmoqdalar.

📷Fotosuratlarda Qorasaroy va Qirariq mahallalaridagi jarayon aks etgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Taʼlim maskanlarida "
Yashil makon" umummilliy loyihasi amalda

Bugun, Toshkent tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori v.v.b I.S.Izzatullayev tashabbusi bilan kollej jamoasi"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etmoqdalar. Hududdagi har qarich joyiga koʻchatlar ekilmoqda va manzillar yashil hududga aylantirilmoqda.

Xususan, taʼlim muassasasi hududidagi boʻsh turgan yerlar koʻchatlarni ekishga tayyorlanib, 200-tup terak, 400-tup turli navdagi meva koʻchatlar olib kelindi. Ushbu koʻchatlarni ekish ishlari samarali davom etmoqda.

Taʼlim muassasasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bogʻ yaratish ishlariga barcha xodimlar oʻz hissasini qoʻshmoqda.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

KELAJAK AVLODGA MUSAFFO TABIAT QOLDIRAYLIK!


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida, sektor rahbarlari va hokim o'rinbosarlari Keles yoʻli koʻchasiga kiraverishdagi halqa yoʻlida terak daraxti koʻchatlarini ekish uchun jam boʻlishdi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam boʻldi.

Xususan, ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan boʻlsa, birgina Toshkent tumanida 340 ming tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimi boshchiligida har bir mahallada, koʻchalarda, xonadonlarda juma, shanba va yakshanba kunlari manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshiriladi.

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Barchangizdan "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz!

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Taʼlim muassasalarida "
Yashil makon"

Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi barcha hududlarida daraxt ekish ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. Jumladan, bugun tumandagi barcha taʼlim muassasalarida “Yaxshidan bogʻ qoladi” shiori ostida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir davomida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi maktablarning boʻsh yer maydonlariga manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

Yashil makon” umummilliy loyihasi tumanning barcha hududlarida va muassasalarida davom etmoqda. Shu munosabat bilan befarq bo'lmagan fuqarolarni loyihada faol ishtirok etishga, oʻzi yashab kelayotgan mahalla va koʻchalarni yashil makonga aylantirishga hissa qoʻshishga chorlab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

"Yaxshidan bogʻ qoladi"


Aynan shu shior ostida, bugun 2-sektor hududidagi Sirgʻali mahallasida "Yashil makon" aksiyasi oʻtkazildi.

Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Sanjar Salixov boshchiligida oʻtkazilgan aksiyada mahalladagi hokim yordamchilari va faollar uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Barchangizdan "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz!

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM