Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

💦Kelajak uchun suvni asraylik


Dunyo aholisi soni oʻsib, sanoat rivojlanib, global iqlim oʻzgarishlari tufayli yogʻinlar miqdori kamayib borayotgan bugungi sharoitda suvga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Obi hayotning har tomchisidan oqilona va unumli foydalanish insoniyatning eng muhim kundalik vazifalaridan biriga aylanayotir.

Okean va yirik dengizlardan ancha olisda qurgʻoqchil mintaqada joylashgan Oʻzbekiston uchun ham suvning ahamiyati benihoya katta. Respublikamizda foydalaniladigan suv resurslarining 80 foizdan ortigʻi qoʻshni Qirgʻiziston va Tojikiston respublikalari hududida joylashgan togʻlardagi qorlar va muzlik­lar hisobiga shakllanadi.

Shunday ekan, kelajak avlod uchun suvni asraylik.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

🟢Vatanni sevmoq iymondandir
!

♻️Aynan shu mavzuda, Toshkent tumani Mudofaa boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Nabijon Gapparov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining tuman vakili O. Sadikov boshchiligida Madaniyat Markazida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir dasturida yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish, fuqarolarni islohotlarga safarbar etish, hududda pozitiv jamoatchilik fikrini shakllantirish, insonlardagi ijtimoiy masʼuliyatni kuchaytirish, shuningdek, xalqimizning olijanob fazilatlarini, yuksak gʻoyaviy-badiiy lavhalar orqali taʼsirchan shaklda namoyish etish oʻtkazilgan tadbirning asosiy mohiyatini tashkil etdi.

❇️Yoshlar ishtirokida oʻtgan tadbir soʻngida mavzuga oid videofilm namoyish etilib, muhokama qilindi. Yigʻilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob berildi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir


Bugun, Toshkent tumanida joylashgan 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi faollar zalida Istiqbol, Shirin, Maʼrifat, Chuvalachi, Gulobod mahallalari raislari, yoshlar, ziyolilar, nuroniylar, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar faollari ishtirokida Davlat rahbarining 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yigʻilishidagi maʼruzasi mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida "Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda RMMM Toshkent tumani boʻlinmasi rahbari M. Xakimdjonova 2024-yil-"Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili" deb eʼlon qilinishining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.
Shundan soʻng, tuman maʼnaviyat targʻibot guruhi aʼzosi, Istiqbol mahallasi yoshlar yetakchisi U. Xoʻjanazarova soʻzga chiqib, maʼnaviy muhitni yaxshilash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash haqida gapirib oʻtdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

Jaholatga qarshi – maʼrifat zarur


Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent tumani majlislar zalida tuman huquq-tartibot idoralari uchun “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida milliy vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni yanada targʻib qiluvchi videofilm namoyishdan soʻng, maxsus trenerlar boshchiligida seminar oʻtkazildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Targʻibot

Yoqilgʻi -energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora- tadbirlari targ'iboti o'tkazildi

Toshkent tumani hududidagi barcha mahallalarda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R.Rixsiyev, Mahalla uyushmasi boʻlimi boshligʻi A.Sultonov, tumani qurilish boʻlimi bosh mutaxassisi B. Davlatovlar hamda gaz va elektr taʼminoti korxonalari, mahalla boʻlimi, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa masʼul xodimlar boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Yoqilgʻi -energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida"gi 204-sonli Qarori yuzasidan fuqarolarga targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʻbatlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazishni davom ettirish maqsadida koʻriladigan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilmoqda.

Bu singari tadbirlarni 4 ta sektorda ham davom ettirish koʻzda tutilgan.

📷Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

Tushuntirish ishlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumani hududidagi barcha mahallalarda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R.Rixsiyev, Mahalla uyushmasi boʻlimi boshligʻi A.Sultonov, tumani qurilish boʻlimi bosh mutaxassisi B. Davlatovlar hamda gaz va elektr taʼminoti korxonalari, mahalla boʻlimi, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa masʼul xodimlar boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Yoqilgʻi -energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida"gi 204-sonli Qarori yuzasidan fuqarolarga targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Har kuni o'tkazilayotgan tadbirlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʻbatlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazishni davom ettirish maqsadida koʻriladigan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilmoqda.

📷Majnuntol va Xiyobon mahallalari faollari ishtirokida o'tkazilgan tadbir yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

"Ayol qismati" badiiy filmi namoyishi oʻtkazildi


Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida "Ayol qismati" filmining namoyishi oʻtkazildi. Kino taqdimoti tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari uchun oʻtkazildi.

Mazkur film Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tayyorlangan boʻlib, kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida juda taʼsirli tarzda yoritilgan.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot
#Maʼrifat

Toshkent tumanida "Maʼrifatli oila kuni"
targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Bugun, Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi vakilligi, viloyat IIB hamkorligida maʼrifat-targʻiboti tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalasi boʻyicha masʼul xodimi Sh. Sodiqova, Toshkent viloyati bosh imom xatibi J.Raupov, Toshkent tumani bosh imom xatibi D.Ikromov, tuman hokimining oʻrinbosari L.Karabayeva hamda "Oqila ayollar" harakati vakillari ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish mavzusida suhbatlashdilar.

Tadbir davomida nizoli oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash, ajrim yoqasidagi oilalarni saqlab qolish, farzand tarbiyasi, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlashda diniy idora vakillarining oʻrni singari bir nechta masalalar muhokama qilinib, ularning yechimi borasida bajarilishi lozim boʻlgan amaliy ishlar haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlarni suiisteʼmol qilinishi, tashqi madaniyatning taʼsiri, qizlarni salbiy xurujlardan saqlash singari masalalar yuzasidan mutasaddi xodimlarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

Oila-mehr va baxt qoʻrgʻoni


Bugun, Toshkent tumanidagi "Saxovat" tantanalar uyida Toshkent viloyati viloyat IIBB, Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman adliya bo'limi, tuman bosh imomi boshchiligidagi barcha imom-domlalar, otinoyilar, Oqila ayollar, psixologlar bilan hamkorlikda fuqarolik sudlarida nizolashayotgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari muhokamalari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda har bir oilaga alohida yondashuv asosida mutaxassislar jalb etilib oilaviy munosabatlarning diniy, huquqiy, psixologik jihatlari tushuntirib oʻtildi.

Namoyiosh qilingan "Farzand omonat" deb nomlangan videorolik ishtirokchilarda alohida taassurot qoldirdi. Tadbir natijasida uchrashuvda ishtirok etgan 15 ta oiladan 5 tasining yarashuviga erishildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

"Islom-tinchlik va ezgulik dini"


Aynan shu mavzuda Toshkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent tuman bo‘linmasi hamkorligida hamda tuman bosh imom-xatibi D.Ikromov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Jaholatga qarshi maʼrifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman", "Islom-tinchlik va ezgulik dini" mavzularida suhbatlar oʻtkazilib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbir soʻngida, "Sarobga aylanganlar qismati" nomli videorolik namoyishi oʻtkazildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

"Islom-tinchlik va ezgulik dini"


Aynan shu mavzuda Toshkent tumanida joylashgan Pedagogika bilim yurti Harbiy kafedrasida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent tuman boʻlinmasi hamkorligida hamda tuman imom-xatibi A.Qosimov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Jaholatga qarshi maʼrifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman", "Islom-tinchlik va ezgulik dini" mavzularida suhbatlar oʻtkazilib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbir soʻngida, "25-kadr" nomli videorolik namoyishi oʻtkazildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Targʻibot

♻️Taʼlim maskanida "Davra suhbati" oʻtkazildi

Tinchlikni saqlaydigan omillardan biri – toʻgʻri tafakkur. Zero, toʻgʻri fikrlash barchani har-xil buzuq eʼtiqodlardan, notoʻgʻri yoʻllarga kirib qolishdan asraydi. Odamlar orasida begona yot gʻoyalar tarqalishini oldini oladi.

📍Diniy qoʻmita hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 25-dekabr kuni  4- umumtaʼlim maktabida “Vatanparvarlik tushunchasi" hamda "Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida  davra suhbati tashkil etildi.   

🤩Ushbu targʻibotdan  koʻzlangan maqsad har bir taʼlim muassasasida "Vatanparvarlik ruhini oshirish " mavzusida mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda yod oqimlarga aldanib qolishni oldini olish.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM