Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.94K subscribers
20.6K photos
4.7K videos
31 files
13.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

Harbiylar uchun maʼnaviy tadbir oʻtkazildi


DXX chegara qoʻshinlariga qarashli Toshkent tumanida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni dam olishini mazmunli tashkil etish hamda ularning madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi kengashi va tuman madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda harbiy qism hududida taniqli soʻz ustasi va so'z ustasi Valijon Shamsiev tomonidan oʻzining “Maroqli kulgu” nomli konsert dasturi bilan oʻquv punkti harbiy xizmatchilarga kulgu ulashdilar.

Konsert mobaynida Valijon Shamsiev barcha muddatli harbiy xizmatchilarni xizmatni boshlaganligi va hayit ayyomi bilan tabriklab kulguli va qiziqarli konsert dasturi bilan madaniy hordiq chiqarishini taʼminladi.

Tadbir soʻngida so'z ustasi V.Shamsievga harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma berib, esdalik uchun rasmlarga tushishdilar.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Ayol-qadriyatlar davomchisi"


Bugun, Toshkent tumani "Gulzor" Madaniyat markazida "Ayol-qadriyatlar davomchisi" mavzusida marosim va urf odatlar taqdimoti tanlovi oʻtkazildi.


Tadbir doirasida madaniyat markazi xodimlari, toʻgarak rahbarlari ishtirokidagi konsert dasturlari va sumalak sayli oʻtkazilgan boʻlsa, Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda xotin-qizlar faollari boshchiligida marosim va urf-odatlar namoyishi tashkil qilinib, Madaniyat markazi sahnasida milliy urf odatlarimizga bagʻishlangan sahna koʻrinishlaridan iborat tanlov tashkil qilindi.

Xotin-qizlardan iborat mahalla jamoalari tomonidan namoyish qilingan, oʻzbek millatiga xos marosimlarni oʻzida mujassam etgan sahna koʻrinishlari hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.

Tadbirda, tuman hokimi, IIB boshligʻi, tuman prokurori hamda DSI boshligʻi ishtirok etib, goʻzal kuy-qoʻshiqlar, koʻtarinki kayfiyat va tumanda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning bir gʻoya va bir maqsad atrofida birlashganliklarining guvohi boʻldilar.

Umuminsoniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan kiyinish madaniyati, mehr-oqibat, shukronalik, halol mehnat qilish singari insoniy fazilatlar jamlangan tadbir tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, "Oqila ayollar harakati", tuman Madaniyat boʻlimi, Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Toshkent tumani boʻlinmasi hamkorligida tashkil qilindi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Aholi xonadonlariga pomidor koʻchatlari tarqatildi


Kambagʻallikni bartaraf etishning toʻgʻri va eng samarali usuli aholi bandligi darajasini oshirish ekanligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, kambagʻallikni kamaytirish — bu aholida tadbirkorlik ruhini ­uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir.

Shu sababli ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Mahallalarda tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 18-f sonli Farmoyishga koʻra, 2025-yil 11-martdan “dolzarb bir oylik” safarbarligi eʼlon qilinib, unga koʻra, Toshkent viloyati Toshkent tumaniga Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov biriktirildi.

Bugun esa, ishchi guruh vakillari tomonidan “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishini tashkil qilish maqsadida 5 ming 400 dona pomidor koʻchatlari tarqatildi.

Jumladan, Toshkent tumanining Majnutol mahallasiga 2 ming 480ta, Zargarga 800ta, Shamsiobodga 560ta, Kalasga 560ta, Istiqbolga 640ta, Sirgʻaliga 320ta va Uchchinor mahallasida istiqomat qiluvchi kambagʻal oilalar reyestiriga kiritilgan xonadonlarga 80ta pomidor koʻchatlari yetkazildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Harbiy xizmatchilar uchun madaniy tadbir


Kuni kecha, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli Toshkent tumanida joylashgan harbiy qismda 2025-yil chaqiriluvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida Toshkent tumani Madaniyat xodimlari bilan birgalikda konsert dasturi tashkillashtirildi.

Toshkent tumani madaniyat boʻlimi estrada xonandasi T.Samandarov va muddatli harbiy xizmatchilar orasidan oddiy askar A.Noʻmonxonovlar tomonidan gitara cholgʻu asbobida “Xizmatingdaman Vatan” shiori ostida jonli ijroda konsert dasturi tashkillashtirildi. Konsert davomida tashrif buyurgan estrada xonandalar tomonidan kuylagan shoʻx qoʻshiqlari harbiy xizmatchilarga oʻzgacha shukuh ulashdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent tumanida tashqi reklama bozorini tartibga solish jarayoni
davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ''Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida'' gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmon ijrosini ta'minlash va  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi  Qonuni ijrosini ta’minlash va reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida tuman markaziy ko‘chalarida tuman hokimi maslahatchisi tomonidan o'rganish ishlari o'tkazildi.

Jarayon davomida kirill alifbosida yozilgan reklamalar oldirilib, tadbirkorlarga tashqi yozuvlar davlat tili talablariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Xavfsiz va sog’lom yurt” profilaktik tadbiriga start berildi


Hurmatli Toshkent tumani aholisi va mehmonlari!


Giyohvandlikka qarshi kurashish hamda ularning savdosini oldini olish maqsadida Respublika miqyosida 2025-yilning 15-apreldan 15-mayga qadar “Xavfsiz va sog’lom yurt” profilaktik tadbiri o’tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Toshkent tumani IIB tashabbusi bilan tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Sog’liqni saqlash bo’limi xodimlari va mahalla faollari bilan hamkorligida navbatdagi tadbirlarga start berildi.

Aziz tumandoshlar, kelajak avlodning sog’lom va yetuk bo’lib ulg’ayishiga  hamda mustaqil vatanimizning kelajagini tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so’raymiz.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Nazorat tadbirlari olib borilmoqda


Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Toshkent tumani hududidagi goʻsht doʻkonlari hamda savdo obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.


Mazkur tadbirlar aholining sifatli va xavfsiz goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlashga, shuningdek sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligini nazorat qilishga qaratilgan.

Bunday nazorat ishlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning oldini olish va fuqarolarning sogʻligʻini himoya qilish maqsadida muntazam tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent tumanida nazorat tadbirlari olib borilmoqda


Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Toshkent tumani hududidagi "Koʻkterak" dehqon bozorida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga, shuningdek sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligini nazorat qilishga qaratilgan.

Bunday nazorat ishlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish va fuqarolarning sogʻligʻini himoya qilish maqsadida muntazam tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Xavfsiz va sog’lom yurt” profilaktik tadbir
lari davom etmoqda

Giyohvandlikka qarshi kurashish hamda ularning savdosini oldini olish maqsadida Respublika miqyosida 2025-yilning 15-apreldan 15-mayga qadar “Xavfsiz va sog’lom yurt” profilaktik tadbiri o’tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Toshkent tumani IIB tashabbusi bilan tuman hokimligi, tuman prokurori, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida navbatdagi tadbirga start berildi.

Aziz tumandoshlar, kelajak avlodning sog’lom va yetuk bo’lib ulg’ayishiga  hamda mustaqil vatanimizning kelajagini tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so’raymiz.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Nazorat tadbirlari olib borilmoqda


Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Toshkent tumani hududidagi "Eco bozor" bozorida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga, shuningdek  sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligini nazorat qilishga qaratilgan.

Bunday nazorat ishlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning sotilishini oldini olish va fuqarolarning sogʻligʻini himoya qilish maqsadida muntazam tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM