Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.24K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy
#Tayinlov

Tuman hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

💼 Saidikarimov Ibrohim Islamxodjayevich tuman hokimining tegishli qarori bilan Toshkent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

📌 Ibrohim Islamxodjayevich 1985 yilda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2010 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistratura bosqichini tamomlagan.

📝 I.Saidikarimov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boshliq tayinlandi.

🟢Ubaydullayeva Nilufar Abduolimovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

📍 Nilufar Abduolimovna Ubaydullayeva 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2004 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ingliz tili filologiyasi bakalavr va 2011 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Adabiyotshunoslik xorijiy filologiya magistratura bosqichini tamomlagan.
Hozirda Moskva davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.

N.Ubaydullayeva mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiga boshliq tayinlandi.

🟢Dilmurod Saipovich Muxamedov Toshkent viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi buyrug'i bilan Toshkent tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

📍Dilmurod Saipovich Muxamedov 1964-yilda Toshkent tumanida tug'ilgan. Maʼlumoti oliy. 1989 - yilda Toshkent Хalq ho'jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

D. Muxamedov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent tumani Mahallabay ishlash va tadbikorlikni rivojlantirish markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S. Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida Sardor Ergashev tanishtirildi hamda boshqarma faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha topshiriq va vazifalar belgilandi.

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook | Twitter
#Rasmiy
#Tayinlov

Tuman hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

💼 Salixov Sherzod Abduxakimovich Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sh.Salixov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent tumani hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Tuman hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

💼 Oqiljonov Avazxon Olimjon o'g'li Toshkent tumani hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Oqiljonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent tumani Ko'k-terak mahallasi hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.

Avazxon Olimjon o'g'li 1990-yilda Toshkent tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti: Oliy 2013-yilda Toshkent Davlat Agrar Universitetini tamomlagan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumani Soliq inpeksiyasiga boshliq tayinlandi

💼 Abduvaliyev Sanjar Islom o'g'li Toshkent viloyati Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

S. Abduvaliyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Toshkent tumani soliq inspeksiyasi   boshlig'i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sanjar Abduvaliyev 1988-yilda Toshkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy: 2012-yilda Toshkent moliya institutini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

S.Abduvaliyev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2012-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

🎚️Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Tayinlov

Norboyev Ozodjon Sharofiddinovich "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O.Norboyev 1992-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Sharipov Farrux Fazliddinovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

F.Sharipov 1980-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti -oliy. 2004-yilda Oʻzbekiston Milliy Universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent tumani Diydor mahallasi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tayinlov

Nuroniy jamgʻarmasiga yangi rais tayinlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman nuroniy otaxon va onaxonlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Toshkent viloyati Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-viloyat hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdusamad Nosirov boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda tuman hokimi Odilxon Rustamov ham ishtirok etdi.

Unda Toshkent tumani Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-tuman hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga yangi nomzodni tayinlash masalasi koʻrildi.

Yigʻilish yakunida tuman Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-tuman hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Asam Akramovich Zohidov nomzodlari bir ovozdan maʼqullandi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy
#Tayinlov

♻️Tuman hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi


💼 Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

❇️R. Rixsiyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori v.v.b. vazifasida ishlab kelgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tayinlov

Toshkent tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Oybek Ergashevich Kenjayev - Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O.Kenjayev, 1976-yilda Zangiota tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 1998-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetini-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

O‘tgan vaqt mobaynida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ijro organlarida turli lavozimlarda ishlagan.

Oybek Ergashevich lavozimga tayinlangunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Toshkent viloyati soliq boshqarmasi "Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi" boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumaniga prokuror tayinlandi

Salixov Sandjar Abdugapparovich Toshkent tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

🤩S.Salixov o‘tgan davrlarda O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, Toshkent shahar prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlari surishtiruv, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori singari lavozimlarda ishlagan.

📍Salixov Sandjar Abdugapparovich mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich — Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

S. Ergashev 1986 - yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2011- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga boshliq tayinlandi


Nurmurodov Aʼzam Kuntugʻmish oʻgʻli - Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

A. Nurmurodov 1992-yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.  2013-yil Toshkent davlat texnika universitetini bakalavr, 2016-yil magistraturasini, 2022-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.

U faoliyati davomida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Toshkent viloyati Keles filialida qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent tumani Qir-ariq mahallasi hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

🟢Toshkent tumani hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

💼Muhiddinov Abdumajid Nodir o'g'li Toshkent tumani hokimining o'rinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

♻️A.Muhiddinov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Davlat boshqaruv organlari bilan hamkorlikni tashkil qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining Toshkent viloyati boʻlimi raisi tayinlandi


Toshkent tumani hokimi Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining Toshkent viloyati boʻlimi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-sonli Qarori yurtimizda Kibersportni rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Mazkur qaror bilan kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish, kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish, ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish kabi jiddiy vazifalar yuklandi.

Shu bilan birga hududlarda Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining viloyat hududiy boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha ham alohida vazifalar belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugungi taʼsis yigʻilishi tashkil etildi. Assotsiatsiyaning bugungi taʼsis yigʻilishida Toshkent tumani hokimi Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining Toshkent viloyati raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM