#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Faol nuroniylar har oy rag'batlantiriladi
“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi
🔰Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan obro'-e'tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag'al oilaga biriktiriladi.
📝Oilalarni kambag'allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo'nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo'lib to'lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
➖oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta'lim muassasalarida o'qiyotgan farzandlarini o'quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta'minlash;
➖piyoda yurish madaniyatini targ'ib qilish;
➖keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish.
✅Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag'batlantirib boriladi.
❗️Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so'm miqdorida mablag' ajratiladi.
👉 Manba
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1007-son, 27.11.2024 y.) bilan Bitim ratifikatsiya qilindi
🔰 Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o'rtasida maxfiy axborotni o'zaro himoya qilish to'g'risidagi Bitim (Sian, 2023 yil 18 may) ratifikatsiya qilindi.

❗️“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi
🔰 Qarorga ko'ra, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi “Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi.
🔘 Bunda:
🔹 “Mahalla yettiligi” a'zolari bilan birgalikda har oyda mahallalarda “Teatr kuni” tadbirlari o'tkazish yo'lga qo'yiladi;
🔹“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar davlat teatrlarining spektakllariga bepul kiritiladi.
✔️ Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomi beriladi.
🗓 2026-yil yakunigacha O'zbekiston davlat yoshlar teatri faoliyati zamonaviy namunali teatr sifatida tashkil etiladi.
📌 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha huquqiy eksperiment tariqasida O'zbekiston davlat yoshlar teatri hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati beriladi.

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:
🔹Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1008-son, 29.11.2024 y.);
🔹Qishloq xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi ➖ Manba: (PQ-413-son, 02.12.2024 y.);
🔹Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi ➖ Manba: (PF-201-son, 02.12.2024 y.);
🔹Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qo'llab-quvvatlanadi ➖ Manba: (PQ-417-son, 03.12.2024 y.);
🔹Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta'sis etiladi ➖ Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);
🔹“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi ➖ Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);
🔹Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlash tizimi takomillashtiriladi ➖ Manba: (PQ-408-son, 29.12.2024 y.);
🔹Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1009-son, 04.12.2024 y.);
🔹Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi ➖ Manba: (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.);
🔹Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi ➖ Manba: (PQ-421-son, 04.12.2024 y.);
🔹Qishloq xo'jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi ➖ Manba: (PQ-420-son, 04.12.2024 y.)

❗️Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.
🗓 2025/2026-o'quv yilidan:
🔹sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
🔹sport maktablarida ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
🔹har bir ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta'lim muassasalari biriktiriladi;
🔹ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner o'ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazib borishga mas'ul hisoblanadi.
✅ 2025/2026-o'quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:
➖sport turlari bo'yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;
➖mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo'yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo'naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
➖mahorat maktablari o'quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko'p bo'lmagan miqdorda 7–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi;
➖mahorat maktablari o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi;
➖mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to'lovi undirilmaydi.

🔰Farmonga muvofiq, hokimliklarga quyidagi vakolatlar beriladi:
🗓 2025-yil 1-martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko'chmas mulk obyektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o'rinlari yaratish sharti bilan:
🔹 tadbirkorlarga to'g'ridan-to'g'ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to'lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotish;
🔹xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o'qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to'lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.
🏢 Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yo'nalishlarda ma'muriy vakolatlar beriladi:
▪️ davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar o'rtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;
▪️ 2025-yil 1-yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo'limlari rahbarlarini mas'ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas'ullarga rag'batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko'rish;
▪️ 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan ro'yxat bo'yicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.

❗️2025-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
“2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1011-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Unga ko'ra, Qonun 2025-yil uchun O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
✅ 2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
🚫 Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o'tkazilmaydi.
✳️ 2025-yil uchun O'zbekiston konsolidasiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
🗓 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
🔹mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to'lovining eng kam stavkalari;
🔹tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlarning cheklangan stavkalari;
🔹chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imlarning stavkalari.
📌Qonun 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

❗️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (914-son, 30.12.2024 y.) bilan “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi
🔰 Nizom qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
📜 U quyidagilarni nazarda tutadi:
🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo'lga qo'yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
🔹qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo'yicha xulosani shakllantirish.
✅ Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
▪️yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
▪️yaylovlarda chorva mollarini o'tlatishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo'yicha aniqlangan eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish me'yorini ta'minlash;
▪️yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
▪️yaylovlarning qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o'tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik.