Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Президент пойтахтимизда фаолият олиб бораётган шифокорлар ва педагоглар билан мулоқот қилди.
– Тошкентда сифатли тиббий хизмат ва мактаб таълимига қандай эришамиз? Мени шу савол қийнайди. Сизлар билан учрашишдан мақсад – қуйи тизимдаги масалаларни билиш, тўғри йўл тутиш, – деди давлатимиз раҳбари.
Учрашувда таълим ва тиббиёт соҳаларидаги ислоҳотларнинг аҳамияти, уларни қуйи тизимда амалга ошириш чоралари ҳақида суҳбатлашилди.

Президент побеседовал с врачами и педагогами, трудящимися в Ташкенте.
- Как добиться качественного медицинского обслуживания и школьного образования в Ташкенте? Меня беспокоит этот вопрос. Цель этой встречи - узнать, как обстоят дела на низовом уровне, выработать правильные решения, - сказал глава государства.
Cостоялся обмен мнениями о значимости реформ в образовании и медицине, мерах по их реализации на базовом уровне.

#Mirziyoyev #uchrashuv #tibbiyot #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Шавкат Мирзиёев: Она ва бола соғлиғига эътибор – жамиятга, келажакка эътибор
www.president.uz/uz/4051

Шавкат Мирзиёев: Забота о здоровье матери и ребенка – забота обо всем обществе, о нашем будущем
www.president.uz/ru/4051

#Mirziyoyev #Murojaatnoma #salomatlik #tibbiyot #sport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президентнинг тиббиёт ходимлари билан очиқ мулоқоти якунланди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида аҳоли мурожаатлари асосида 7 та муҳим йўналишни кўрсатиб ўтди. Ҳар бир вазифа бўйича аниқ молиявий манбалар, техник ечимлар ва амалий механизмлар белгиланди.
Очиқ мулоқотда шифокорлар сўзга чиқиб, муаммолар, таклиф ва мулоҳазаларини айтди. Президентимиз уларни мутахассислар иштирокида муҳокама қилиб, мутасаддиларга кўрсатмалар берди.

Открытый диалог Президента с представителями здравоохранения завершился.
Глава государства в своем выступлении обозначил 7 важных направлений, выработанных на основе обращений населения. По каждой задаче определены источники финансирования, технические решения и практические механизмы.
Медицинские работники рассказали о проблемах, высказали свое видение и предложения. Президент обсудил прозвучавшие мнения со специалистами и дал ответственным лицам соответствующие указания.

#Mirziyoyev #ochiqmuloqot #tibbiyot #insonqadri

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Соғлиқни сақлаш соҳаси бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди. Унда 18 март куни тиббиёт ходимлари билан ўтказилган очиқ мулоқотда белгиланган вазифалар ижроси кўриб чиқилди.
Маҳаллабай тизимда ишлаб, сифатли тиббий хизматларни аҳолига яқинлаштириш, одамларни соғлом турмуш тарзига ўргатиш асосий вазифа қилиб қўйилди.
Шифохоналар қурилишини жадаллаштириш, тиббий асбоб-ускуналарга техник хизмат кўрсатиш тизимини йўлга қўйиш бўйича топшириқлар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам здравоохранения. На нем рассмотрен ход исполнения задач, поставленных в ходе открытого диалога с медицинскими работниками 18 марта.
Основными задачами определены работа в разрезе махаллей, приближение качественных медицинских услуг к населению, утверждение здорового образа жизни.
Даны поручения по ускорению строительства больниц, организации системы технического обслуживания медицинского оборудования.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #ochiqmuloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида соғлиқни сақлаш тизимида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по проводимой работе и дальнейшим приоритетным задачам в сфере здравоохранения.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

🟢Bepul jarrohlik amaliyoti

♻️Toshkent tumani Koʻhinur mahallasida yashovchi Dilorom Rahmonova 4-darajali ikki tomonlama koʻksartroz (tos-son boʻgʻim artrozi kasalligi) kasalligiga chalingan edi. Ushbu xastalik asosan oʻrta va keksa yoshli kishilarda uchraydi va bemor harakatlanganda kuchli ogʻriqni his qiladi.

Dilorom opaning murojaatlaridan soʻng, ularga bepul jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Biz esa ijodiy guruhimiz bilan Dilorom opa Rahmonova xonadonlarida bo'lib, bemor holidan xabar oldik.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

"O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi" doirasida aksiya o'tkazildi

Toshkent tumanidagi 75-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli qaroriga muvofiq "O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi" doirasida soha egalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik aksiyasida Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i U. Abdug‘aniyev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida sog‘liqni saqlash vaziri tibbiy ko‘rikka kelgan o‘qituvchi va murabbiylar bilan samimiy suhbatlashdi.

Toshkent tumani hududida 31 ta maktab va 37 ta maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud bo‘lib ularda jami 2000 dan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar faoliyat yuritadi.

Toshkent tumanidagi 75-oilaviy poliklinikada bugun bo‘lib o‘tgan aksiya doirasida shulardan 318 nafari kardiolog, nevropatolog, endokrinolog, allergolog, akusher-ginekolog, lor, xirurg, revmatolog, oftalmolog, UZD, rentgen, laborator tekshiruvlar va tor mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Aksiya doirasida aniqlangan bemorlar shu kunning o‘zida Sog‘liqni saqlash vaziri topshirig‘i bilan Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasiga davolanish uchun yotqizildi, ikki nafar o‘qituvchi va murabbiyga tuman 2-son shifoxonasida davolanish uchun order berildi.

Aksiya davom etmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Tibbiyot sohasiga zamonaviy profilaktik texnologiyalar joriy qilinadi

Toshkent tumani hokimligida profilaktik (preventiv) tibbiyotni tuman miqyosida amaliyotiga tatbiq qilishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari, birlashmaga qarashli barcha poliklinikalar mudirlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, maktab direktorlari hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdilar.

Profilaktikaning tub mohiyati aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

TOSHKENT VILOYATIDAGI O‘RTA TIBBIYOT XODIMLARI SONI 31,2 MINGNI TASHKIL ETMOQDA

Joriy yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari soni 31,2 ming nafarni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2018-yilda 31,5 ming, 2020-yilda 31,4 ming, 2020-yilda 32,9 ming, 2021-yilda 32,6 ming va 2022-yilda 31,2 ming nafarni tashkil qilgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish kurslari Toshkent tumanida oʻtkazildi

Joriy yil 8-yanvar sanasida Toshkent tumani Tibbiyot birlashmasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasining “Sogʻliqni saqlash boshqaruvchilari maktabi. Sogʻliqni saqlash tizimida Davlat fuqarolik xizmati asoslari” mavzusida seminar oʻzi ishini boshlagan edi.

👉To'liq matnni o'qish

📷Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Toshkent tumani Tumanlararo Perinatal markazda uch egizak dunyoga keldi


Hozirda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi. Chaqaloqlarga Zaynab, Rayona, Fotima deb ism qoʻyildi.

Toshkent tumani tumanlararo perinatal markazi 2021-yil 23-sentyabrdan kapital taʼmirlashga yopilib, 2023-yil 1-iyun kunidan tumanlararo perinatal markazi sifatida faoliyatini boshladi.

Quvonarlisi, tumanda 2023-yil va 2024-yil 9 oy davomida onalar oʻlimi qayd qilinmadi. Onalar, jumladan tugʻish yoshidagi ayollarni kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilish maqsadida reja asosida xar yili tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan va aniqlangan kasalliklar sogʻlomlashtirildi.

Bugun, Toshkent tumani tumanlararo Perinatal markazda bir yilda nechta chaqaloq parvarish qilinmoqda? Shart-sharoitlar qay darajada? Bu haqida markaz xodimlari va onalardan eshitamiz.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot

Tibbiy xizmat sifati oshib bormoqda

Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi 140 oʻrinli boʻlib, bu yerda bir yilda 13 ming 812 ta bemor davolanadi, shularning 1000 ga yaqiniga jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Ularning 700 ga yaqini yuqori texnologiyalarga asoslangan murakkab jarrohlik amaliyotlari hisoblanadi.

Mana shu operatsiyalarning 20-30 foizi Toshkent shahri, Qibray va Zangiota tumanidan keladigan bemorlarda oʻtkaziladi. Bu esa yana bir marotaba tumanimizdagi tibbiyot xodimlarining, qolaversa jarrohlarning yuqori darajali malakasini belgilaydi.

Markaziy shifoxona 2021-yilda foydalanishga topshirilgan. Mutlaqo zamonaviy koʻrinishga ega tibbiyot muassasasida yuqori malakali shifokorlar faoliyat yuritadi va jarrohlik amaliyoti vaqtida ular yuqori texnologik uskunalardan foydalanadilar.

🎚️Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM