Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.19K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayohat

🌐 Toshkent tumani yoshlar yetakchilari “Astrum” IT akademiyasida bo`lishdi

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#onlayn
#sayohat

Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan “Ayollar daftari”dagi 300 nafar xotin-qizlar va ularning farzandlari uchun “Oqtosh” bolalar oromgohiga eko-turistik, psixologik va ko’ngilochar sayyohat tashkil qilindi.

E’zoz” loyihasi doirasida o’tkazilayotgan ushbu tadbirda 2 kun davomida onalar va bolalar dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

📹Tafsilotlar yuqorida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

💫Koʻhna Samarqandga sayohat

Toshkent tumani A.Navoiy mahallasi xotin-qizlar faoli F.Axmedova tashabbusi bilan butun dunyoga oʻzining qadimiy obidalari bilan mashhur boʻlgan koʻhna Samarqandga sayohat tashkil etildi.

📍Ziyoratga nuroniy onaxonlar, mahallaning faol xotin-qizlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari jalb etildi. Ayollar 2 kun davomida ziyoratgohda qadimiy obidalarning ulkan tarixi bilan yaqindan tashishdilar.

Soʻngi yillarda yurtboshimiz tomonlaridan amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi yoshlar hamda ayollarga qaratilmoqda. Xususan, "Ayollar daftari"ga kiritilib yordam olayotgan ayollarimiz va oʻz tadbirkorliklarini yoʻlga qoʻygan  xotin-qizlarimizning soni ortib borayotganligi  bunga yaqqol misol boʻla oladi.

👍Uy bekalarini shu kabi imkoniyatlardan xabardor qilish hamda yashab turgan diyorlaridagi qadimiy obidalar va ularning tarixi bilan tanishtirish maqsadida oʻtkazilgan sayohat davomida ayollar bilan "Shukronalik" mavzusida seminar-trening ham oʻtkazildi.

📹Jarayon fotolavhalarda

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

"Crafers" qandolat fabrikasiga
sayohat uyushtirildi

Joriy yil 10-yanvar kuni Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 4-"G" sinfi rahbari N. Axmedova o‘quvchilari bilan "Crafers" qandolat fabrikasiga sayohat uyushtirdilar.

Shirinliklarni ko‘pchiligimiz sevib iste'mol qilamiz. O‘quvchilar sayohat davomida siz-u bizning dasturxonimizni bezab turuvchi shirinliklar bizga tayyor holda yetib kelguncha qanday bosqichlardan o‘tishi haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ularga fabrika tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

Ishsiz ayollar uchun yangi korxonaga
sayohat uyshtirildi

Bugun, Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari L.Qoraboyeva boshchiligida “STANDART PLIT” MChJ ga sayohat tashkil etildi.

Toshkent tumani Obodlik mahallasida joylashgan Maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “STANDART PLIT” MChJ ga tashkil qilingan sayohat davomida 200ga yaqin ayollar uchun qulay bo'lgan ish o'rinlari mavjudligi barchani e'tiborini tortdi.

Bu ish o'rinlari bandligi ta'minlanmagan tumanimizdagi boshqa xotin-qizlar uchun ham imkoniyat ekanligi alohida qayd etildi.

Hozir kunda korxonada 600dan ortiq ish oʻrinlari mavjud.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayohat

Maʼnaviyatli yoshlar-yurt kelajagi


Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-"A"sinf oʻquvchilari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hamida Roʻziyeva hamda sinf rahbari Muqaddas Riymbayeva boshchiligida tarixiy, goʻzal va betakror shahrimiz, uning boy maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishish uchun Samarqandga tashrif buyurdilar.

- Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand taʼrifiga til ojiz. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega boʻlish uchun u yerga, albatta, tashrif buyurish lozim. Bejizga bu koʻhna kent borib koʻrish shart boʻlgan dunyodagi 50 ta shahardan biri sifatida eʼtirof etilgani yoʻq, - deydi oʻquvchilarning sinf rahbari Muqaddas Riymbayeva. - Tarixsiz kelajak yoʻq va oʻylaymizki, oʻquvchilarimiz buni tushungan holda nafaqat maʼnaviy hordiq oldilar, balki koʻplab tarixiy shaxslar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayohat

Nuroniylar muzeyga
sayohat qildi

2024-yil 28-fevral kuni Toshkent tumani "Nuroniylar jamoatchilik kengashi" aʼzolari va faol nuroniylari Chinoz tumani "Nuroniylar jamoatchilik kengashi" aʼzolari va nuroniylari bilan uchrashib keksa avlod vakillarini ijtimoiy faolligini oshirish,yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash va boshqa masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha tajriba almashdilar

Uchrashuv chogʻida nuroniylar Toshkent tumanida tashkil etilgan tarix muzeyidagi eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayohat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj kitobxonlar uchun muzeyga
sayohat

Toshkent tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida Xalq deputatlari, Toshkent tumani kengashi deputati, tumanda "Tuman tarixi muzeyi" barpo qilinishiga sababchi va tashabbuskor boʻlgan shaxs Mirislom Usmonov muzeyning yaratilishi tarixi, u yerdagi eksponatlar haqida imkoniyati cheklangan kitobxonlarga maʼlumot berdi.

1977-yildan buyon dunyoda anʼanaviy tarzda 18-may-“Xalqaro muzeylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina boʻlib qolmasdan, ular bizni oʻtmish sayohatiga chorlovchi yoʻlchi yulduz hamdir.

Toshkent tumani axborot kutubxona markazi tashabbusi bilan tashkil qilingan sayohat Xalqaro muzeylar kuniga bagʻishlandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

Ibrat mahallasi xotin-qizlari Samarqandda


Toshkent tumani Ibrat mahallasi xotin-qizlar faoli kam taʼminlangan va "Ayollar daftari"da turuvchi xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida qadimiy Samarqand sayohat tashkil qildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oz bo‘lsa-da unutilmas xotiralarni hadya qilish maqsadida tashkil qilingan bir kunlik sayohat davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari Hazrati Doniyor ziyoratgohi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda, betakror Registon maydoni va ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi meʼmoriy obʼektlar va qadimiy yodgorliklar ziyorat qilindi.

Tarixiy Samarqandning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix va kelajak nafasini his qildilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM