Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hunarmandchilik

Milliy
hunarmandchilik rivojlanmoqda

Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi Jahongir Yoqubov mana bir necha yildirki milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, nafaqat oilasiga daromad keltirishga, balki mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillarini ish bilan taʼminlashga erishib kelmoqda.

Aytish joizki, milliy o‘zlikni anglash, ota-bobolar merosini asrab-avaylashga eʼtiborning kuchayishi samarasida milliy hunarmandchilik jadal rivojlanmoqda.

Bu soha yanada sayqal topib, mazmunan boyib, iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘iga aylandi. Bularning barchasi asrlar davomida saqlanib kelayotgan o‘zbek milliy hunarmandchiligi ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun sarmoya manbai bo‘libgina qolmay, sohada mavjud bo‘lgan ilg‘or jarayonlarni kelajakda saqlab qolish ham demakdir.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website