Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Toshkent tumani tarixi "Madaniyat va maʼrifat" kanalining "Yo‘l bo‘ylab" ko‘rsatuvida.
📹Yuqorida ko‘rsatuvning tuman tarixiga oid qismi hukmingizga havola qilingan.
✅ Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
Salomatlik yoʻlakchasining uzunligi qancha?
Toshkent tumani markazidagi "Salomatlik yoʻlakchasi" haqida yozmagan, gapirmagan va fikr bildirmagan odam qolmadi.
Aslida ushbu "Salomatlik yoʻlakchasi" pudrat tashkilot tomonidan qurilgan va yoʻlakchaning buyurtmachisi Toshkent viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hisoblanadi. Obyekt toʻliq bitkazilmaganligi va unda kamchiliklar bisyor boʻlganligi munosabati "Salomatlik yoʻlakchasi" Toshkent tumani hokimligi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.
Biroq, obyektning shu ahvolga kelishiga oʻsha hududda istiqomat qiluvchi aholi va tadbirkorlarning befarq ekanligi ham sabab boʻlgan, desak xato qilmagan boʻlamiz.
Tuman umumiy uyimiz! Har qanday obyektning yaxshi saqlanishi yoki yaroqli muddati uzoq boʻlishi atrofdagilarning unga boʻlgan munosabatiga ham bog'liq bo'ladi.
📹Batafsil Azizbek Halilov lavhasida.

#Ijtimoiy_rolik
Tumanimiz va mahallamiz fayzi oʻz qoʻlimizda!
Xalqimiz azal-azaldan tozalikka, ozodalikka rioya etib kelgan. Orastalik bor yerda baraka boʻlishini taʼkidlagan.
Inson yashayotgan manzilning ozoda boʻlishining hikmati shundaki, hovli va uylar nopok boʻlsa, bundan birinchi galda oʻsha xonadonda yashovchilar zarar koʻradi. Shunaqa uy-joylar befayz koʻrinadi kishi koʻziga.
Nafaqat, uy-joylarimizni, balki mahallalarimiz, koʻchalarimiz, ishxonamizni ozoda tutsak qanday yaxshi. Ozodalik birinchi galda ekologiyaga samarali taʼsir qiladi, chiqindilarning toʻplanmasligi ancha-muncha kasalliklarning oldini oladi.
Ana shu nuqtai nazardan, Toshkent tumani aholisini chiqindilarni toʻgʻri kelgan joyga tashlab ketmaslikga, mahallaning koʻrkiga putur yetkazmaslikga chaqirib qolamiz.
Zero, ozodalik-inson ziynatidir...

#mehnat_muhofazasi
Mehnat huquqlari buzilgan hamshiraning hududdagi mehnat nazorati inspektorlariga qilgan murojaati sabab, bugun to‘lanmay qolgan oylik ish haqlari to‘lab berildi. Jumladan, ishsiz qolib ketishining oldi olindi.
📹Bu haqda "Sevimli" telekanali orqali tayyorlangan lavhada tanishamiz.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩
Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.
*O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazib, ularga mehnat uskunalarini taqdim qildi.
*Toshkent tumani. Yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar doirasida, "Qashqarlik" mahallasida yashovchi fuqaroning o'qishini kontrakt to'lovi qoplab berildi.
*Bo'ka tumani. Alohida e'tibor talab etiladigan yoshlarga moddiy va ma'naviy ko'maklar ko'rsatilmoqda.
*Yuqori Chirchiq tumani. Xalq deputatlari tuman Kengashiga moddiy yordam soʻrab qilingan murojaatlar doimiy komissiya a'zolari tomonidan oʻrganildi.
*Bekobod shahri. 7-sonli umumta'lim maktabida voyaga yetmagan o'quvchi qizlar ishtirokida "Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

#Президент_фармони
❗️Кичик ва ўрта бизнесни молиявий қўллаб-қувватлаш тизими такомиллаштирилади
“Кичик ва ўрта бизнесни молиявий қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-193-сон, 10.11.2023 й) қабул қилинди
🔰Фармонга кўра, “Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси” акциядорлик жамияти шаклида қайта ташкил қилинади.
🗓 Компания томонидан 2024 йил 1 мартдан тадбиркорларга қуйидаги қўллаб-қувватлаш чоралари тақдим этилади:
🔘 ўрта тадбиркорлик субъектларининг ишлаб чиқариш ва хизматлар кўрсатиш лойиҳаларига:
🔹лойиҳа қийматининг 15 фоизи, бироқ устав капиталининг 20 фоизи ёки 3 миллиард сўмдан ортиқ бўлмаган миқдорда ташаббускорнинг устав капиталига кўчмас мулк объектлари, асбоб-ускуналар ва бошқа кўринишдаги активлар шаклида улуш киритиш.
Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉 https://lex.uz/pdfs/6658633

#Besh_tashabbus #Reyting
"BESH TASHABBUS" OLIMPIADASIDA 106 NAFAR ISHTIROKCHI FAXRLI NATIJALARNI QO'LGA KIRITDI
Toshkent viloyatida mahalla yoshlari o'rtasida “Besh tashabbus" olimpiadasi II-mavsumi doirasidagi tanlov va sport musobaqalari o'tkazildi.
Unda viloyatning tuman va shaharlaridan jami 106 nafar ishtirokchilar faxrli natijalarni qayd etib, 1-, 2-, va 3-o'rinlarni egalladilar.
Ayni kunlarda voleybol, milliy kurash, gimnastrada sport musobaqalari hamda milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi tanlovi, shuningdek, "Zakovat" intellektual o'yinlari ham yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlari bo'yicha reyting hisoblanib borilmoqda.
✉Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

#Seminar
✅Bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishlari nazoratda
♻️Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilarga iste’mol uchun berilayotgan taomlar sifati bo‘yicha qat’iy nazoratni ta’minlash” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
♻️ Tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari ishtirok etgan seminarda Toshkent tumani MMTB sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish metodisti M.Tairova ma’ruza qilib, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar"ga qat’iy rioya qilish va nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini o'tkazdi.
♻️ Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#Tajriba_almashish
✅Qishloq ayollar uyushmasi tashabbusi turk hamkorlari tomonida qo'llab-quvvatlandi
💠Joriy yilning may va sentyabr oylarida Qishloq ayollar uyushmasi tashabbusi va turk hamkorlari homiyligida 12 nafar xotin-qizlardan iborat delegatsiya (shu jumladan Toshkent tumani ayollari) Turkiya davlatida malaka oshirib qaytgan edilar.
🔰Malaka oshirish jarayonida, Turkiyaning issiqxona, gulchilik, limonchilik, bogʻdorchilik, banan yetishtirish, koʻchatlarni payvandlash, poliz ekinlari, qisqichbaqa yetishtirish kabi sohalari hamda gidroponika usuli boʻyicha tajribalar oʻrganildi.
🌐 Kuni kecha esa, Turkiya davlatidan delegatsiya Oʻzbekistonga kelishdi. Hamkor mehmonlar bilan fikr tajribalar almashildi hamda ularga viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

#Rasmiy #Tayinlov
Norboyev Ozodjon Sharofiddinovich "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O.Norboyev 1992-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialini tamomlagan.
Tayinlovga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

#Shaxsiy_qabul
Har bir murojaat eʼtiborda
Bugun, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov tuman hokimligida 10 nafar fuqaro murojaatini tingladi. Hokimning qabulda tegishli korxona, tashkilot rahbarlari ham qatnashdilar.
Fuqarolar bilan samimiy suhbat davomida muammoning kelib chiqishi sabablari o‘rganilib, uni bartaraf etish yo‘llari izlandi.
Masʼullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda tinglangan murojaatlarning har birini qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.
📷Jarayon fotolavhalarda.