Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.44K subscribers
18.5K photos
4.33K videos
30 files
12.4K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#4_sektor

🟢Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan ko‘chalari

Toshkent tumani Oltin-tepa mahallasi 4-sektorga qarashli bo‘lib, mahallada bo‘layotgan yangilanish va ijobiy o‘zgarishlar, bugun ozmi-ko‘pmi xalqning ko‘nglini ko‘tarmoqda.

💫Sababi, ko‘p yillar mobaynida asfalttalab bo‘lgan ko‘chalar, bugungi kunga kelib tegishli qaror-farmonlarga asosan yangilanmoqda.

‼️Bu albatta aholi quvonishiga sabab bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📹Yuqoridagi videolavhada Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati Mirislom Usmonovning yangilanayotgan Oltin-tepa mahallasiga oid mulohazalarini tinglashingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 10, 2023
#Jarayon
#4_sektor

🏀 4-sektor yoshlari o‘rtasida "Voleybol" musobaqasi o‘tkazildi,

🟢Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 yanvardagi PQ-92-son qaroriga muvofiq,tumandagi 70 ta mahallalarda yoshlar ishtirokida turli musobaqalar va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

♻️Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi 4-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Oqtom mahallasida joylashgan 30-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi.

💫Ushbu tadbirda, 16-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir davomida 4-sektor hududidagi 12 nafar mahallalardan tuzilgan jamoalar ichida faxrli birinchi o‘rinni Beruniy mahalla jamoasidan ishtirok etgan yoshlar qo‘lga kiritishdi. Musobaqada faxrli ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan jamoalar maxsus sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bu kabi yoshlar tadbirlari kun davomida barcha mahallalarda bo‘lib o‘tmoqda.

📸 Tadbir tafsilotlari yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik
#4_sektor

💫Ramazon oyining navbatdagi tuhfasi

Ramazon oyining go‘zal amallaridan biri bu iftorlik – ehsonidir. Bu amalni qilish bilan kishi savob – mukofotlarga erishadi. Yoki o‘sha savobni o‘tgan yaqinlarining ruhiga bag‘ishlashi ham mumkin. Ehson qilinuvchi kishilar ham o‘zlariga ko‘rsatilgan bu yaxshilik, eʼtibordan sevinadilar, qalblarida ehson sohibiga nisbatan mehr, hurmat paydo bo‘ladi.

🌟Shu munosabat bilan Toshkent tumani Oqtom mahallasida ham ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari uchun Iftorlik dasturxoni yozildi.

Iftorlikda Oqtom mahallasi aholisi yurtimizda bo‘layotgan islohotlardan mamnunligi ekanliklarini bildirib, iftorliklarni tashkil qilish tashabbusini e'lon qilgan yurtboshimizga hamda tumanimizning mutasaddi xodimlariga mahalla fuqarolari nomidan o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 7, 2023
#Iftorlik
#4_sektor

♻️ Navbatdagi iftorlik dasturxoni Yangi hayot mahallasida

💫Tabiatan keng feʼl, insoniy fazilatlarga boy, qalbi ezgulikka esh xalqimiz uchun o‘zgalarga, ayniqsa yoshi ulug‘larga, eʼtiborga muhtoj, imkoniyati cheklanganlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish oliy qadriyat hisoblanadi. Ramazon oyida esa bunday xayrli amallar yanada avj olib, bor bo‘yini ko‘rsatadi.

📍Ana shunday ezgu amallardan chetda qolishni istamagan Toshkent tumani hokimligi va mahallalardagi mahalla raislari tuman "Mahalla" xayriya va jamoat fondi mablag'lari evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini tashkil qilmoqdalar.

Bu galgi iftorlik dasturxoni Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi qatlami uchun yozildi. Iftorlikka kelgan katta-yu kichik mamlakatimizda inson manfaati yo'lida qilinayotgan ezgu amallar, xalqning iqtisodiy barqarorligiga erishish uchun olib dorilayotgan ijtimoiy siyosatdan mamnun ekanlaklarini bildirib, Yurtboshimizni va mutasaddilarni duo qildilar.

📹Toshkent tumani Yangi hayot mahallasi aholisi uchun o'tkazilgan iftorlikning qisqa tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 12, 2023
#Ayollar_daftari
#4_sektor

Bolajonlar myuzikl namoyishiga olib borildi

💫Toshkent tumani Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari" ga kiritilgan onalarning 43 nafar farzandlari 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mahallaning xotin-qizlar faoli Gulnora Tungatova boshchiligida Xalqlar doʻstligi saroyida namoyish qilinayotgan "Piter Pen sarguzashtlari" myuzikliga olib borildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 3, 2023
#Toshkent_tumani
#4_sektor

🧑‍💻Dasturlashga birinchi qadam

📍 Toshkent tumani Oqtom mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 92-son qaroriga asosan hamda haftalik reja doirasida "Dasturlashga birinchi qadam" tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir davomida Oqtom mahallasi yoshlari faol ishtirok etib, oʻzlarining qobiliyatlarini ishga solgan holda ITga boʻlgan qiziqishlarini namoyon qildilar.

♻️ Tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilar orasidan iqtidorli yoshlar tanlab olinib ularga Yoshlar yetakchisi tomonidan kelajakdagi rejalarini amalga oshishida oʻz maslahat va koʻnikmalarini berdi.

⭐️Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad uyushmagan yoshlarni  taʼtil mobaynida vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ularning yopiq turgan qirralarini ochish va eng asosiysi katta katta kadrlar kashf qilishdan ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun imkon yaratishdan iborat.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 8, 2023
October 25, 2023
October 26, 2023
October 26, 2023
October 27, 2023
October 30, 2023
November 1, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment
#4_sektor
#Xon_Atlas_chelenj

Toshkent tumani 4-sektor hududi xotin-qizlar faollari o'zbek milliy libosida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 17, 2024
#4_sektor
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda


Toshkent tumani Soliq Inspeksiyasining boshligʻi, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev tomonidan 4-sektor hududi Chigʻatoy mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlanganlar roʻyxatida turuvchi oilalar holati manzilli oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli foydalanish hamda aholini qiynayotgan masalalar boʻyicha yuzasidan sektorda bir necha oilalar bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining oʻzi qiziqqan kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi mavjud boʻlgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish orqali oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash boʻyicha rejalar ishlab chiqildi.

Oʻrganish natijasida 4-sektor rahbariga biriktirilgan xonadonlarning har biri bilan soʻrovnoma asosida suhbat oʻtkazilib, oilalarning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 27, 2024
#Sayyor_qabul
#4_sektor

Oqtomda aholi vakillari va yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev joriy yil 21-fevral kunidagi qabulini 4-sektor hududidagi Oqtom mahallasida oʻtkazdi.

Yoshlar va fuqarolar qabulini tuman hokimi bilan birgalikda tuman prokurori, 2-sektor rahbari S. Salixov, Toshkent tumani IIB boshligʻi v.v.b., 3-sektor rahbari S.Norov, tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari S. Abduvaliyev, Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedovlar oʻtkazdilar.

Qabul davomida 50 dan ortiq aholi vakillari va yoshlarning probatsiya, moddiy yordam, elektr, suv taʼminoti, asfaltlashtirish masalalari tinglanib, ularning har biri masʼulligi boʻyicha tegishli korxona-tashkilotlarga tez fursatlarda bartaraf etish uchun biriktirib berildi. Murojaatlarning har biri tuman hokimi nazoratiga olindi.

Qabuldan soʻng tuman hokimi sektor rahbarlari va bir guruh masʼullar bilan Oqtom mahallasi hududini o‘rgandi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 21