Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

💫Ikki buyuk siymolar

🔷Toshkent tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 9-fevral kuni buyuk shoir, mutafakkir, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kunlari munosabati bilan "Ikki buyuk siymolar" mavzusida madaniy-ma`rifiy tadbiri o'tkazildi.

👉Batafsil

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#muhim_sana

30 iyun - Yoshlar kuni

Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Ma'llumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyatida 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning soni qariyb 700 000 nafarni tashkil etadi. Yil boshidan buyon 18 014 nafari  “Yoshlar daftari”ga kiritilib, shundan 8533 nafariga yordam ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasida 39,2 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirilib, 22,9 mlrd. so‘m mablag‘lar daftarga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, 2495 nafar yoshlarga to‘lov-kontraktlaru to'lab berildi. 1346 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 403,8 gektar yer maydoni berildi.

1230 nafar yigit-qizlarga davolanish uchun, 691 nafariga subsidiya, 443 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezerziga mablag‘lar ajratildi hamda 480 nafar yoshlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi. 1848 nafar yoshga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi
sana munosabati bilan barcha yoshlarni qutlaymiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana_oldidan

Til - millat iftixori!

21 oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
. Mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, mavqei hamda obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, uni toʻlaqonli joriy etishni taʼminlashga barcha birdek harakat qilishi lozim.

Sana munosabati bilan, Toshkent tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari va ustozlari oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va e'tiborlarini izhor etishdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent tumanidagi A.Navoiy mahalla yoshlari va 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Muqaddasdir vatan bayrog‘i!" shiori ostida tayyorlangan videorolik.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Toshkent viloyati 86 yoshda

Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.

Viloyatning ma’muriy markaziNurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.

Bugun oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, ulugʻ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi. Sheʼriyat mulkining sultoni 1441-yilning 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahri Bog‘i Davlatxona mavzesida tavallud topgan.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Muhim_sana
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_541

14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun yurtimiz bo‘ylab Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin", "Xatti Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Muhim_sana

15-may-Xalqaro oila kuni


Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-may kunidagi rezolutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15-may - Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

27-iyun matbuot va ommaviy axborot  vositalari xodimlari kuni


Hurmatli qalam sohiblari! Toshkent tumani hokimligi Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga koʻtarish yoʻlidagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, oʻzining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan koʻtarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi maʼnaviy jasorat egalarigina qodir boʻladi”, – deya bildirgan fikrlari Siz qalam ahliga boʻlgan yuksak eʼtiborning ifodasidir.

Axborot va soʻz erkinligini taʼminlashda matbuot va ommaviy axborot vositalari muhim oʻrin tutadi. Davlat hokimiyati organlari va xalq oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini oʻtayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

💫Oqtomda - Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi

Toshkent tumani Oqtom mahallasida joylashgan Madaniyat markazida 30 iyul - Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan "Doʻstlik" festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbir Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan oʻtkazildi va unda rus, qozoq, oʻzbek milliy urf-odatlari aks ettirilgan konsert dasturi namoyish qilindi.

Bayram tadbirida badiiy jamoalarning chiqishlari, shuningdek "Zumrad" raqs ansamblining goʻzal raqslari ishtirokchilarga xush kayfiyat bagʻishladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!


Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.

21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Sana munosabati bilan "Gulzor" Madaniyat markazi rahbari Zumrad Abduqaxxorova. A.Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisi Azizbek Halilov va "Oqtom" Madaniyat markazi rahbari Obid Abidovlar tabrik yoʻlladilar.

📹Tabrik videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

25-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni


Hech shubhasiz, xalqimiz sizlarni oʻz hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek olijanob ishga bagʻishlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq insonlar deb biladi va mashaqqatli xizmatingizni munosib eʼtirof etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi va 12-maktab jamoasi Sizlarni 25-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website