Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.28K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbga_yoʻnaltirish

💫Toshkent tumanida "Kasbiy taʼlim va maslahat oyligi" oʻtkazilmoqda


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan "Kasbiy bilim va maslahat oyligi" doirasida tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

❇️Xususan, Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023- yil 14-avgustdagi 239-sonli qaror ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarni biznes- tadbirkorlik sohalari va ishchi kasblari bilan tanishtirish, tadbirkorlik va ishlab chiqarish subyektlarida oʻquvchilarning amaliyot mashgʻulotlarini olib borish vazifalarini ijrosini taʼminlash maqsadida psixolog- metodist Barno Raximova boshchiligida oʻquvchilar uchun "BONITO kids" bolalar kiyim fabrikasiga ekskursiya tashkil etildi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim_sayohati
#Kasbga_yoʻnaltirish

💫Toshkent tumanida "Kasbiy taʼlim va maslahat oyligi" oʻtkazilmoqda

☑️Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan "Kasbiy bilim va maslahat oyligi" doirasida tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari Singapur Universititiga sayohatga bordilar.Oʻquvchilar Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar.

🟢Xususan, Toshkent  tumani MMTB tasarrufidagi  umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023- yil 14-avgustdagi  239-sonli qaror ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarni oliy taʼlimga yoʻnaltirish berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.

📝Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.A.Ubaydullaeva hamda oʻquvchilarni ijtimoiy,psixologik qoʻllab- quvvatlash va inklyuziv taʼlim shoʻbasi bosh psixologi tomonidan uyushtirilgan bu sayohat Singapur Universiteti rektori Mamatqulov Ilhom Abdurahimovich tomonidan qoʻllab- quvvatlanib juda iliq kutib olindi va Universitet faoliyati bilan toʻliq tanishtirildi.

♻️Quvonarlisi shundan iboratki, Toshkent tumani bitiruvchilarining olti nafari sayohat davomida Singapur Universitetiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM