Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya: davlat oʻz zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat

1️⃣ Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

2️⃣ Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

3️⃣ Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

4️⃣ Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

5️⃣ Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

6️⃣ Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

7️⃣ Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

8️⃣ Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi.

9️⃣ Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🔟 Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat

1️⃣ Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

2️⃣ Tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

3️⃣ Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.

4️⃣ Bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanadi.

5️⃣ Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.

6️⃣ Davlat halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.

7️⃣ Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi.

8️⃣ Yer xususiy mulk boʻlishi mumkin.

9️⃣ Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Oʻzbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir.

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, 20-modda

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb belgilangan.

Til davlatning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari, xalq ma’naviy kamolotining abadiy mahsuli sifatida doim qadrlangan. Har bir davlatning o‘z tiliga ega bo‘lishi xalqni birlashtiruvchi, jisplashtiruvchi qadriyat sifatida ham e’tirof etiladi.

1989-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadam sifatida qaraladi. Bu ham mustaqil davlat uchun tilning ahamiyati qanchalik zarur ekani dalilir.

O‘zbek tilining davlat tili sifatida belgilanishi, davlat organlarida ish yuritish, qonunchilikning o‘zbek tilida yuritilishini ta’minlaydi, bu qonunda ham mustahkamlangan. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarimizga o‘z huquq va erkinliklariga oid barcha hujjatlar bilan erkin, mustaqil, hech qanday muammolarsiz tanishish imkonini beradi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, ko‘p millatli xalqimizning boshqa tillari, ularning urf-odatlari va an’analarining birdek hurmat qilinishi bilan birgalikda olib boriladi.

Buning amaliy ifodasi sifatida, turli tillarda chop etilayotgan kitoblar, gazeta, jurnallar, ommaviy axborot vositalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turli millatlarning milliy-madaniy markazlarini keltirishimiz mumkin.

https://youtu.be/IO_RO5RqZi0

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.

Video: https://youtu.be/1tHvezqQRVo

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, ijtimoiy adolat va birdamligimiz, demokratiya va davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizning qonuniy kafolatidir.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tuman Yoshlar ishlari agentligi A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi 9-maktab sardorlari bilan birgalikda "Konstitutsiyani oʻrganamiz" mavzusida sahna ko'rinishi tayyorladi.

📹Batafsil videorolikda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

25-modda.


Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir.

Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tuman Yoshlar ishlari agentligi A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi 9-maktab sardorlari bilan birgalikda "Konstitutsiyani oʻrganamiz" mavzusida sahna koʻrinishi tayyorladi.

📹Batafsil videorolikda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

61-modda.


Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab avaylashi shart. Tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tuman Yoshlar ishlari agentligi A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi 9-maktab sardorlari bilan birgalikda "Konstitutsiyani oʻrganamiz" mavzusida sahna koʻrinishi tayyorladi.

📹Batafsil videorolikda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM