#Jarayon
👮♂️ “Yashil chiroq” musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etildi
♻️ Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan Tuman IIB YHXB xodimlari hamkorligida “Yashil chiroq” musobaqasi o'tkazildi.
📍 12-aprel kuni bo'lib o'tgan musobaqada 2-sektor hududidagi 5-, 8-, 21-, 22-, 23-, 24-, 25-, 26-, 28-, 29-umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
✅ Tadbir davomida bolalarga ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan keng tushuncha berildi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
🥇 Unda o‘quvchilarning ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalari bo‘yicha bilimlari mutaxassislar tomonidan xolisona baholab borildi.
💫 2-sektor hududiy bosqichi natijalariga ko'ra 1-o‘rinni 26-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 23-maktab jamoasi, 3-o‘rinni 28-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.
📹 Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
✅ Telegram💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
👮♂️ “Yashil chiroq” musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etildi
✅ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Open_budjet
Тошкент туманида яна 8 та ташаббус ғолиб деб топилди
Жорий йил 7 апрель куни "Очиқ бюджет" порталида "Ташаббусли бюджет" ғолиблари эълон қилинган эди.
Унда Тошкент туманидан 6та ташаббус қўллаб-қувватланганлиги ва ҳар бирига 1 миллиард 200 миллион сўмдан пул маблағлари ажратилиши ҳақида хабар берган эдик.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023-йил 10- апрелдаги ПҚ-117-сон қарорига асосан ташаббусли бюджет жараёнларида ҳар бири 2 мингдан ортиқ овоз тўплаб, қўшимча тарзда ғолиб деб топилган 1309 та лойиҳа рўйхати эълон қилинди.
Уларнинг орасида қўшимча маблағларнинг энг кўпи Фарғона вилоятининг Ўзбекистон туманига насиб қилган - 43 миллиард 240 миллион сўм.
Ўз-ўзидан савол туғилади. Тошкент тумани фуқаролари ҳам фаолроқ бўлганларида, балки туманимизнинг янада кўпроқ ижтимоий соҳа объектлари ва инфратузилмаси яхшиланишига эришган бўлар эдик?
Албатта, Тошкент туманининг Чиғатой маҳалласи 4 минг 279 та, Гултепа 3 минг 477та, Нурҳаёт 3 минг 157 та, Қизғалдоқ 2 минг 601 та, Оқибат 2 минг 501 та, Кўҳинур 2 минг 196 та, Заргар 2 минг 7та ва Фаровон маҳаллалари фаоллари 2 минг 5та овоз билан ташаббуслари ғолиб деб топилишига эришиб, Тошкент туманидаги баъзи ижтимоий соҳа объектлари ва инфратузилмаси янгиланиши учун туманга 9 миллиард 400 миллион сўм киритилишига ўз ҳиссаларини қўшганлари учун Тошкент тумани ҳокимлиги фаолларга ўз миннатдорчилигини билдиради.
Бироқ, ушбу жараёнларга ўз ҳиссасини қўшмаган фуқаролардан "Ташаббусли бюджет" нинг 2-мавсумида фаолроқ бўлишни сўраган ҳолда, юртга дахлдорлик ҳиси билан яшашни унутмаслик кераклигини эслатиб ўтади.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
Bugun Toshkent tumanida sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida DXX kubogi musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.
Ayni paytda Toshkent tumani sektor rahbarlari ishtirokida Zoir Jalilov nomidagi stadionda qurʼa tashlash jarayonlari boʻlmoqda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Bugun Toshkent tumanida sportning mini-futbol hamda futbol turlari bo'yicha 16-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida DXX kubogi musobaqalarining mahalla bosqichiga start berildi.
Ayni paytda Toshkent tumani sektor rahbarlari ishtirokida Zoir Jalilov nomidagi stadionda qurʼa tashlash jarayonlari boʻlmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Ilgʻor koʻchasining elektr taʼminoti yuzasidan.
Kuni kecha @Kusherbayevga_murojaat telegram kanalida "Shahardan 3 km uzoqlikda turamiz lekin, doim "svet"dan muammo➖Toshkent tumani" sarlavhasi ostida xabar tarqalgan edi.
Unda aholi oʻz hisobidan beton tayanch va elektr simlarini almashtirgan boʻlsada, elektr taʼminoti yaxshilanmaganligi yuzasidan shikoyat qilingan.
Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Toshkent tumani Rahbarobod mahallasi Ilgʻor-1-tor koʻcha aholisi hududdagi 929 hamda 235-sonli transformatorlar orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Joriy yil mart oyida aholi oʻz hisobidan hamda homiylarni jalb qilgan holda beton tayanchlarni va simlarni almashtirgan. Shu munosabat bilan hududda elektr taʼminotini nazorat qilish imkoni boʻlmagan.
Shuningdek, uzilishlarga ob-havoning oʻzgarishi, kuchli shamol esishi va yogʻingarchiliklarning koʻpayganligi hamda mahallalarda aksariyat elektr tarmoqlarini daraxt shoxlari oʻrab olganligi ham sabab boʻlgan.
Bugungi kunda tuman ETK xodimlaridan iborat guruhlar tashkil etilib, barcha mahallalarda havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash hamda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

#Ogohlik
✨ Jaholatga qarshi maʼrifat
💫 Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 23 va 5- umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-10-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida tadbir tashkil qilindi.
♻️ Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining tuman vakili O. Sadikov, Toshkent tumani bosh imom-xatibi A.Shakirov, "Qaytaruv" guruh a'zolari "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida maʼruza qildilar.
📍 Tadbirda mavzuga oid videofilm namoyish etilib, o'quvchilar bilan muhokama qilindi. Yig'ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob berildi.
📹 Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
✅ Telegram💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Joylashgan manzili
📍Joylashgan manzili
📍Joylashgan manzili
📍Joylashgan manzili
📍Joylashgan manzili
🟢Koʻksaroy hududidagi “Diydor” MFY va “Oqtosh” MFYlarning elektr tarmogʻini barqarorlashtirish maqsadida 4 ming 360ta ovoz toʻplab 1 milliard 200 million soʻmlik “Diydor” MFYga 4 ta 250tali transformator, 8 km.li 4x50+70 sip kabel, 25ta beton stolbalar va “Oqtosh” MFYga 5ta 250tali transformator, 10 km.li 4x50+70 sip kabel va 70ta beton tayanchlar oʻrnatish.
📍Joylashgan manzili
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O`zbekiston Respublikasi "Ochiq Budget" Portali
Tashabbusli budjet jarayonida ishtirok eting hamda budjet mablag`larini sarflanishida o`z takliflaringizni bildiring!
#Taʼlim
⚡️ Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz!
♻️ Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan "Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
✨ Tumandagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan tanlovda 1-oʻrinni 14-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Robiyabonu Olimjonova,
2-oʻrinni 23-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Durdona Boynazarov,
3-oʻrinni 25-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Zaynutdinova egalladilar.
✅ Toshkent viloyati pedagog va psixologlarni qoʻllab-quvvatlash "Taraqqiyot" markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan ta'sis etilgan "Oilaviy-maishiy zoʻravonlikni birgalikda yengamiz" mavzusidagi granti asosida oʻtkazilgan insholar tanlovining gʻoliblariga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva tomonidan "Faxriy yorliq" va esdalik sovgʻalari topshirildi.
📹 Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
✅ Telegram💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
2-oʻrinni 23-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Durdona Boynazarov,
3-oʻrinni 25-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Zaynutdinova egalladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dilshod Muhiddinov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi
⚽️ Faol yoshlar maydonda
🏆 Toshkent tumanida Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.
💫 Tuman sektor rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tgan ochilish marosimida oldingi mavsumdagi qaynoq jarayonlar, shiddatli oʻyinlar yakundagi gʻalaba bu yilgi mavsumda yoshlarimizga ajoyib motivatsiya berishi shubhasiz ekanligi haqida so'z bordi.
⚽️Aytish joizki, musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar dastlab mahallalar miqyosida bahslashib, soʻngra tuman bosqichida bellashadi. Tuman chempioni boʻlgan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etadi. Viloyatning eng kuchli jamoasi esa musobaqaning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
⚜️ Bugun esa tumanimizning markaziy stadionida A-guruhi bahslarida Shirin, Ma'rifat, Farovon, Qizg'aldoq, Xalimko'p, A.Navoiy, Fayzobod va Kalas mahallalari jamoalari o'zaro bellashdilar.
📹 Jarayon yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
⚽️Aytish joizki, musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar dastlab mahallalar miqyosida bahslashib, soʻngra tuman bosqichida bellashadi. Tuman chempioni boʻlgan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etadi. Viloyatning eng kuchli jamoasi esa musobaqaning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman
Shohida Ibragimova, tadbirkor, biznes-trener:
— Men bir nechta bizneslar asoschisiman va bu sohada 13 yillik tajribaga egaman. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda auditoriyaning asosiy qismini ayollar tashkil etadi. Moliyaviy savodxonlik boʻyicha olib borayotgan darslarimdan bildimki, ayollarning taʼlim olishida toʻsqinliklar bor: turmush oʻrtogʻi, qaynona, qaynotasi, ota-onasi oʻqishiga ruxsat bermaydi. "Qiz bolaga oʻqishning keragi yoʻq, maktabni tamomlasang boʻldi, turmushga beramiz", deyishadi. Vaholanki, bu uning huquqi. Yangi Konstitutsiyada ham bu huquq mustahkamlab qoʻyilmoqda. Men ayollarning taʼlim olishiga befarq emasman!
@menbefarqemasman

#Iftorlik
#3_sektor
💫 Xayrli ishlar davomi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent tumanining har bir mahallasida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.
Xususan kecha, Ko'kterak mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlami uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Mehr-muruvvat dasturxoni "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toshkent tumani bo‘linmasi mablag‘lari evaziga yozilgan bo‘lsa-da, mahalladagi beshlik tashabbusi bilan iftorlikka keladigan mehmonlar ro'yxati shakllantirilgan.
Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan kayvoni otaxon va onaxonlar, bolalar va xotin-qizlar tinch-totuv hayotda yashab, ertangi kunga bo‘lgan ishonch kun sayin ortib borayotganligidan, ko‘chalari obod bo‘lib, xonadonlarida xotirjamlik hukm surayotganligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar hamda yurtimiz yanada taraqqiy etishini so‘rab duoga qo‘l ochdilar.
📹 Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.