Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

#foto_albom #nashr #yangi_loyiha

👂📣ДИҚҚАТ ЯНГИ ЛОЙИҲА ЯНГИ ФОРМАТДА!!!

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ БОШҚАРМАСИ ТОМОНИДАН ҲУДУДЛАРДА 2022-2023 ЙИЛЛАРДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИНИ БЕТАЛОФАТ ЎТКАЗИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ИЖРОСИ БЎЙИЧА ФОТО ЛАВҲАЛАР (Фото альбом)

⚡️Қуйидаги Фото альбомда СИЗ:

✔️ шаҳар ва тумандаги кўп қаватли уйларнинг фрамуга ойналари ўрнатилиши ва таъмирлаш жараёни;

✔️темир эшикларга пружиналар ўрнатиш жараёни;

✔️уй йўлакларида мавжуд электр энергия жиҳозлари ва иссиқлик ҳароратини узоқ сақлаб туриш бўйича фуқароларга тарғибот жараёни;

✔️кириш йўлакларига замонавий ёритгич автодатчиклари ўрнатилиш жараёни билан танишишингиз мумкин.

📌📖 Фото альбомни томоша қилинг

❗️Эслатма: Фотоальбомни мобил қурилмангизни горизонтал ушлаган ҳолда томоша қилинг.


🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

💫E'zozdagi onalar va bolalar "Oqtosh" oromgohida

Ayol oz fursat bo'lsada o'zini baxtli his etishiga farzandining ko'zidagi quvonchi sabab bo'lishi shubhasiz.

🌟Zero, onalarning matonati sog'ligida nuqsoni bor farzandini tarbiyalashga va umrining asosiy qismini baxshida etishga kuch bag'ishlaydi.

📹Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan "Ayollar daftari"da turuvchi sog'lig'ida nuqsoni bor farzandini tarbiyalayotgan ayollar ko'nglini ko'tarish va e'zozda ekanliklarini bildirish maqsadida tashkil qilingan "E'zoz" loyihasining to'liq tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha

Bugundan migrantlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimining virtual ish ofisi test rejimida o‘z faoliyatini boshladi

Mazkur ofis migrantlarning murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan platformadir.

Viloyatda migrantlar bilan ishlaydigan maxsus Shtab tuzilgan bo‘lib, Ishchi guruh asosan, xorijdagi mehnat migrantlarini xatlovini o‘tkazish va vatanga qaytarish tadbirlarini tashkil etish, ularni ish bilan band qilish va moddiy ta’minotini yaxshilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Maxsus shtab telefon raqamlari: +998702025116; +998702025117; +998702025118; +998702025119; +998702025120.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇👇👇

💬Telegram 🌐Website 🌐You Tube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Yangi markaz ishga tushdi

Bugun, Toshkent tumani markazida tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi tasarrufidagi "Xotin-qizlar tadbirkorlik va hunarmandchilik markazi" tashkil etildi.

Markazda tumanda band boʻlmagan xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish va uy sharoitida oʻzlarini band qilishga koʻmaklashishi orqali bandligi taʼminlanadi.

Markaz tashkil qilinganligi munosabati bilan oʻtkazilgan ochiq eshiklar kunida "Sayxunobod" tajribasi asosida banklar tomonidan "Loyihalar fabrikasi"da ishlab chiqilgan 250 ta biznes loyihalar taqdim etildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Websi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Boʻkada yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi

Bu haqda Prezident qarori imzolandi.

Xitoy Boʻka tumanida quyosh elektr stansiyasi hamda havo uzatish tarmogʻini quradi. Buning uchun hududdan 621 gektar yer maydoni ajratish reja qilingan. 263 megavatt quvvatga ega mazkur stansiya 2024-yil yanvarida Oʻzbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xitoyning “China Datang Overseas Investment” kompaniyasi oʻrtasida investitsiya loyihasi imzolangan.

Unga koʻra, xitoylik investorlar quyosh elektr stansiyasini loyihalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi belgilangan. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda dastlabki baholash boʻyicha jami 150 million dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi prognoz qilingan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Toshkent tumani 17-umumtaʼlim maktabi direktori
yangi loyiha ishtirokchisi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizning barcha hududlaridan 30 nafardan ortiq direktorlari qatorida Toshkent viloyati, Toshkent tumani 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Dilnoza Axmedova ham ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, ta'limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.

📍 Mahorat darslarida tajribali mutaxassislar tomonidan:

maktab rahbariyatining muloqot va yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirish;
tanqidiy fikrlash va muammolarga yechimlar topish;
jamoada
yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish #Уведомление
#Yangi_loyiha #Новый_проект

“Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayonlariga start berildi

Joriy yilning 15-oktabridan (soat 10:00 dan) 25-oktabrigacha “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaga befarq boʻlmagan holda, ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻz hududingizda yangi bogʻcha barpo etilishi yoki ta’mirlanishiga hissa qoʻshing!

Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
__________

Дан старт голосованию в рамках проекта “Mening bogʻcham” («Мой детский садик")

В период с 15 октября (с 10:00часов) до 25 октября (до 10:00часов) текущего года на информационном портале “Ochiq budjet” «Открытый бюджет»/»Опен бюджет») начнётся процесс голосования в рамках проекта “Mening bogʻcham” в целях развития государственной программы социальной и производственной инфраструктуры для уточнения необходимости постройки новых зданий и реконструкции имеющихся зданий детских садиков (детских дошкольных образовательных организаций).

Напоминаем: процесс голосования осуществляется на основе принципа «Один гражданин – один голос».

Призываем сограждан не оставаться безучастным к этому процессу и отдать свои голоса за возможность постройки на вашей территории детского садика или реконструкции уже имеющегося детской дошкольной организации!

Со списком данного проекта можно ознакомиться по ссылке.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Maqsad: yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan yangi loyiha ish boshladi. Ulgʻayib kelayotgan avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu loyiha tashabbuskorlari tuman hokimligi va Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi hisoblanadi.

Endilikda haftaning har seshanba kuni markaziy Madaniyat saroyida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikning qanchalik ulugʻ neʼmat ekanini yoshlarimizga yetkazish, tinchlik posbonlari hayoti va faoliyatini xolisona aks ettirishga qaratilgan badiiy filmlar namoyishini oʻtkazish rejalashtirilgan. Sababi,bugungi kunda yurtimizda inson qadr-qimmati, vijdon va eʼtiqod erkinligi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

"Tinchlik ortida" badiiy filmida esa ona Vatan tinchligi yoʻlida kamarbasta boʻlgan, fidoyiligi va jasorati bilan yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan Vatan himoyachilarining sharafli hayot yoʻliga bagʻishlanadi. Yurtimiz sarhadlari muqaddas va daxlsizligi, aynan shu yerdan xalqimizning osuda hayoti boshlanishi, uni koʻz qorachigʻidek asrash yuksak sharafli ish ekanini yoshlar ongiga singdirish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bu filmning oʻrni va hissasi beqiyos.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM