Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani
#Gʻalla_2024

G‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish choralari ko‘riladi


Inson qo‘lidagi neʼmatlarga shukur qilar ekan, neʼmatlar ziyoda bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Nolish, inkor qilish ila qo‘lidagi neʼmat ham yo‘q bo‘ladi. Biz bugun shunday zamonda yashayapmizki, tashvishimiz g‘alla-o‘rimi, oziq-ovqat xavfsizligi, yig‘im-o‘rimni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish singari shirin tashvishlardan iborat.

Toshkent tumanida 2024- yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun 112 nafar fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 212 ta konturlarida jami 755 gektar yer maydoniga tovar don va 500 gektar chorvachilik xo‘jaliklariga boshoqli don ekish rejasi belgilanib, tuman bo‘yicha jami 1255 gektar maydonda g‘alla ekilgan. Tumanda 755 gektar tovar g‘allani gektaridan 100 sentnerdan jami 7550 tonna hosil olinishi hamda tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslariga hamda birja savdolariga don hosili yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Tumanda 3 dona yuqori unumli Klass Dominator-130 rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari mavjud bo‘lib, ushbu kombaynlar “Ko‘ksaroy tex servis” MMTPga keltirilib, markazlashgan xolda taʼmirlandi va tadbirga 94 mln so‘mlik ehtiyot qismlar mulk egalari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Qishloq xo‘jaligi bo‘limida tashkil qilingan “G‘alla shtabi” tashkil etildi. G‘alla o‘rimiga joriy yil 13- iyundan kirishildi hamda 10 kun muddatda shartnoma majburiyatlari bajarish choralari ko‘rilmoqda. Tumanda hosil o‘rimiga 3 ta otryad tuzilgan, 3 dona yuqori unumli Klass Dominator-130 rusumli kombaynilar, xar bir otryadga 4 tadan jami 12 ta yuk avtomashinasi biriktirilgan, otryadlarda ko‘chma YOMM tashish, ko‘chma taʼmirlash ustaxona va boshqa tegishli vositalar bilan taʼminlangan.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM