Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 15-sentabrdagi "Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumanidagi fermer xoʻjaliklari, qishloq va mahallalarda yashovchi aholining koʻpchilik qismi oʻz tomorqalariga sabzi, sarimsoqpiyoz, ismaloq, turp, karam, piyoz va koʻkat kabi toʻqsonbosti mahsulotlarini ekib, daromad olishmoqda.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali maxsus reportajida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Suvdan oqilona foydalanish va uni tejash usullari yuzasidan seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent tumanida fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Unda fermerlar va qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan ichki sugʻorish tarmoqlarini beton qoplamaga olishda tuman Irrigatsiya boʻlimi xodimlari tomonidan joylarda qanday tashkil qilish haqida oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bugungi kunda aniq rejalar belgilab olingan boʻlib, tumanda 192 km qumli oʻzanli ichki tarmoqlarni 2024-yilda belgilab olingan grafikka asosan, beton qoplamaga olish maqsad qilinganligi va bunda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi haqida seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

QISHLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI KUNI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

Kecha, 10-dekabr – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni Toshkent tumanida keng nishonlandi.

Tumanda joylashgan “E'zoz” marosimlar uyida tashkil qilingan bayram tadbirida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan yo'llangan Prezident tabrigini onlayn tarzda soha vakillariga oʻqib eshittirdi. So'ng, tuman hokimi Odilxon Rustamov qishloq xo'jaligi sohasi vakillarini samimiy tilaklar ila tabrikladi.

Toshkent tumanida boʻlib oʻtgan bayram tantanalarida 300 ga yaqin soha xodimlariga nozu-neʼmatlar ila bezatilgan dasturxon yozildi. Shuningdek, bir guruh soha vakillariga “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Tadbirda Madaniyat bo'limi xonandalari, el suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanilish choralari koʻrilmoqda


Toshkent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3406-sonli farmoni hamda “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4643-sonli qarori ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

👉To'liq matn

📹Batafsil Toshkent tumanidagi "Izzat" fermer xoʻjaligi hududida amalga oshirilgan jarayonda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qishloq_xoʻjaligi

Ichki ariqlar betonlashtirilmoqda


Toshkent tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi suv isteʼmolchilari, yaʼni fermer xoʻjaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-noyabrdagi suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda mavjud fermer xoʻjaliklarining 63 km ichki ariqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan.

📷Fotolavhalarda Toshkent tumanidagi "Shamsqamar" ,"Rahimjon-Munira", "Akbar-Islom" fermer xoʻjaliklari hududidagi betonlashtirish ishlari.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qishloq_xoʻjaligi
#Seminar

🌱Yerdan unumli foydalanish maqsadida...

Toshkent tumani Abdurahmonov meva uzum hududida joylashgan "GREEN ORIGIN" bogʻdorchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi korxonasida bugun, "Bog'-tok qator oralarida qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ichki bozorlarga arzon va sifatli yetkazish" mavzusida dala oʻquv amaliy seminari oʻtkazildi.

🤩Unda Toshkent tumanida joylashgan "Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti" olimlari, xususan R.Hakimov, S.Alimuhamedov, M.Xoldorovlar va tuman soha mutasaddilari tomonidan fermer va dehqon xoʻjaligi rahbarlariga bog'-tok qator oralari qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yuzasidan agrotavsiyalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida tumanda 2024-yil hosili uchun jami 2274 gektar shundan 1724 gektar meva bogʻlari va 550 gektari tokzorlar qator oralarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish prognoz koʻrsatkichlari belgilangan hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida ishchi guruhi tashkil etilgan.

Shu kunga mavsum boshidan 1595 gektar (70 foiz) shundan 572 gektar maydonda toʻqsonbosti usulida va 1023 gektar bahor mavsumida bog'-tok qator oralariga sabzavot ekinlari ekildi. Qolgan 679 gektar maydonga shirin qalampir, baqlajon pomidor, bodring hamda dukkakli ekinlar 15 aprelgacha ekilishi taʼminlanadi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida
...

Bugun, tumanning Rahbarobod mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroga Kengash huzuridagi jamgʻarma mablagʻi hisobidan mahalladagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida 2 dona motorollerlar yetkazib berildi.

Ushbu motorollerlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan jismoniy shaxslarga mahallardagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlangʻich toʻlovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgorlar mahallalardagi hokim yordamchilariga yoki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 soat rejimida ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Dala parvarishi maqsadida.
..

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan tuman fermer va dehqon xoʻjaliklari, issiqxona va olma bogʻlariga biomahsulot hisoblangan oltinkoʻz mahsulotlari tarqatilib, tavsiya va tushunchalar berilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

💐Gullar eksporti oshmoqda

Toshkent tumani umumiy yer maydoni 16471 gektar boʻlib, shundan 7421 gektari qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 7421 gektar maydonlarni 5143 gektari suvli, 1309 gektari meva bogʻlar, 780 gektari tokzorlar, 45 gektar boshqa meva va manzarali daraxtlar, 144 gektari yaylov hamda pichanzorlardan iborat.

Bundan tashqari tumanda 30 nafar yerdan foydalanuvchilar gulchilik yoʻnalishida 18 gektar issiqxonalarda faoliyat yuritadilar. Oʻtgan yili jami tumanda 45 mln dona gullar yetishtirildi. Bu yilgi prognoz 70 mlnga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, yetishtirilgan gullarning 30 foizi MDH davlatlariga eksport qilinadi. Ushbu korxonalarda 1300 nafar mavsumiy va 850 nafar doimiy ish oʻrni yaratilib aholi bandligi taʼminlangan.

📹Batafsil "Nurafshon TV" kanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Toshkent tumanida eksport salohiyatini oshirish maqsadida

Toshkent tumanida joylashgan "NSA AGRO DEVELOMENT" MCHJda tumanda eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekssportyor fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarma boshligʻi F.A Muxayminov, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari v.v. b X. Ergashev, tashqi karantin boʻyicha oʻrinbosari Z. Usmonov hamda Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi E.Boyqobilovlar ishtirokida o'tkazilgan qabulda barcha tadbirkorlar muammolari tinglanib, kerakli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi rejalar kelishib olindi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM