Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Taqiqlangan joylarga chiqindi tashlash 17 million soʻmgacha jarimaga sabab boʻladi
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91-1-moddasi bilan javobgarlik belgilangan.
Hurmatli tadbirkorlar! Daromad olayotgan yeringizga tutash boʻlgan hududni tozalashni unutmang!
Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Mana shunday koʻrinishlar Sizlarga yoqadimi? Bizlarga yoʻq!
Bugun mana shu koʻcha, tashlab ketilgan maishiy chiqindilardan tozalandi! Ertagache?
P/S. Bilamiz, shu chiqindi vaqtida olib ketilsa shunday holat sodir boʻlmaydi deydiganlar topiladi. Lekin, ammo, biroq! Tadbirkorlar oʻzlariga tutash hududni tozalab qoʻysalar va aholi toʻgʻri kelgan joyga chiqindi tashlamasa, tumanimizning ozodaligini saqlashga o'z hissalarini qo'shgan bo'lar edilar.
📹 Batafsil videolavhada
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻlim #Bilasizmi
🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.
🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.
📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.
🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.
🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.
⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
👉 Manba

❗️Ta'lim kreditini my.gov.uz orqali olish mumkin
🔰Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan oliy va professional ta'lim tashkilotlarining talaba va o'quvchilariga ta'lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔹oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga ajratiladi;
🔹ta'lim krediti:
▫️oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun to'lov-kontrakt summasi miqdorida;
▫️oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi “3” dan past bo'lgan taqdirda to'lov-kontrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
✔️Bunda ta'lim krediti:
🔸OTM talabalari uchun – talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo'lganda;
🔸professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun – o'quvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar “Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo'lganda ajratiladi.

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm
(1 oktabrdan 1 155 000 so'm);
🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm (1 oktabrdan 375 000 so'm);
🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;
🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;
🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;
🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;
🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;
🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;
🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas
🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;
▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;
▪️chet davlat fuqaroligini olishga;
▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;
▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:
▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:
🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;
🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;
🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;
🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;
🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:
🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobari;
🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobari.

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.
✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.
❕Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

✳️ Quyosh paneli o'rnatgan aholi tomonidan o'z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so'mdan subsidiya beriladi, ya'ni davlat elektrni aholidan 1000 so'mdan sotib oladi.
🖥 Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tish lozim.
🏢 Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovatt elektr 720 so'mdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.

❗️Qonunchilikda o'qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar:
🔹1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.
🔹Bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to'lanadigan uzaytirilgan ta'tillar beriladi.
🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
🔹Maktab o'qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
🔹Fan olimpiadasi g'olibini tayyorlagan o'qituvchilar rag'batlantiriladi.
🔹O'qituvchilar kasal bo'lib qolganida moddiy yordam beriladi.
🔹Olimpiada g'olibi bo'lgan o'qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
🔹O'zi dars beradigan fani bo'yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.
🔹“Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g'olibi bo'lgan maktabga yarim milliard so'm beriladi.
🔹Inklyuziv sinf o'qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
🔹Olis hududlarda dars berayotgan o'qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
🔹Ko'p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
🔹Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o'qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.
🔹Respublika fan olimpiadasi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar malaka toifasi bir pog'ona oshiriladi.
🔹Tibbiyot sohasi professor-o'qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo'shimcha haq to'lanadi.
🔹Ta'lim muassasalarining chet tillar fanlari o'qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.
🔹O'qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.