Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi mahallalar, muassasa va tashkilotlarda manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish va tevarak-atrofdagi daraxtlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

♻️ Jumladan,

👉 Aholi bandligiga ko`maklashish markazi hovlisida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi;

👉 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman bo’limi va G`aznachilik bo`linmasi xodimlari Majnuntol mahallasida mevali daraxt ko’chatlari ekishdi;

👉 Favqulodda vaziyatlar bo`limi 37-, 38-yong`in-qutqaruv qismlari xizmatchilari tomonidan dala chetlariga ko`chat ekish uchun yer maydoni tayyorlash ishlari olib borildi.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi: Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi tomonidan yangi bog` yaratildi

🔰 Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi mahallalar, muassasa va tashkilotlarda manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish va tevarak-atrofdagi daraxtlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

♻️ Loyiha doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi tomonidan “Sanoat” mahallasi hududidagi “Saida`lo nur” fermer xo’jaligi dala maydoni chetlarida yer maydoni tayyorlanib, bu yerga 500 tupdan ziyod mevali va manzarali, jumladan, pavloniya, eldarskiy sosna, archa, bodom va siriyskiy roza daraxtlari ekildi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasida barcha faol

🔰 Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi mahallalar, muassasa va tashkilotlarda manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish va tevarak-atrofdagi daraxtlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

♻️Bugun erta tongdan Toshkent tumanidagi har bir mahallada mahalla raisi va faol fuqarolar ishtirokida ko`chalarga mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda, tevarak-atrof chiqindilardan tozalanmoqda.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 Yaxshidan bog‘ qolar

♻️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumani 2-sektor hududidagi “Sirg‘ali” mahallasi raisi va hokim yordamchisi tomonidan “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan fuqaro xonadoni tomorqa er maydoniga gilos va bodom daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘ yaratildi.

🍒O‘ylaymizki ushbu xayrli tadbir ortidan fuqaro bandligi ta’minlanib, daromad olish manbaiga ega bo‘ladi

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 Dala chetlariga mevali daraxt ko‘chatlari ekildi

🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi hamda Statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Hasanboy mahallasi, Shifoxona ko‘chasida joylashgan dala maydoni chetiga 100 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Dolzarb

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati ma'lum qilishicha:

🚧 Yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, 2023-yilning 4-yanvaridan ta'mirlash jarayoni yakunlanguniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig'i avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmagan holda qisman yopiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
___

Уважаемые жители и гости столицы!

🚧 В связи с дорожно-ремонтными работами часть улицы Келес йули в отрезке от ТКАД до улицы Мойарик будет частично перекрыта без остановки движения автотранспортных средств с 4 января 2023 года вплоть до завершения работ.

Приносим извинения за неудобства.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

🎈Tumanimizni Toshkent shahri bilan bog‘lovchi Keles yo‘li ko‘chasi kengaytiriladi

💤Toshkent shahrini Keles shahri bilan bog‘lab turuvchi “Keles yo‘li” ko‘chasini rekonstruksiya qilishga start berildi.

Bu haqida Toshkent shahrida shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda maʼlum qilingan.

➡️ Batafsil ⬅️

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Maishiy chiqindilar tashish xizmati: sohada nimalar boʻlyapti oʻzi?

Prezident huzurida 2022-yilning 2-fevralida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maishiy chiqindilarni toʻplash va qayta ishlash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarni jalb etish, bu borada tadbirkorlarni tanlash boʻyicha tenderlarni 2022-yilning 1-sentyabriga qadar yakunlash vazifasi topshirilgan edi.

Shunga koʻra, tender tanlovi gʻolibiga “Toza hudud” DUKning barcha mol-mulki va maxsus texnikalari oʻzaro bitim asosida oʻtkazib berilgan. Shuningdek, korxonaning debitor va kreditor qarzdorligi ham gʻolib tadbirkorga biriktiriladi. Tadbirkorlarga oʻtkazilgan mol-mulk va texnikalarning hisoblangan bahosi 10 yil muddat davomida davlatga boʻlib toʻlab berish majburiyati yuklanadi. Umuman, viloyat boʻyicha korxonaga qarashli 7 ta maishiy chiqindi poligonlari (umumiy yer maydoni 115 gektar) mavjud boʻlib, mazkur poligonlar ham xususiy sektorga topshirildi.

Ammo keyingi ikki-uch oyda bu borada jiddiy muammolar va aholining haqli noroziligi vujudga keldi. Sababi, maishiy chiqindilarni olib ketish, qayta ishlash faoliyati qoniqarsiz ahvolda. Ayniqsa, koʻp qavatli uylarda bu borada vaziyat ancha xunuk. Viloyat hokimligida soha mutasaddilari, tadbirkorlar ishtirokida oʻtgan yigʻilishda vaziyat tanqidiy koʻrib chiqildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatda aholi yashash joylari, chiqindixonalarga toʻplangan maishiy chiqindilarni zudlik bilan tozalash, bunda mavjud kuch va vositalarni safarbar etish, favqulodda tartibda ishlash boʻyicha topshiriq berdi. Vaziyatni shu darajaga keltirgan tadbirkorlik subyektlari va davlat xizmatchilarining faoliyati yoki faoliyatsizligiga huquqiy baho berish yuzasidan huquq-tartibot organlari oʻrganishni boshlagani qayd etildi.  

Xoʻsh, tadbirkorlar oʻz majburiyatlariga amal qilyaptimi? Lavhamiz shu haqida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️
#Dolzarb

❗️Yo'l qachon ochilishi ma'lum bo'ldi

🇺🇿Toshkent tumani hokimligi rasmiy telegram kanalida Umumfoydalanuvdagi 4P4 Toshkent sh.- Keles sh.-Qazaqkensay q- M39 a/y (820km.) 0-12 km avtomobil yo’lining PK 30+00 dan PK 42+00 gacha (Keles kichik bozoridan Keles sanatoriyasigacha) bo’lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha yopilganligi to'g'risida xabar bergan edik.

📍Bugun, tuman aholisini qiziqtirayotgan savolga javob olish uchun yo‘l taʼmiri bilan shug‘ullanayotgan “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llari qurilish-taʼmirlash birlashmasi unitar korxonasining ish boshqaruvchisi bilan suhbatlashdik.

📷Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_40_kunlik

🪳Zararkunandalar tarqalishini oldini olish choralari ko‘rilmoqda

🍀Toshkent tumani O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida joriy yil 10-mart kuni Toshkent tumani Ko‘kterak hududida seminar tashkil qilindi.

🟢Unda zang va boshqa kasalliklar, begona o‘tlar hamda zararkunandalarning tarqalishini oldini olish maqsadida tizimli kuzatuv tashkil etish, g‘alla hosilini yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan birgalikda ekinlarni himoya qilish ishlarini o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📸Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_40_kunlik

🪳Maqsad-zararkunandalar tarqalishini oldini olish

🍀O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining 2023-yil 24-fevraldagi buyrug‘iga asosan "Zang va boshqa begona o‘tlar hamda zararkunandalarning tarqalishini oldini olish yuzasidan" dolzarb 40 kunlik eʼlon qilingan.

🌾Xususan, Toshkent tumani O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi bo'limi tomonidan 24-fevral sanasidan 5-aprel kuniga qadar o‘tkaziladigan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida tumanda ekilgan g'alla maydonlarida zang va boshqa kasalliklar, begona o‘tlar hamda zararkunandalarning tarqalishini oldini olish maqsadida sinovdan o'tgan sifatli kimyoviy vositalar bilan ishlov berish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

📹Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Avtobus bekatlari qay ahvolda?

♻️Dunyoning barcha mamlakatlarida jamoat transportining alohida ahamiyati va oʻrni mavjudligi hech kimga sir emas. Mamlakatimiz shahar va tumanlarida asosiy jamoat transporti bu avtobuslar hisoblanadi. Avtobuslarda yoʻlovchilarni samarali tashish uchun avtobuslar bilan bir qatorda ular uchun avtobus bekatlari ham barpo qilinadi.

⁉️Biz, ana shu avtobus bekatlaridan bugun qanday foydalanayapmiz? Ularni holatiga ozgina boʻlsada achinayapmizmi?

Yuqoridagi suratlarda Toshkent tumani markazidagi avtobus bekatlari aks etgan. Ularning holati esa achinarli ahvolda. Ming afsus, bekatlar reklama peshtaxtalariga aylanib ulgurgan. Ularning tashqi koʻrinishi bugun, hech kimni zada qilayotgani yoʻq. Biroq, oʻsha bekatlar tumanimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshishi mumkin edi, hozir esa aksincha xunuk manzara sifatida namoyon boʻlmoqda. Bu esa bizning maʼnaviyatimiz namoyishi, tumanda istiqomat qilayotgan odamlarning tarbiyasi, etika-estetika darajasini koʻrsatuvchi omillardan biri.

🟢Xulosa qilish oʻzingizdan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Deputatlar chiqindi muammosiga befarq emas

Tumanimizda bugungi kunda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha "Zangi ota obodon" MCHJ tashkiloti shugʻullanadi. Ming afsus, "Zangi ota obodon" korxonasi oʻz vazifasini vaqtida, fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga koʻra bajarmaganligi oqibatida, tuman aholisidan ijro hokimiyatiga koʻplab eʼtirozlar kelib tushmoqda.

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov topshirigʻiga asosan Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari maishiy chiqindini oʻz vaqtida olib chiqib ketish masalasi yuzasidan favqulodda yigʻilish oʻtkazdilar.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Vorisova, tuman kengashi deputatlari, qurilish boʻlimi mutaxassislari, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Vazirligi va tashkilotning viloyat boshqarmasi boshliqlari, "Zangi ota obodon" MCHJ mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda tumandagi mahallalarda yashovchi aholi tomonidan kelib tushayotgan koʻplab eʼtirozlarni inobatga olgan holda hududni maishiy chiqindilardan tozalash masalasi keskin muhokama qilindi, shuningdek deputatlar tomonidan holatni qisqa muddat ichida yaxshilash boʻyicha talab va takliflar bildirildi.

Oʻz oʻrnida mutasaddi tashkilot rahbarlari bildirilgan talab va takliflardan kelib chiqib, hamkorlikda ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlishini maʼlum qildilar va holatni ijobiy tomonga oʻzgartirish boʻyicha fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mirislom Usmonov.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_30_kunlik

♻️Eslatma va yo’riqnomalar berildi

🚨Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchi va xizmatchilari tomonidan “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida tumanimiz fuqarolarning yong’in xavfsizligini ta’minlash va gaz-havo aralashmali chaqnash kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha profilaktik tadbirlar tuman hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida amalga oshirildi.  

🔥 Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari fuqarolarga gaz-havo chaqnashi bilan bog’liq noxush holatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlash, botulizm kasalligiga qarshi kurashish bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va yo’riqnomalar berildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_30_kunlik

Karantin xizmati–dehqonga ko‘makchi

Aynan shu shior ostida Toshkent tumani Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligi boʻlimi inspektorlari zararli organizmlarga uygʻunlashgan qarshi kurash boʻyicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Dolzarb oʻttiz kunlik” doirasida inspektorlar, issiqxona ekinlarida uchraydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi kurash boʻyicha zararli organizmlardan xoli hududlar hamda zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash, shu bilan birga mahsulotlarni fitosanitariya laboratoriyasida fitoekspertizadan oʻtkazish singari vazifalar ijrosi bilan shugʻullanadilar.

📷Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Dolzarb

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yoʻllamoqda.

Zoyir Mirzayev oʻz murojaatida aholini tomorqalardan unumli foydalanish, “Yashil makon” umummilliy dasturida faol ishtirok etishga daʼvat qilmoqda.

Murojaatnomani onlayn koʻrish

You Tube

  Facebook

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_30_kun

“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
Dolzarb 30 kun”

Oylik doirasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o’tkazilayotgan profusion tadbirlar “O’zbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM