Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

📌 Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi belgilangan.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, “Mo'tabar ayol” ko'krak nishoni ta'sis etilgan bo'lib, mazkur ko'krak nishoni bilan quyidagi xotin-qizlar taqdirlanishi belgilangan:

🔹jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan;

🔹o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan;

🔹sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM