Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Forwarded from Iqtisodiyot va moliya vazirligi (EconomMoliyaPress)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔈Hurmatli fuqarolar!

💠Bugun, 18-mart soat 10:00dan 1-mavsum doirasida ovoz berish jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz!

❗️Ushbu mavsum doirasida aynan Siz fuqarolar tomoningizdan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

📱Ovoz berish yuzasidan quyidagi video qo'llanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Tashabbus ko‘rsating!
___

🔈Уважаемые граждане!

💠Сообщаем вам, что процесс голосования 1 сезона начался сегодня, 18 марта в 10:00!

❗️В рамках текущего сезона ожидается выделение по республике порядка 1 трлн сумов в целях финансирования продвигаемых вами, проектов.

📱Вы можете узнать о голосовании с помощью данного видео-руководства .
Продвигайте проект по устранению существующих проблем в вашем районе, набирайте голоса и становитесь победителем!
Проявите инициативу!

🇬🇧ENG

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Firuza Abdurakhmanova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Hurmatli fuqaro!

💠Tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolar uchun ovoz berish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qulayliklar yaratish maqsadida Telegramda maxsus @ochiqbudjetbot ishga tushirilganligini ma'lum qilamiz!

📱 Ushbu maxsus bot orqali o‘zingizni qiziqtirgan loyihaga ovoz berishingiz mumkin.

📲Bundan tashqari, “Ochiq budjet” portali orqali SMS xizmatidan foydalangan holda ovoz berish imkoniyati ham mavjudligini eslatib o‘tamiz.

📨Ovoz berish jarayonlari 18-martdan 7-aprelga qadar davom etadi.

Ovoz berish jarayonlarida faol qatnashing. Tashabbusingiz orqali kichik vataningiz—mahallangiz obodligiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Open_budjet

🌐“Tashabbusli budjet”ning g‘oliblari eʼlon qilindi

♻️Tashabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi yakunlandi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi.

📍Shulardan, Toshkent tumanidan jami 6ta loyiha - Qirariq , Ko‘ksaroy , Shirin, Majnuntol, Hasanboy mahallalari hamda Ko‘ksaroy hududining Diydor va Oqtosh mahallalari elektrtaʼminotini barqarorlashtirish tashabbuslari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Open_budjet

🟢Tashabbusli byudjet gʻoliblari soni ortdi

Joriy yil 18-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Ochiq byudjet» portalida tashabbusli byudjetlashtirish loyihasi boʻyicha ovoz berish bosqichi boshlanganini eʼlon qilgan edi.

2023- yilning birinchi mavsumi doirasida mamlakat boʻyicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni moliyalashtirishga qariyb 1,7 trillion soʻm yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan. «Ochiq byudjet» portali maʼlumotlariga koʻra, aholidan 55 970 ta tashabbus kelib tushgan.

Ushbu loyihalar boʻyicha ovoz berish 7-aprelda oʻz yakuniga yetib, birinchi mavsumda Toshkent tumanida 6 ta tashabbus gʻolib deb topilganligi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilgan edik.

Kuni kecha esa Prezident topshirigʻi bilan 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan tashabbuslarga ham mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

Bundan Toshkent tumanidagi Zargar va Farovon mahallasi aholisi ham juda xursand bo'ldi. Sababi, fuqarolarning birdamligi va saʼy-harakatlari salmoqli natija berdi.

2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan Zargar va Farovon mahallasi aholisining xursandchiligidan xabar topgan "Oʻzbekiston 24" telekanalining muxbiri Huvaydo Xoʻjamqulova mahalla raisi va faollari bilan suhbatlashdi.

📹Tafsilotlar "Oʻzbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Open_budjet

Тошкент туманида яна 8 та ташаббус ғолиб деб топилди

Жорий йил 7 апрель куни "Очиқ бюджет" порталида "Ташаббусли бюджет" ғолиблари эълон қилинган эди.

Унда Тошкент туманидан 6та ташаббус қўллаб-қувватланганлиги ва ҳар бирига 1 миллиард 200 миллион сўмдан пул маблағлари ажратилиши ҳақида хабар берган эдик.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023-йил 10- апрелдаги ПҚ-117-сон қарорига асосан ташаббусли бюджет жараёнларида ҳар бири 2 мингдан ортиқ овоз тўплаб, қўшимча тарзда ғолиб деб топилган 1309 та лойиҳа рўйхати эълон қилинди.

Уларнинг орасида қўшимча маблағларнинг энг кўпи Фарғона вилоятининг Ўзбекистон туманига насиб қилган - 43 миллиард 240 миллион сўм.

Ўз-ўзидан савол туғилади. Тошкент тумани фуқаролари ҳам фаолроқ бўлганларида, балки туманимизнинг янада кўпроқ ижтимоий соҳа объектлари ва инфратузилмаси яхшиланишига эришган бўлар эдик?

Албатта, Тошкент туманининг Чиғатой маҳалласи 4 минг 279 та, Гултепа 3 минг 477та, Нурҳаёт 3 минг 157 та, Қизғалдоқ 2 минг 601 та, Оқибат 2 минг 501 та, Кўҳинур 2 минг 196 та, Заргар 2 минг 7та ва Фаровон маҳаллалари фаоллари 2 минг 5та овоз билан ташаббуслари ғолиб деб топилишига эришиб, Тошкент туманидаги баъзи ижтимоий соҳа объектлари ва инфратузилмаси янгиланиши учун туманга 9 миллиард 400 миллион сўм киритилишига ўз ҳиссаларини қўшганлари учун Тошкент тумани ҳокимлиги фаолларга ўз миннатдорчилигини билдиради.

Бироқ, ушбу жараёнларга ўз ҳиссасини қўшмаган фуқаролардан "Ташаббусли бюджет" нинг 2-мавсумида фаолроқ бўлишни сўраган ҳолда, юртга дахлдорлик ҳиси билан яшашни унутмаслик кераклигини эслатиб ўтади.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

📣Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣bosqich – fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

РУС | ENG

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📲“Ochiq budjet” portali orqali ovoz berish yuzasidan quyidagi video qollanma orqali ma'lumot olishingiz mumkin

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х